Dezaminooksitotsin — oksitotsinning dezaminlangan sistein
bilan birikmasi. Faolligi oksitotsindan yuqori. Preparat tabletka
holida og‘iz shilliq pardasiga yoki til ostiga qo‘yiladi, shimilib
ketguncha ushlab turiladi. Har yarim soatda preparat yana
qo‘yilishi mumkin, tug‘uruq va laktatsiyani tezlashtirish uchun
ham qo‘llaniladi.
Pituitrin — buzoqlarning giðofiz bezi orqa qismidan olina-
digan suvli ekstrakt. Òarkibida oksitotsin va vazopressin gormon-
larini saqlaydi. Shu sababli pituitrin oksitotsinga nisbatan
kuchsizroq, ammo vazopressin hisobiga qon bosimini oshiradi
(qon tomirlarining qisqarishi sababli). Shu tufayli qon bosimi
ko‘tarilgan ayollarga tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |