partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi.
Xalq o‘rtasida dahriylikni targ‘ib qilish va dinga qarshi murosasiz kurash niqobi ostida
o‘rta asr me’morchiligining takrorlanmas namunasi bo‘lgan, milliy naqshlar bilan jilovlanib
turgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning milliy g‘ururi hisoblangan
muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlarning saroylari vahshiylik va yovuzlik
bilan buzib tashlanib, omborxonalarga, paxta quritadigan joylarga aylantirildi. Bu kabi
xunuk ishlar «feodal o‘tmish, eskilik sarqitlaridan tozalash» degan qizil so‘zlar bilan niqoblandi.
Sobiq tuzum davrida namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash taqiqlangan edi. Masjidlar,
aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis,
turli diniy adabiyotlar, xatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi.
Mana buni «johiliya», nodonlik desa bo‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-
erkin kunlarni qumsab, ammo ko‘rolmay, armon bilan o‘tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik
keltirgan ne’matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik tufayli diniy
qadriyatlarga bo‘lgan bunday salbiy munosabatlarga barham berildi.
Mustaqillik davrida
islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e’tiqodimiz o‘zimizga qaytdi.
Avvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi.
qarovsiz qolgan masjidlar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan,
o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay Sharoitlar
yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari dam olish kuni deb elon qilindi. Har yili
minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib
berildi. Bu o‘tmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ allomalar - Iso Termiziy, xaqim
Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxolik
G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Mapg‘olniy va boShqa ulug‘ zotlarning
yubileylari bo‘lib o‘tdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur’oni
Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy
ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, dinny kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida
aytganimizdek borlari ham yo‘q, qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil
etildi.
Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng
amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Qur’oni karimning bir necha tarjima va tafsirlari, buyuk
mutafakkirlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziyning hadisshunoslikka oid asarlari chop etildi.
Mahmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Mahdumi
A’zam Kosoniy, Xoja Ahror Valiy kabi allomalarning yubileylari o‘tkazildi, merosi aks etgan
asarlari nashr qilindi. Diniy-irfoniy ta’lim muassasalari: Islom o‘rta maxsus bilim yurtlari,
Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, O‘zbekiston Islom akademiyasi,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Buxoroda Mir Arab
oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryoda “Abu
Mu’in an-Nasafiy” nomidagi aqida ilmiy maktabi tashkil etildi. Mazkur say’-harakatlar
O‘zbekistonda jahon hamjamiyati e’tirof etayotgan diniy-gumanistik meros bilan bog‘liqdir.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas
dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzusidagi anjumandagi nutqida diniy omillardan
barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga oid fundamental fikrlar bildirilgan.
1
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |