Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Qoramug‘ alkaloidlari bachadon mushaklarini asta-sekin
qisqartiradi, tonusni oshiradi va bu ta’sir uzoq vaqt saqlanadi.
Natijada mushaklar orasidan bachadonning shilliq qavatiga
o‘tayotgan qon tomirlari qisqaradi va qon ketishi to‘xtaydi. Shu
sababli bu preparatlar bola tug‘ilganidan so‘ng kuzatiladigan
bachadonning atonik qon ketishi chog‘ida qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, ergotamin va ergometrin alkaloidlar -adrenoretsep-
torlarni to‘sadi va qo‘zg‘atadi (qisman antagonistik ta’sir).
Qoramug‘ alkaloidlari bachadon mushaklarini qisqartirib,
tonusini oshiradi. Shuning uchun ham bu dorilar, asosan,
bachadondan qon ketganda, xususan, tug‘uruqdan keyin
terapevtik dozalarda tavsiya etiladi. Chunki ular kichik dozada
bachadonning ritmik qisqarishini kuchaytiradi. Ularni faqat
yo‘ldosh tushganidan keyingina qo‘llash mumkin. Aks holda
yo‘ldoshning bachadon bo‘shlig‘ida ushlanib qolishi xavfi
tug‘iladi, bu esa jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Òug‘uruqni tezlashtirish uchun qoramug‘ preparatlari
qo‘llanilmaydi, chunki ular miometriyning kuchli va notekis
spastik qisqarishiga sabab bo‘lib, bachadon bo‘shlig‘idan
homilaning chiqishini qiyinlashtiradi, bunda asfiksiya yuz berib,
bachadon yorilishi ham mumkin.
Bu preparatlar uzoq vaqt qo‘llanishi natijasida surunkali
zaharlanish (ergotizm) ro‘y berishi mumkin. Bunda talvasa
tutishi, periferik qon tomirlari qisqarishi natijasida oyoqda
gangrena boshlanadi va boshqa og‘ir oqibatli o‘zgarishlar
kuzatiladi.
Qoramug‘ preparatlaridan amaliyotda ergometrin maleat,
metilergometrin, ergotal va ergotamin gidrotartrat qo‘lla-
niladi.
Bachadondan qon ketishida yana ayrim o‘simliklardan
olinadigan suyuq ekstraktlar ham qo‘llaniladi. Ular, asosan,
hayz ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qon ketishida


263
(metroragiya) beriladi. Ular tarkibidagi moddalarning ta’siri
bachadon tonusining oshishi, qon tomirlar qisqarishi va qon
ivishining tezlashtirilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu guruhga,
asosan, suvzamchi, toron, jag‘-jag‘, qichitqi, bodrezak va
zirkdan tayyorlangan preparatlar misol bo‘ladi. Stiðtitsin
(kotarnin) esa sintetik preparat bo‘lib, bachadonning tonik
qisqarishini oshiradi, tug‘uruq va abortdan keyin bachadondan
qon ketishini to‘xtatish uchun tavsiya etiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish