KIRISH
Axborot juda qadriyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday
axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan komp`yuter tizimlariga
nisbatan turli – tuman yomon niyatli harakatlar mavjuddir. Masalan, buzg`unchi
o`zini boshqa foydalanuvchi kabi ko`rsatishga intilishi, aloqa kanalini
bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari almashayotgan axborotni
ushlab olishi va o`zgartirishi mumkin. Zamonaviy komp`yuter tizimlari va
tarmoqlari (KT va T), Internetdan yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy
axborotni o`g`irlash, buzish yoki xalaqitlarga uchratish maqsadida korxona va
tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`plab imkoniyat yaratib
beradilar. Shu sababli hozirda insonlarni va jamiyatni informatsion xavfsizlik va
axborotni himoya qilishni ta`minlash muammosini kompleks echishni dolzarb
ravishda kerakligi paydo bo`lmokda.
Axborot xavfsizligini ta`minlash muammosi Internetning ishlash
sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutloq ko`pchilik kompaniya va
tashkilotlar bugungi kunda o`zlarining lokal tarmoqlarini Internetga, uning
resurslari va afzalliklaridan foydalanish uchun ulamoqdalar. Ular Internetni
turli maqsadlarda ishlatadilar, bunga elektron pochta bilan almashinish, qiziqib
qolgan shaxs va tashkilotlar o`rtasida axborotlarni olish va tarqatish va
boshqalar kiradi. Bosh tarmoqqa ulanish katta afzallikga ega, ammo bunda
ulanayotgan lokal yoki korporativ tarmoqdagi axborot xavfsizligini
ta`minlashda jiddiy muammolar paydo bo`ladi. O`zining idealogiyasidagi
ochiqchilik tufayli Internet yomon niyatli odamlarga, muhim va maxfiy
axborotni o`g`irlash, xalaqitlarga uchratish va buzish maqsadida korxona va
tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`p imkoniyat yaratib
beradi. Axborot juda axamiyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday
9
axborotni saqlayotgan, qayta ishlayotgan yoki uzatayotgan komp`yuter tizimlari
va tarmoqlariga nisbatan turli xil yomon niyatli xarakatlar bo`lishi mumkin.
Masalan, buzuvchi odam o`zini tizimning boshqa foydalanuvchisi qilib
ko`rsatishga intilishi mumkin, aloqa kanalini bildirmasdan eshitishi yoki tarmoq
foydalanuvchilari almashayotgan axborotni ushlab olish va o`zgartirishi
mumkin. Tizimning foydalanuvchisi buzg`unchi bo`lishi mumkin, u o`zi
xaqiqatda ham uzatilmagan ma`lumotni ular tomonidan olinganligini
tasdiqlashga intilishi mumkin. U murojaat qilishi mumkin bo`lmagan
axborotga murojaat qilishga ruxsat olish uchun o`zining vakolatlarini
kengaytirishga intilishi yoki boshqa foydalanuvchilarning xuquqlarini ruxsat
etilmagan holda o`zgartirib tizimni buzishga intilishi mumkin. Shu munosabat
bilan, zamonaviy axborotlashgan jamiyatda global va boshqa tarmoqlarning
ulkan afzalliklari mavjudligi bilan bir qatorda, ularda axborotni himoya qilish
bo`yicha o`ziga xos muammolarni ham echishga to`g`ri keladi. Shuning
uchun axborotning maxfiyligi va butunligini ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan
barcha kerakli ishlarni amalga oshirish uchun samarali vositalarni yaratish va
qo`llash juda muhimdir.
Internetni tadbiq qilinishi bilan jinoyatlar ayniqsa keng quloch yoydi.
Bu esa qonuniyatlidir, negaki ShK ning faol ishlatilishining birinchi o`n yilligida
komp`yuterlarga asosan telefon tarmog`i orqali ulanib olgan xakerlar yoki
«elektron qaroqchilar» asosiy xavf-xatarga ega bo`lgan bo`lsa, unda
komp`yuter tizimlarini va tarmoqlarini ommaviy ishlatish davrida axborotning
ishonchliligi va butunligini buzishga komp`yuter viruslari dasturlari va Internet
global tarmoqi orqali xavf solinmoqda.
Komp`yuterlar, komp`yuter tizimlari va tarmoqlari axborotni saqlash va
qayta ishlashni, uni iste`molchilarga taqdim etishni, shu bilan birga eng zamonaviy
10
axborot texnologiyalarini qo`llashni amalga oshiradigan, axborotni qayta
ishlaydigan barcha avtomatlashtirilgan tizimlarning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |