«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana05.03.2023
Hajmi1,18 Mb.
#916770
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati

“Ittihodi taraqqiy”
Turkiston o’lkasi xalqlarining siyosiy uyg’onishi va 
demokratik hayotida muhim rol o’ynagan tashkilotlardan biri “Ittihodi taraqqiy” 
(“Taraqqiyparvarlar uyushmasi”)dir. U 1917-yil, avgustda Toshkentda tashkil 
topdi
109
. Unga rasman Turkiya muhojirlari Usmonbek bilan Haydar afandi rahbar 
bo’lsada, amalda Munavvarqori Abdurashidxonovning ta’siri kuchli edi. 
Jamiyataing dasturi turk tilida tuzildi. Munavvarqori esa uni o’zbek tiliga ag’dardi. 
Mazkur dastur avgust oyida Munavvarqorining uyida bo’lib o’tgan jamiyat 
a’zolarining yig’ilishida qabul qilindi va jamiyatning uch kishilik boshqaruv 
organi-rayosati (prezidiumi) saylandi: Usmonbek rais, Haydar Afandi esa rahbar 
bo’ldi. Uchinchi kishi mahalliy taraqqiyparvar jadidlardan bo’lishi kerak edi. Uni 
tanlab, kooptatsiya qilish vakolati Usmonbek bilan Haydar afandiga berildi. Bu 
o’ringa Munavvarqori kooptatsiya qilingan bo’lsa kerak, degan taxminlar bor. 
Jamiyatning dasturi hozircha topilgan emas. 
“Ittihodi taraqqiy” asosan siyosiy maqsadlar uchun kurashgan. U sovet 
hukumatiga muholifatlikda bo’lib, uning siyosatini tanqid qilgan, yoshlarni siyosiy 
faollashtirish, turk muhojirlariga yordam berish, maktab ishlarini isloh qilish kabi 
talablarni ilgari surgan. “Ittihodi taraqqiy» yosh turkiyalilar hukumatiga va “Ittihod 
va taraqqiy” partiyasi yordamiga katta umid bog’lagan edi. Munavvarqorining 
ko’rsatishicha dastlabki paytlarda jamiyat a’zolarining “soni 50 ga yetraagan 
bo’lsada, ularning xalq orasida obro’si juda yuqori darajada” bo’lgan.
110
“Ittihodi 
taraqqiy” (“Ittihod va taraqqiy”) ikki marta yordam so’rab, Turkiyaga maxsus 
vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon va Saidnosir Mirjalilovlardan iborat 
vakillar 1918-yilda Istambulga borganda yosh turkiyaliklar hukumati ag’darilgan 
va xorijga qochib ketgan edi. Shuning uchun ham Sadirxon boshliq vakillar turkiya 
hukumati rahbarlari bilan uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu vaqtda jamiyat 
raisi Usmonbek ham Toshkentda qamoqqa olinib, uning o’rniga Yusuf Ziyabek 
tayinlangan edi. Turkiyaga “Ittihodi taraqqiy” nomidan ikkinchi marta vakillar 
1919-yilda Kamol Ota turk hokimiyati o’rnatilgach borgan edi. Bu safar vakillar 
tarkibiga Tosbkentdan Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev va Saidnosir Mirjalilov, 
109
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob . Тошкент “Sharq” -2010. 213-bet. 
110
Турон тарихи. Тўплам. Т - 1992 йил, 18-bet. 


86 
Samarqanddan Mahmudxo’ja Behbudiy, Mardonqul va Muhammadqullar kiritil-
gan edi. Ikkinchi safar ham samara bermadi. Chunki yashirin safardan sovet 
hukumatining ChK xodimlari xabardor bo’lganlar. Munavvarqori o’zining 
“Xotiralarimdan” asarida (qo’lyozma) ko’rsatishicha Mahmudxo’ja Behbudiy va 
uning sheriklari yo’lda ushlanib, qatl qilingan. Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev 
Moskvada, Saidnosir Mirjalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur bo’ldi. 
M.Behbudiy va uning sheriklari Buxoro amiri Olimxon fatvosi bilan Shahrisabzda 
ushlanib, Qarshida Tog’aybek tomonidan o’ldirilgan degan fikr tarqalgan. Bu 
haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa kerak. Chunki bu paytda Buxoroda ichki siyosiy 
vaziyat juda taranglashgan. tashqaridan esa M.Frunze boshliq sovetlar bosqini 
kuchayib borayotgan edi. Shunday bir holatda amirning Behbudiyga nisbatan 
“e’tibor” qaratib, u bilan bevosita shug’ullanganligi aqlga to’g’ri kelmaydi. Uning 
o’limi ChK xodimlari tomonidan uyushtirilgan bo’lishi esa haqiqatga yaqinroqdir. 
Bu paytda sovet hukumati Turkiston muxtoriyati hukumatini qonga botirib, milliy 
mustaqillikka qarshi bosqinchilik urushini avj oldirgan edi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish