44
tayyorladi. Lekin «Siyosiy iqtisod yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga
munosabatlari to‘g‘risida» (1819) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini keskin
oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etyudlar» (1837 ) va fundamental
tarixiy asarlar «Fransuzlar tarixi» (31 tom), «Rim imperiyasi qulashining tarixi» va
boshqa asarlari nashr qilindi.
S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi sanoat to‘ntarilishi davri bilan bog‘liq
bo‘lib, u mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib kapitalizmni tanqid qilib, mayda
tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu qildi.
Olim klassik maktab g‘oyalarini qo‘llaydi,
kapitalni, inqirozlarni, mahsulotni
realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi. U birinchilardan bo‘lib zarur ish vaqti
tushunchasini joriy etdi. Sismondi
pul-ichki
qiymatga ega bo‘lgan mehnat mahsuloti
va shu sababli u qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo‘ladi, degan to‘g‘ri
xulosa chiqaradi. Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qog‘oz
pullar muomalaga
chiqarilishi xaddan ortib ketishining natijasideb hisoblaydi. Ammo u pulning vujudga
kelish jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. Sismondi iste’mol qiymati bilan
qiymat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini
tushunmadi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat
qonunining buzilishi deb
hisoblaydi.
S.Sismondi ta’biricha, ijtimoy fan ikki qismdan:
1.Oliy siyosat
2.Siyosiy iqtisoddan iborat.
Agar siyosat davlat tarkibini qanday vujudga kelishini, fuqarolarni diyonat va
din to‘g‘risida tarbiyalashni o‘rgatsa, siyosiy iqtisod xo‘jalikni qanday boshqarishni,
ijtimoy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak.
Umuman, siyosiy iqtisod-ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni his tuyg‘ulari,
ehtiyojlarini va ehtiroslarini o‘rganishi kerak. S Simondining fikricha «odamlarning
moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy iqtisod predmeti bo‘lishi kerak,
«odamlarning moddiy farovonligi esa» davlatga bog‘liq, S.Sismondi siyosiy
iqtisod
predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan aini bir narsa deb biladi, uni sinflardan
ustun turadigan fan deb talqin etdi. U ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy
qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o‘ringa
qo‘ydi.
S.Sismondi iqtisodiy qonunlarning sub’ektiv harakterini tan olmadi. U
kapitalistik iqtisodiyot notekis rivojlanishini xaqli ravishda ko‘rsatgan bo‘lsa ham, bu
narsa iqtisodiy qonunlar amal qilinishining o‘ziga xos tarzida namoyon bo‘lishi
ekanini ko‘ra bilmadi.
S.Sismondi klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq, mayda tovar ishlab
chiqaruvchilarning
xonavayron
bo‘layotganligini «ortiqcha»
aholi paydo
bo‘layetganini, mashinalar ishchilarni siqib chiqarayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi
klassik maktabning inqirozlar bo‘lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nima
ekanligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi.
Olim o‘z g‘oyasini isbotlashda ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi tafovutni
1-o‘ringa qo‘yadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar iste’moli pasayadi, oqibatda
mamlakatda inqiroz ro‘y beradi, deydi. Shuning uchun
yirik ishlab chiqarishni
to‘xtatish va mayda ishlab chiqarishga qaytishni taklif etadi, kapitalizmni inkor etadi.
45
S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan foyda va
ishchi ish haqining yig‘indisi bo‘lgan daromad muammosiga o‘tadi. Bu milliy
daromad bilan yalpi mahsulotni aynan bir narsa deb bilganligi
uning asosiy nazariy
xatosidir. U kapitalni doimiy va o‘zgaruvchi kapitalga ajrata bildi. Sismondi kapitalni
milliy daromaddan farqini izohlay olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: