Musulmon renessansi


«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.03.2023
Hajmi0,68 Mb.
#917287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-MAVZU. XALQIMIZ MA’NAVIY YUKSALISHIDA DINLARNING O‘RNI

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 
1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini 
demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar 
va dindorlarga ham munosabatni o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. 
Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, dindan o‘z 
g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona xukmron mafkuraga aylantiriShga 
harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Ana shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi 
sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati 
tamoyillarini belgilab berishi lozim edi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni qabul 
qildi. 
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida “Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qabul 
qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi 
qoidalar yozilgan: 
«Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda diniy 
rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini 
belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida 
belgilangan hayotiy qoidadir. 
Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-
moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100 barobariga miqdorda jarima solish 
yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar teng huquqliligi» 
deb nomlangan. 
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun 
oldida tengdirlar. 
Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning dinga 
munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab huquqlari 
cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar berilmaydi. Shuningdek, bir-biriga nisbatan 
dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash 


ta’qiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda 
belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan. 
Qonunning «Ta’lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib quyilgan: 
«O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga 
diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: 
Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilmaydi, ya’ni maktabgacha ta’lim, 
umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. 
Chunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi maskanlardir. 
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan ma’no kelib 
chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta’lim olishlari mumkin. Biroq, bunda albatta, qonunda 
belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning tartiblari nimalardan iborat? 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga etmagan 
bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga 
jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy o‘rta 
ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi 
lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta, diniy ta’lim olgan bo‘liShlari hamda diniy 
ta’lim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan 
qoidalardan boshqa shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha olib 
keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra voyaga 
etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki 
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam iSh haqining 
50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq 
tuzatish ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli dinlarga 
mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun 
zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, 
ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro 
musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi 
Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125 yilligi tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning 
isbotidir. 
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus 
pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi
To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun 
adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, 
Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman 
faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta 
maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav 
va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish