Ko`pgina bakterial polisistron mRNKlar
bitta transkriptda bir nechta genni o'z
ichiga oladi, butun klasterni
transkripsiyasini initsiatsiyalaydigan
yagona promotor.
• Genlar klasteri va promotor, tartibga soluvchi
ketma-ketliklar operon deb ataladi.
• Operonda bir butun transkripsiyalanadigan 2
tadan 6 tagacha gen bo`lishi mumkin.
Oqsil sintezi boshqarilishi
• Hujayrada minglab turli xil oqsillarning sintezi
hujayrada ularning miqdori metabolik holatga
to`liq mos keladigan tarzda tartibga solinadi.
Prokariotlarda oqsil sintezi
regulatsiyasi
• Bakterial genlarning ekspressiyasi tamoyillari
birinchi marta laktozani yagona uglerod manbai
sifatida ishlatadigan E. coli hujayralarida laktoza
metabolizmini o`rganish orqali aniqlandi.
• 1960 yilda frantsiyalik olimlar F.Jakob va J. Mono,
Nobel mukofoti sovrindorlari E. coli-da laktoza
almashinuvida ishtirok etuvchi genlar
ekspressiyasining regulatsiyasini tavsiflovchi maqola
chop etdilar.
Регуляция экспрессии генов на уровне транскрипции.
Лактозный оперон
Oqsil sintezi regulatsiyasi
• Laktoza operoni (lak) tarkibida sintez
qilinadigan oqsillarning birlamchi tuzilishini
aniqlaydigan tarkibiy genlar mavjud:
• β-galaktozidaza (Z) geni - laktozani galaktoza
va glyukozaga parchalaydi.
• Galaktozidpermeaza (Y) geni- hujayraga
laktozani tashiydi.
• Tiogalaktozidtransasetilaza (A) geni - toksik
galaktozidlarni hujayradan chiqarilishini
osonlashtiradi.
• Ushbu uchta genning har birida ribosoma
bog`lanadigan joy mavjud bo`lib, u
boshqalaridan mustaqil ravishda ushbu
genning translatsiyasini yo`naltiradi.
• Laktoza bo'lmaganda, lak operonining
transkripsiyasi Lak repressori bilan bog'lab,
susaytiriladi.
• Lak repressori - bu tetramer oqsil bo`lib, u
operatorga mahkam bog`lanadi.
• Lac-repressori o`zining shaxsiy promotori
bilan transkripsiyalanadi.
• Laktoza hujayrada paydo bo`lganda, lak
operonining induktsiyasi sodir bo'ladi.
• Induktor molekulasi lak repressorining ma’lum
bir joyiga uning konformatsiyasini o`zgartirib
bog`lanadi.
• Bu repressorni operatordan ajratishga olib
keladi.
• Lak operon genlarining transkripsiyasi.
• Lak operonining kuchli induktsiyasi ham
laktoza (lak represorini inaktivatsiya qilish
uchun), ham past konsentratsiyadagi glyukoza
bo`lishini talab qiladi, bu esa sAMF
kontsentratsiyasini oshiradi va uni CRP
oqsiliga bog`laydi.
• Prokariotik genlarning aksariyati "yoqilgan"
holatda bo'lganligi sababli, tartibga solish
harakatlari ularni "o`chirish" ga qaratilgan.
• Har bir gen to`plami o`ziga xos repressorga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |