Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/48
Sana30.12.2021
Hajmi1,5 Mb.
#91480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili

Tarmoq  tuzilmasi  komponentlari.  Tarmoq  elementlari  birlashishning 
nisbatan  mustaqil  tuzilma  komponentlarga  –tarmoq  segmentlariga-birlashishi 
tamoyillari  odatda  segment  miqyosi,  uning  bajarayotgan  vazifasi,  ishlatilayotgan 
telekommunikatsion 
texnologiyasi 
bo`yicha 
tasniflanadi. 
Tarmoqni 
segmentatsiyalashning  asosiy  vazifasi  segment  ichidagi  oqim  ulushini 
maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.  
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi 
bilan tasvirlanadi (1.1-rasm): 
 


 
13 
 
1.1-rasm. Masshtab belgisiga ko`ra tarmoqning ierarxiya segmenti 
 
- lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi 
kichik  xudud,  muassasa,  sanoat  korxonasi  va  xokazo  ichida  chegaralanadi,  ya`ni 
katta  bo`lmagan  ma`lum  xududda  joylashgan  komp`yuterlar  tarmog`i.  Umumiy 
xolda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taalluqli bo`lgan qurilmalar 
majmuasi; 
-  xududiy  (mintaqaviy)  tarmoq  (Metropolitan  Area  Network,  MAN),  yirik 
axoli punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo`ljallangan; 
- yirik miqyosli xududiy (global)  tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta 
xudud,  davlat,  kontinent  xamda  turli  kontinentlarda  joylashgan  LAN,  MAN 
turidagi  tarmoqlarni  birlashtirish  uchun  mo`ljallangan.  Mazkur  magistral  tarmoq 
uzatish muxiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi. 
LAN,  MAN,  WAN  tarmoqlaridan  xar  biri  kichik  miqyosdagi  bir  qator 
segmentlarga bo`linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi 
va  ularning  xar  bir  segmenti  umumtarmoq  almashuvini  shakllantirishda  aniq 
funktsional  vazifani  bajaradi.  Xar  qanday  qatlamda  segmentlar  bog`liqligi 
magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta`minlanadi.  
LAN 
MAN 
LAN 
LAN 
WAN 
MAN 


 
14 
Oxirgi  punktlarning  segment  ichida  birlashishi  va  magistral  segmentlarning 
amalga  oshirilishi  umumiy  kommunikatsion  muxit  yoki  tugun  tashkil  qilish  yo`li 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy  kommunikatsion  muxitni  ishlatish  iqtisodiy  tomondan  foydalidir. 
Bunda  bitta  tugun  tizimi  bilan  generatsiya  qilinadigan  yuklama  barcha  boshqa 
tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo`lgan bitta tizim bilan qabul 
qilinadi.  Umumiy  bo`linadigan  muxitli  tarmoq  segmentlari  misoliga  shina 
topologiyali kichik bir rangli maxalliy tarmoqlarni xamda transport xalqa tamoyili 
bo`yicha tashkil qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi. 
Tugun  tashkil  qilish  segment  kommutatsiyalanayotgan  topologiyani  ochiq 
tizimlar  o`zaro  bog`lanish  modelini  (Open  System  Interconnection,OSI)  kanal  va 
tarmoq vazifalarga ega bo`lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo`li orqali amalga 
oshiriladi.  Bunda  umumiy  kommunikatsion  muxitdan  farqli  ravishda  tarmoqning 
katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta`minlanadi, biroq 
narxi  oshadi.  Bunday  tarmoqlarga  misol  sifatida  yuqori  tezlikli  maxalliy 
tarmoqlarning magistral segmentlarini xamda radial tugun tamoyili asosida tashkil 
qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi.  
Tarmoq  (tarmoq  segmentlari)  bog`lovchi  magistral  sifatida  tashkil  qilinsa, 
tayanch  tarmoq  (backbone  network)  deb  ataladi.  Magistral  qurilishining  turli 
topografik  variantlari  bo`lishi  mumkin,  bunga  asoslanib  tayanch  tarmoqlarning 
nomlanishi  xam  turlichadir,  masalan:  «tizma  tarmoq»,  «transport  xalqa», 
«kommutatsiyalanadigan  tarmoq».  Ulardan  xar  biri  aniq  vazifa  doirasida 
chegaralangan.  
Tayanch  tarmoq  ixtiyoriy  darajada  (LAN,  MAN,  WAN)  tashkil  qilinishi 
mumkin,  ya`ni  tarmoqning  ishonchliligi,  ishlab  chiqarishni  oshirish  maqsadida, 
tarmoqning mantiqiy segmentatsiya  vazifasi echiladigan xamma joyda ishlatilishi 
mumkin.  Turli  darajalardagi  tayanch  tarmoqlarning  yig`indisi  taqsimlangan 
tarmoqning  ierarxik  bog`liqligini  ta`minlab  beradi.  Shuni  qayd  qilish  lozimki, 


 
15 
kichik  miqyosli  segmentlar  (LAN, MAN)  uchun  tayanch tarmog`i vazifasini bitta 
tugun  bajarishi  mumkin.  Bunday  magistral  o`zgargan  magistral  (collapsed 
backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida 
maxalliy  tarmoqlarning  marshrutizator  yordamida  markaziy  nuqtada  birlashishini 
keltirsak  bo`ladi.  Tayanch  tugun  oxirgi  punkt  segmenti  yoki  bitta  daraja 
segmentlari  o`rtasida  yuklamani  qayta  taqsimlaydi,  bu  yo`l  bilan  yuqoriroq 
darajadagi  segmentnm  tashkil  qiladi  va  uning  chegara  ortiga  yo`naltiriladigan 
oqimlarni kontsentratsiya qiladi. 
Taqsimlangan  tarmoq  bog`liqlik  ierarxiyasidagi  yuqori  daraja  tayanch 
tarmog`ini  transport  tarmoq(transport  network)  deb  atashadi.  U  yuklamani  ancha 
sekin  segmentlar  bo`lmish  mintaqaviy  va  maxalliy  darajaga  uzatadigan  yuqori 
tezlikli trakt(segment) tizimi ko`rinishida amalga oshiriladi.  
«Transport  tarmog`i»  atamasi  segmentning  masshtabini  emas,  balki 
funktsionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog`i texnologiyalarni 
qo`llab  tashkil  qilingan  katta  bo`lmagan  xududiy  tarmoqlarning  tayanch 
tarmoqlarini  aksariyat  xollarda  transport  tarmoqlari  deb  ataladi.  Barcha 
vaziyatlarda  segmentlarning  transport  magistrali  bilan  birlashishi  uning  oxirgi 
punktlari bo`lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi. 
Funktsionallikni  kompozitsion  tamoyil  sifatida  qabul  qilib,  kirish  tarmog`i 
(access  network)  deb  transport  tarmog`iga  kirish  punkti  bilan  o`zaro  bog`langan 
axborot  tarmoqni  xududiy  taqsimlangan  oxirgi  punktlari  traktini  tashkil  qiladigan 
segment  yoki  segmentlar  yig`indisiga  aytiladi.  Xususan,  servis  tuguni  bilan 
foydalanuvchilarning  terminal  tizimlari  o`zaro  ta`sir  qiladigan  tarmoq  segmenti 
abonent kirish tarmog`i (customer access network) deb ataladi. 
Transport  tarmoqlari  va  kirish  tarmoqlari  funktsional  belgilari  bo`yicha 
mustaqil tuzilma komponentlari, ya`ni telekommunikatsion tarmoqning funktsional 
segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.  


 
16 
Axborot  tarmog`i  kontseptsiyasida  axborot  va  xisoblash  resurslariga  kirishni 
taqdim  etuvchi  ishchi  tizimlar  bilan  foydalanuvchilarni  terminal  tizimlarning 
o`zaro  ta`sirini  ta`minlab  beruvchi  telekommunikatsion  tarmoq  segmentlari 
yig`indisi  uzoqlashgan  kirish  (remote  access)  sifatida  tavsiflanishi  mumkin.  Uni 
amalga  oshirish  uslublari  global  aloqalarni  tashkil  qilish  sxemalari  va 
ishlatilayotgan  dasturiy  maxsulotlar  funktsiyalari  bilan  axamiyatli  farqlanishi 
mumkin. 
Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish platformasini tashkil qilish xam tarmoq 
komponentlarini  vazifalari  bo`yicha  birlashtirishga  asoslangan.  Xizmatlar 
ko`rsatishning  yagona  platformasini  tashkil  qilishda  xizmatlarni  etkazib  beruvchi 
va  aloka  operatorlarini  birlashtiruvchi  global  kommunikatsiyalar  segmentining 
yig`indisi baza tarmog`i (Core Network) deb ataladi. 
Turli  o`lchamdagi  (butun  tarmoqdan  aloxida  fragmentgacha)  texnologik 
ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida 
axborot  tarmoqlarining  evolyutsion  rivojlanishi  tufayli  paydo  bo`ldi.  Bunday 
segmentlarning  mavjudligi  xizmatlar  ko`rsatishning  yagona  mul`tiservisli 
platformaga  o`tish  davri  uchun  xosdir.  Ularni  funktsional-texnologik  belgilar 
bo`yicha  tasniflab,  quyidagi  tushunchalar  ishlatiladi:  analog  tarmoq,  raqamli 
tarmoq,  ISDN  tarmog`i,  IP-tarmoq,  SDH  tarmog`i,  FR(Frame  Relay)  tarmog`i, 
ATM tarmog`i va boshqalar. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish