Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Qattiq dori shakllari
Qattiq dori shakllariga kukunlar, kapsulalar, tabletkalar,
draje va pilyulyalar kiradi.
Kukunlar (pulveris) — ichish va sirtga qo‘llash uchun mo‘l-
jallangan sochiluvchan qattiq dori shakli. Ular keng ishlatiladi,
boshqa dori shakllari orasida 25—30% ni tashkil qiladi va turli
minerallar, organik moddalar va quritilgan o‘simlik qismlaridan
tayyorlanishi mumkin. Kukunlar yirikroq, mayda va juda
maydalangan bo‘ladi. Ular qancha mayda bo‘lsa, sirtga
qo‘llanganda shuncha tanaga yaxshi yopishadi, ichilganda esa
yaxshi so‘riladi va farmakologik ta’siri tez yuzaga chiqadi.
Kukun bir dori vositasidan tashkil topgan bo‘lsa – oddiy,
bir nechadan tashkil topgan bo‘lsa – murakkab  deyiladi.
Bundan tashqari, ular retseptda yozilishi bo‘yicha bo‘lingan va


31
bo‘linmagan bo‘lishi mumkin. Retseptda yozilgan dorining bir
martalik dozasi ko‘rsatilgan bo‘lsa — bo‘lingan  (dozalangan),
ishlatish uchun umumiy miqdori keltirilgan bo‘lsa — bo‘linma-
gan (dozalanmagan) kukun deyiladi.
Bo‘linmagan kukunlar, asosan, sirtga qo‘llash uchun beri-
ladi va bemorning o‘zi kerakligicha teriga yoki yaraga sepadi.
Ichishga mo‘ljallangan kukunlar ham bo‘lishi mumkin. Ular
ham oddiy (bir doridan iborat) va murakkab (bir necha dori-
dan iborat) bo‘lishi mumkin.
Rp.: Anaesthesini 5,0
Zinci oxydi 25,0
Talci ad  50,0
M. f. pulv.
D. S. Sirtga qo‘llash uchun.
 
 
#
Rp.: Magnesii sulfatis 50,0
D. S. 1 osh qoshiqni 1 stakan iliq suvda eritib ichish uchun.
 
 
#
Rp.: Streptocidi 5,0
D. S. Yaraga sepish uchun.
Bo‘lingan (dozalangan) kukunlar, asosan, ichish uchun
beriladi. Har bir kukun ma’lum bir dozada (miqdorda) bir
marta qabul qilinadi. Retseptda kukunning umumiy miqdori
(soni) 10—12 tadan yoziladi. Har kukunning miqdori 0,1—1,2 g
atrofida bo‘lishi kerak. Agar dori vositasining bir martalik dozasi
0,1 g dan kam bo‘lsa, unda indifferent (ta’sirsiz) modda (sha-
kar, natriy bikarbonat) qo‘shilib, talab qilingan miqdorga
yetkaziladi. Dozalangan kukunlar ham dozalanmagan kukunlar
singari oddiy (bir dori vositasidan iborat) va murakkab (bir
necha dorilardan tashkil topgan) bo‘lishi mumkin.
Rp.: Bromizovali 0,3
D.t.d.N. 12
S. 1 kukundan kuniga 3 marta ichilsin.
 
 
#
Rp.: Ext. Belladonnae 0,015
Sacchari albi 0,3
M. f. pulv.
D.t.d.N. 12
S. 1 kukundan kuniga 3 marta ichilsin.
Agar yozilgan dori vositasi yengil uchuvchan yoki nam
so‘rib oluvchi xususiyatga ega bo‘lsa, unda har bir kukun xitoy


32
yoki parafinlangan qog‘ozda beriladi. Bu to‘g‘rida retseptda qayd
qilinishi kerak. Boshqa hollarda kukunlar oddiy toza oq qog‘ozga
o‘rab beriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish