Farmakologiya


Kontratseptiv dori vositalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Kontratseptiv dori vositalari.
Òurli sabablarga (kasallik, homiladorlikka xohish va
imkoniyat yo‘qligi va boshqalar) ko‘ra homiladorlikning oldini


297
olish maqsadida ishlatiladigan dori preparatlarini kontratseptiv
vositalari deyiladi. Ularning bir necha turlari mavjud.
Uyg‘unlarshtirilgan dori vositalari. Bular estrogen va gesto-
genlardan tashkil topgan bo‘lib, turlicha nisbatda (1:10, 1:50)
bo‘ladi. Preparatlarning ta’siri natijasida giðofizdan follikula
stimullovchi va lyuteinlovchi gormonlarning ishlab chiqarilishi
kamaygani uchun ovulatsiya susayadi, tuxumdonning faoliyati
izdan chiqadi. Endometriyda proliferatsiya (bachadon ichki
shilliq pardasining qalinlashishi, yumshashi, qon to‘lishi) ro‘y
bermaydi. Shu sababli otalangan tuxum hujayraning shilliq
pardaga yopishishi (implantatsiya) bo‘lmaydi. Qin shilim-
shig‘ining tarkibi o‘zgarishi natijasida spermatozoidlarning faol-
ligi pasayadi.
Estrogen-gestagen preparatlarning samarasi yuqori. Ular 28
kunlik hayz ko‘rishning 5-kunidan boshlab, 21 kun davomida
qabul qilinadi. Preparatlarni ichish to‘xtatilgach, ovulatsiya
bo‘lishi, ya’ni homilador bo‘lish imkoniyati yana qayta
tiklanadi. Òiklanish muddati organizm xususiyatlariga va kontra-
tseptivlarning qabul qilish muddatiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta’siri: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, sut bezlari-
ning dag‘allashishi, qusish, tana vaznining ortishi va boshqalar
kuzatilishi mumkin.
Bu preparatlar tromboemboliyalarda, miyada qon aylanishi
buzilganda, jinsiy a’zolar o‘smalarida, qandli diabet, jigar
kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Davolash maqsadida estrogen-gestagen preparatlar men-
struatsiya sikli buzilganda, boshqa ginekologik kasalliklarda
qo‘llanilishi mumkin.
Monogormonal gestagen preparatlar — qin shilimshig‘i-
ning tarkibi va miqdorini o‘zgartirib, spermatozoidlarning hara-
katchanligini kamaytiradi. Endometriyda ham tuxum hu-
jayraning yopishishiga qarshilik qiluvchi o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradi.
Nojo‘ya ta’sirlari:  menstruatsiya siklining buzilishi va
ajralmalar kelishi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi. Umuman
olganda, gestagen kontratseptivlarning nojo‘ya ta’siri va samarasi
estrogen-gestagen preparatlarga qaraganda kam. Kontratseptiv
preparatlar faqat shifokorlar tomonidan buyuriladi.


298
Preparatlar.
P r o g e s t e r o n . 1% va 2,5% li eritmalari 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yoki mushaklar orasiga
1% yoki 2,5 % li eritma 1 ml dan 6—8 kun davomida
yuboriladi.
E t i n i l e s t r a d i o l . Òabletka shaklida  0,01—0,02 g dan
ishlab chiqariladi. Kuniga 2—3 marta til ostiga qo‘yiladi.
O k s i ð r o g e s t e r o n   k a p r o n a t . 1,25% li moyli
eritmasi 0,5—2 ml dan mushak orasiga haftada bir marta
yuboriladi.
I n f e k u n d i n . Òarkibida gestogen va estrogen saqlaydi.
Òabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema bo‘yicha buyuriladi.
B i s e k u r i n . Òarkibida gestagen etindion diasetat va estro-
gen-etilenestradiol saqlaydi. Ishlab chiqarilishi va buyurilishi
infekundinnikiga o‘xshash.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish