89
boshqalar bo’ldi. 1921-yil, avgustda «Markazlar markazi» «Turkiston milliy
birligi» nomi bilan qayta tashkil etildi
115
.
Bu tashkilotning tashkil etilishida otashin turkparast A.Z.Validiyning xizmati
katta bo’ldi. U Lenin boshliq rus sovet hukumatining
turk-musulmon xalqlariga
nisbatan olib borayotgan mustamlakachilik siyosati mohiyatini juda tez anglagan
edi. 1917-yildayoq Oktabr harbiy to’ntarishidan 22 kun o’tgach Zaki Validiy
Boshqirdistonda milliy muxtoriyat hukumati va milliy qo’shin tuzdi. Sovet
hokimiyatiga qarshi bosh ko’targan Kolchak uni 1918-yil, 3-fevralda
sovetlar
tarafdori sifatida qamoqqa oldi. Aprel oyida Z.Validiy qamoqdan qochib chiqib,
harbiy vazir va hukumat boshlig’i sifatida Boshqirdiston mustaqilligini himoya
qildi. Nihoyat 1919-yil 18-fevralda A.Z.Validiy boshliq Muvaqqat hukumati
RSFSR hukumatiga yordam berish va ittifoqdosh bo’lishni so’rab murojaat etdi.
Tez orada “bitim” ham imzolandi. Shundan so’ng Lenin, Stalin
va boshqa Kreml
rahbarlari bilan 15 oy hamkorlikda ishladi. Lekin bu davrda Z.Validiyning milliy
masalada markaz bilan kelishmovchiligi, jiddiy tus oldi. Nihoyat Bokuda ish olib
borgan Sharq xalqlari qurultoyida yashirincha
borib qatnashadi va u yerda
Turkiston vakillari (T.Risqulov, Munavvarqori, T.Norbo’tabekov, va boshqalar)
bilan uchrashdi, o’zaro muloqot va suhbatlar chog’ida Sovetlarning hamma turk-
musulmon muxtor hukumatlari va xalqlariga nisbatan bir xil mustamlakachilik
siyosati olib borilayotganligi oshkor bo’ldi. Zaki Validiy 1920-yil, 12-sentabrda
Lenin, Stalin, Trotskiy
va Rikovga maxsus xatlar yozib, Turkistonning milliy
birligi g’oyasi uchun ochiq kurashishga ahd qildi. Bu xatlarida A.Z.Validiy rus-
sovet hukumatining Turkiston va Boshqirdistonga nisbatan ikkiyuzlamachilik
siyosatini fosh etib bunday deb yozadi: “Markazqo’m bizga qarshi siyosat tuta
boshlashidan anglashildiki,
siz Preobrajenskiy, Artem va ular safdoshlarining,
ya’ni haqiqiy millatchi rus shovinistlarining fikrlarini Sharq xalqlariga nisbatan
olib boradigan siyosatingizning asosi qilib etibsiz. ...Turkkomissiyaning tepasida
turgan Frunze va Kuybishev bu tashkilotning umumiy yig’ilishida yerli Turkiston
kommunistlariga qarshi olti oydan beri riyokor bir siyosat o’tkazib kelayotganini,
115
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob . Тошкент “Sharq” -2010. 231-bet.
90
Turk MIK bilan hamkorlikning yasamaligini va faqat Risqulov va uning do’stlari
bu tashkilotdan chiqqanidan so’nggina bu siyosatning riyokorona ekanligini ochiq
aytish imkoni hosil bo’lganini... gapirdilar. Ayni Turkkomissiya a’zolaridan biri
esa bulardan ham o’tkazib, yerli Turkiston aholisida
sinfiy kurashni atayin
qizitmoqqa kelishilganini va millatchilar (millatparvarlar ma’nosida -mualliflar)
mahalliy mehnatkash sinfning dushmani deb ko’rsatajaklarini Risqulov va Validov
sheriklarini o’sha sinfing dushmani qilib o’rtaga chiqarishlarini... bildirgan”. U
yana bu sinfiy kurash to’g’risidagi fikrni davom ettirib yozadi: “Markazqo’m bu
xususda qay darajada xato yo’lga burilib ketganini yaqinda ko’rajak va “sinfiy
kurash”ni faqat terror va sun’iy yaratmoq yo’liga kirajakdir...
Do'stlaringiz bilan baham: