www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
Bosh vrach birdan o‘zgardi. Yelkalari tik bo‘ldi. Ko‘ksi kerildi. Yuzi beshafqat tus oldi.
Ko‘zlari sinov ham gumon bilan tikildi.
— Iloj yo‘q, Botir Esonovich, iloj yo‘q. Kasalxonamizning o‘z ichki qonun-qoidalari bor.
Ana shu ichki qonun-qoidalarni buzgan vrach... boshi bilan javob beradi.
— Partiya talab qilyapti, uka, partiya!
— To‘g‘ri, partiyaning talabi biz uchun qonun! Lekin meditsinaning o‘z ichki qonun-
qoidalari bor. Biz Gippokrat oldida qasam ichganmiz. Gippokrat! Qasamni buzgan vrach
— vrach emas.
— Shaxsan o‘rtoq Rajabov iltimos qilmoqdalar! Mana, o‘sha Rajabovning raporti.
Mana, shaxsiy imzosi. Shaxsan o‘zi qo‘l qo‘ygan! O’rtoq bosh vrach, Lev Trotskiyni
mashhur bir gapi bor. O’rtoq Trotskiy bunday deydi: partiya misoli ikki qavatli binoda
yashaydi. Ikkinchi qavatda partiya qaror qiladi. Birinchi qavatda partiya mazqur qarorni
ijro etadi. O’rtoq Trotskiy aytganidek, ikkinchi qavatda obkompartiya qaror qildi, birinchi
qavatda raykompartiya — biz ana shu qarorni bajarmoqchimiz, xolos.
— Shunday ekan, o‘shanda o‘rtoq Rajabov raport yozmasin edi? Keyin, so‘zidan
qaytmasin edi?
— Rajabov so‘zidan qaytmas edi. Shu, ovozing o‘chgur... radio yomon-da.
— Bu ishga radioning nima aloqasi bor?
— Iya, hali xabaringiz yo‘qmi?
Botir firqa yuzlarini egdi. Shahodat barmog‘i bilan vrachni imladi. Vrachni qulog‘iga
ohista shivirladi:
— Yaqinda, ovozing o‘chgur «Golos Ameriki» shu haqda... huribdi. SSSR, KPSS,
jinnixona, shoir, deb huribdi.
— Gapirsa-gapiraversin!
— Endi, butun dunyoga sharmanda bo‘lmaylik deyman-da. Moskva nima deydi?
Yuqoridagilar nima deydi? Partiyaviy jazo olamiz, partiyaviy! Shu bois, o‘rtoq Rajabov
masalani bosdi-bosdi etmoqchi.
— Iloji yo‘q, Botir Esonovich. Bemor keltirilganda, uch-to‘rt kun meditsina
tekshirishidan o‘tkaziladi. Diagnoz belgilanadi. Ana o‘shanda bir ilojini qilsa bo‘lar edi.
Endi, bemor belgilangan muddat mobaynida yotib davolanmasa... ozodlikka
chiqarilmaydi.
— Bizni Madiev qancha yotadi?
— Bemor Madievmi, xo‘-o‘sh... bir yil yotadi!
— Bir yil?
— Shunaqa, bir yil yotadi. Lekin sizning hurmatingiz uchun davolanish muddatini olti
oyga kamaytirib berishim mumkin. Buyog‘i, masala syyosiy tus olibdi ekan, shuning
uchun.
— Siyosiy tus olmas edi-yu, bolasi qurg‘urni... she’r yozadigan qilig‘i bor-da.
— She’r? Shoir deng?
— Shunday, shunday. Bolapaqir, shu holiga... she’r yozishni odat qilib olgan!
Odatlangan... qilig‘ini qarang? Yomonni bir qilig‘i ortiq deganlari shu-da. Yemonni ana
shu... she’r yozish qilig‘ini «Golos Ameriki»... do‘mbira qilib chalibdi! KPSS adabiyotni
buzyapti. KPSS talantlarni jinnixonaga o‘tqizyapti... deb akillabdi.
— «Golos Ameriki» gapiraveradi. Gap shu, Botir Esonovich, davolash muddatini bir
yildan olti oyga kamaytirish qo‘limdan keladi, xolos.
— Xo‘p bo‘lmasa, o‘rtoq Mirzaev.
Do'stlaringiz bilan baham: |