Preparatlar.
Me tilt estost er on (Methiltestosternum). 0,005 g dan tab-
letka shaklida ishlab chiqariladi. 1 kecha-kunduzda 0,005—0,01 g dan
til ostiga qo‘yiladi.
34-rasm.
Bichilgan
xo‘roz (a),
tojisiga andro-
steron (b, d)
ning ta’siri.
300
S u s t a n o n (Sustanonum) — 250. Òestosteron efirlarining
aralashmasi. 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 ml dan
mushaklar orasiga 1 oyda 1 marta yuboriladi.
F e n a b o l i n (Phenobolium). 1% li yog‘li eritmasi 1 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,025—0,05 g dan 7—10 kunda
1 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
N e r o b o l i l (Nerobolilum). 1 ml (25—50 mg) dan
haftada 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
R e t a b o l i l (Rhetobolilum). 19- Nor-testosteron - 17
dekanoat 5% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqa-
riladi. 1—3 haftada 1 ml dan 1 marta mushaklar orasiga
yuboriladi.
VITAMINLAR
Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur,
fiziologik ahamiyati katta, ferment uchun muhim, kimyoviy
tuzilishi jihatidan ko‘pchiligi murakkab faol organik moddalar
hisoblanadi. Ular tana tarkibidagi kofermentlar bo‘lib, fer-
mentlar hosil bo‘lishida, moddalar almashinuvining normal
kechishida va boshqa muhim jarayonlarda qatnashib, organizm-
ning fiziologik jarayonlarini ta’minlaydi.
Vitaminlar, asosan, ovqat mahsulotlari bilan o‘zlash-
tiriladi. Ularning ayrimlari ichak mikroflorasi ishtirokida hosil
bo‘ladi, lekin bu yo‘l bilan o‘zlashtiriladigan vitaminlar miq-
dori tana uchun yetarli bo‘lolmaydi. Vitaminlar miqdori
yetishmaganda tanada giðovitaminoz va avitaminoz kasalligi
rivojlanadi. Har bir vitaminning o‘ziga xos giðovitaminoz
alomatlari bo‘lib, ular muayyan o‘zgarishlar bilan kechadi.
Umuman olganda, giðovitaminoz holati ko‘pincha ovqat
tarkibida vitaminlar yetishmasligi, ularning me’da-ichak
yo‘lida yaxshi so‘rilmasligi (jigar faoliyatining buzilishi,
me’da-ichak kasalligi), tanada vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojning
ortishi (homiladorlik, og‘ir operatsiyalardan so‘ng, surunkali
yuqumli kasallik va boshqalar), tanadan vitaminlarning ko‘p
miqdorda chiqib ketishi (havo va tana haroratining ko‘tarilishi,
og‘ir jismoniy mehnat va hokazo) natijasida kuzatilishi
mumkin.
301
Vitamin saqlovchi preparatlar faqat giðo- va avitaminoz
bilan bog‘liq xastaliklarni davolash uchungina emas, balki
ularning oldini olish maqsadida, turli kasalliklarni davolashda
ham tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |