4
MAVZU-1: IQTISODIY TA’LIMOTLAR FANINING PREDMETI
VA O‘RGANISH USULLARI
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish
uslubi.
Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar tushunchasi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti bo‘lib- bu
ma’lum davrlardagi u
yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy
g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining
tarixiy jarayonini
o‘rganadigan fandir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar
evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro
etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy
jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab,
to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash. nazariya
va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi.
Bu g‘oyalar
ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va
yo‘nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng
qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy
fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish
uslubi.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan
bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil
harakterga ega. Bu fanni o‘rganish
orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, iqtisodiy
tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish
osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil
etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar
Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‘la
tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda
eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p
xollarda Amerikani
yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.
1
Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‘or uslublari yig‘indisidan iborat
bo‘lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng
foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq,
lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‘ muhim iqtisodiy
1
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. -5b.
5
kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim
ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar
davrida
evolyutsiyada bo‘ladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat
arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot,
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar,
sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi
tadqiq etiladi.
Iqgisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik ob’ekti
bilan chambarchas
bog‘liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi
sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi
T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul
qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi
mutaxassislar
faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya
avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon
bo‘ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma’lum vaqgdan keyin o‘zgarishi
mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot
nazariyasi fani bilan
bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va
mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jalig‘i tarixi,
iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni
o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning shart-sharoitlari va
oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: