Sterilizatsiya xonasi. Bu maxsus xonada inyeksiya uchun
mo‘ljallangan steril dorilar aseptik shaklda tayyorlanadi. Assis-
tentlar sterillangan xalatlar, maskalar, bosh va oyoq kiyimlarda
bo‘lishi kerak. Xona vaqt-vaqti bilan maxsus bakteritsid ta’sir
etadigan nurlar (kvars nurlari) bilan ishlanadi.
Yuvish xonasida dori tayyorlashda ishlatiladigan idish,
boshqa buyum va asboblar yuviladi va tozalanadi. Xonada yuvish
va quritish moslamalari bo‘ladi.
Analitik xonasi. Bu yerda dorilarni, ayniqsa, inyeksiya dori-
larni nazorat-analiz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |