Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


partiyaviy tushuntirib bering



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com


partiyaviy tushuntirib bering. 
— Xo‘p bo‘ladi, Botir Esonovich. Shizofreniya — bu, miya qobiliyatining buzilishi, 
fikrlash tarzining ishdan chiqishi, parokanda bo‘lishidir. Shizofreniyani birinchi bo‘lib 
Shveytsariya vrach Eygen Bleyler o‘ylab topgan va joriy etgan. Bleylerning ta’limoticha, 
shizofreniyaga yo‘liqqan bemor, hayot hodisalari oldida o‘zini jilovlab ololmaydi, tilini 
tiyib turolmaydi, yopib yurolmaydi. Insoniy qonun-qoidalarga itoat etolmaydi, insoniy 
axloq-odobga rioya etolmaydi. Shizofreniya — ko‘ngliga nima keladi, ana shuni bajaradi, 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
tiliga nima keladi, ana shuni aytadi. Aytgandayam, telbalarcha aytadi, surbetlarcha 
aytadi. Shu sabab, shizofreniya — partiya-hukumat uchun bamisoli bemahal qichqirgan 
xo‘roz bo‘ladi. 
— Io‘q-e, unchalik emasdir? 
— Shunchalik, Botir Esonovich, mana shu... Madievchalik! Xo‘-o‘sh, paranoyya — bu 
muntazam davom etadigan ruhiy parokandaliqdir. Bunda, bemor vosvos holatda hayot 
kechiradi. Vosvoslik uzluksiz davom etadi. Bu dardga chalingan bemorga kim qarshi 
gapirsa, ana o‘sha odamni o‘ziga dushman deb biladi. Sovet meditsinasi taraqqiy etib, 
shizofreniya bilan paranoyyaning yangi-yangi turlari ochildi. Akademik Snejnevskiy 
«vyalo protekayuvdaya shizofreniya» — sekin-asta, ko‘zga chalinmay dardmand 
etadigan shizofreniyani kashf etdi. Bu o‘ta xavfli kasallikdir. Akademik Snejnevskiy 
kashfiyotining buyukligi shundaki, bu diagnozni... man-man degan odamni peshonasiga 
yopishtirib... psixbolnitsaga o‘tqizsa bo‘ladi. Bu diagnoz sovet meditsinasi uchun... o‘ta 
qulay diagnozdir. Chunki insonparvar sovet davrida... g‘ayritabiiy fikrlovchilar bo‘lishi 
mumkin emas, hardamxayollar bo‘lishi mumkin emas. Partiyaviy til bilan aytganda, 
oramizda «inakomnslyayushie dissident»larga o‘rin yo‘q! 
— Shunday, shunday. 
— O’ziga bino qo‘yish, o‘ta tajanglik, o‘ta ta’sirchanlik, har narsani ko‘ngliga olish... 
ruhiy kasallik simptomlari! Shizofreniya! Paranoyya! Mana, bemor Madiev... o‘z vatanini 
rad etish dardi, o‘z vatanidan kechmoqchi bo‘lish dardi, o‘z vatanini tark etmoqchi bo‘lish 
dardi! Bemor qonunga xilof ravishda o‘z ona vatanidan chet elga chiqib ketmoqchi 
bo‘lgan. 
— Chet elga ketmoqchi bo‘lgan? 
— Ha, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lgan. 
— Iya-iya... 
— O’zini chet el razvedkachisiman, degan. 
— Iya-iya... 
— Xullas, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lib yurganda... fosh bo‘lib qolgan! 
— Iya-iya... Tuppa-tuzuk bola edi-ya! O’sadigan kommunist edi-ya! Hay, attang, 
sizlarga tushib qolibdi. 
— Gap bizda emas. Madiev kundalik turmushda o‘zi shunday bo‘lgan. 
— Siz Madievni qaerdan bilasiz? 
— Qaerdan bilardim, ishonchli manbalardan bilaman. Mana, oblast partiya 
komitetining birinchi sekretari o‘rtoq Rajabovning raporti. Jamoatchilik sudi, xalq 
militsiyasining hujjatlari. Inkor etib bo‘lmas hujjatlar! Biz ana shu hujjatlar asosida... 
diagnoz qo‘ydik! Kommunistik partiya so‘zi — diagnoz! Kommunistik partiya diagnozi — 
sovet meditsinasi diagnozi! 
Botir firqa joyidan qo‘zg‘oldi. Kabinetni ichkaridan qulflab keldi. Bosh vrach ro‘parasidan 
joy oldi. Vrach bilan betma-bet bo‘lib o‘tirdi. Samimiy gap ochdi: 
— Uka, shaxsan men o‘zim sizni kommunistik partiya safiga qabul qildim. Shu 
darajaga ko‘tarilishingiz uchun xiyol bo‘lsa-da, ulushim bor, deb o‘ilayman. 
— Albatta, Botir Esonovich, albatta. Meni partiyaga o‘tqazmaganingizda, bosh vrachlik 
kreslosi qaerda edi? 
— Rahmat, uka, rahmat. Hali, yana qo‘llab-quvvatlayman. Endi, mana shu kasalxona 
rayonimiz territoriyasida ekanidanmi yo sizni qo‘llab-quvvatlashimni bilganidanmi, o‘rtoq 
Rajabov meni jo‘natdi. Shaxsan o‘zlari jo‘natdi! 
— Bajonidil, kommunistik partiya nima desa shu, bajonidil. 
— Yashang, partiya chizig‘idan chiqmasangiz, kam bo‘lmaysiz. Gap oramizda qolsin: 
mana shu Madievni chiqarib yuboring. Faqat birov bilmasin. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish