Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   229
 
Ta’rif: 
Modulyasiyalangan yuqori chastotali elektromagnit tebranishlardan 
past chastotali tovush signallariga ajratib olishga detektorlash deb aytiladi. 


112 
Masofadan boshqarish moslamalari. 
Burchak siljishlarini distansiyali 
uzatish: 
a) 
bu 
kabi 
sxemalarda 
selsinlar 
indikator 
rejimida 
(holatida) 
ishlaydi(qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgaruvchan tok ulangan).SD-selsin datchik; 
SP-selsin qabul qilgich. 
 
2.2.9-rasm. Burchakli o’zgarishni masofaga sinxron uzatish sxemasi. 
 
Hisoblash mexanizmlari ko‘rsatishlarini distansion masofaga uzatish. Signal 
berish va rostlash qurilmalari. 
Elektrli ERSU-2 rusumli sathning signalizatori(xabar bergichi) 2...3 
sathlarning signalizatsiyasi(xabar berilishi) uchun mo‘ljallangan.
Asbobning 
tamoyilli elektr sxemasi (2.2.10-rasm) rasmda tasvirlangan.
Mazkur sxemada 
har bir alohida datchik sxemasiga bir(alohida, yagona) sathning nazorati uchun 
xizmat qiladigan o‘zgarmas tok relesi ulangan: rele R1—quyi sath, R2 – 
yuqori sath va R3 - avariyali sath uchun. Avariyali sath nazorat qilinuvchi 
poyonning(oraliqning) yuqorisida yoki pastida bo‘lishi mumkin. Agarda
avariyali sath nazorat qilinuvchidan pastda deb qabul qilinsa, u holda qayta 
ulab-o‘chirgich V o‘ngdagi holatda, agarda yuqorida deb qabul qilinsa —
chapdagi holatda o‘rnatiladi. 


113 
2.2.10-rasm. Elektrodli ESU-1M sath signalizatorining tamoyilli sxemasi. 
Nazorat qilinayotgan sathlarda L1, L2 va L3 nurli(yorug‘lik 
chiqaradigan) signalizatsiya(xabar berish) ajratilgan va R1 ajratuvchi kontakt 
orqali, L1 qizil lampasi ulangan. Qachonki gorizont(yotiq chiziq) nazorat 
qilinayotgan sathlarning oralig‘ida joylashsa, R1 qisqa tutashtiruvchi kontakt 
orqali R1 relening zanjiri berkiladi, va ajratuvchi kontakt R ulangan yashil 
lampa yuqori sath bo‘yicha eng yuqorigi nazorat qilinadigan belgida U1 sariq 
lampa L3 ulanadi. 
Qachonki idishning devorlaridan zaminlovchi elektrod sifatida foydalanib 
bo‘lmasa, u holda E releyli blokning qismalariga ulangan qo‘shimcha elektrod
o‘rnatiladi. 
Elektrodli ESU-1M va ESU-2M sathning signalizatorlari(xabar bergichlari) 
ishlab chiqilgan, shuningdek, suv sathning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda 
elektrod sig‘imining o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. 
Mazkur laboratoriya ishida amalda eng ko‘p tarqalgan RU – 3E 
sathning relesi va sathning ESU – 2M elektronli signalizatori jixozining 
qo‘llanishi, ishlash tamoyili o‘rganiladi. 
Sathning ESU - 1M elektronli signalizatori turli materiallarning bir yoki 
ikkita sathini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. 


114 
ESU-1M rusumli elektronli signalizator(xabar bergich)ning asosiy qismi 
bo‘lib sathning ikkitalik(qo‘shsha) triodda L1 (6N6P) yig‘ilgan lampali yuqori 
chastotali tebranishlar generatori hisoblanadi. Triodning anodli zanjiriga R
relening chulg‘ami ulangan. Triod Tr rele chulg‘ami va o‘zgaruvchan 
induktivlik g‘altagi L2 kuch transformatori orqali ta’minlanadi. To‘rli oraliqda 
va lampa L1 katodiga L2 o‘zgaruvchan induktivlik g‘altagi va S1 va SZ 
kondensatorlaridan iborat tebranish konturi bilan ulangan. S1 kondensatori bilan 
parallel tarzda ulangan S2 kondensatordan va D elektrodi va er orasida hosil 
bo‘lgan kondensatordan zanjir tashkil topgan. LS konturi shunday rostlanadiki, 
S2 kondensatorning qandaydir boshlang‘ich sig‘imi va D elektrod - er 
kondensatori konturining parametrlari ko‘pincha generatorning rezonansli 
tebranishlariga mos kelsin. 
Konturni rezonansga rostlaganda konturning rezonansli to‘la qarshiligi 
ancha kichik va unda amalda hech qanday kuchlanish tushishi bo‘lmaydi. 
Kontur triodning L1 katodi va to‘r oralig‘ida ulangani uchun ham, to‘rning
potensiali tahminan L1 yopiq lampa katodi potensialiga teng va R relesi 
o‘chirilgan. Qachonki D elektrodi va idish devori oralig‘ida material paydo 
bo‘lsa, u holda D elektrod - er orasidagi kondensator sig‘imi o‘zgaradi, S2 
kondensatori va D elektrod - er kondensatori S1 kondensatorga parallel 
ulangani uchun ham, mazkur holat LS konturning parametrlarini o‘zgarishiga 
olib keladi. Idishdagi materialning(jismning) sathi cheklanganida rezonansning 
buzilishi kuzatiladi. Oqibatda, LS konturning to‘la qarshiligi ortadi. Lampa 
L1 ning to‘ri va katodi oralig‘ida kuchlanish paydo bo‘ladi, uning musbati 
to‘rga uzatiladi. L1 lampasi ochiladi, rele R ishga tushadi va materialning 
chegaralangan sathga erishganida uning kontaktlarini berkitishga signal(habar) 
uzatiladi. Tr transformator ikkilamchi chulg‘amining qo‘shimcha qismasi 
orqali R rele kontaktiga ulangan L2 signalli(xabar beruvchi) lampa bunkerda 
materialning borligi haqida signal(xabar) beradi. 

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish