Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich


 – rasm. Paketli o’chirgich (a) va universal qayta ulagich (b).  Issiqlik relesi



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   229
 
7.1.10 – rasm. Paketli o’chirgich (a) va universal qayta ulagich (b). 
Issiqlik relesi
 -
bu elektromagnit yoki bimetall mexanizmlar bo‘lib, ular 
zanjirning berilgan parametrini nazorat qiladi va parametr belgilangan 
qiymatidan oshib ketganda avtomatni o‘chiradi. Bimetall (issiqlik) ajratkich 
tarmoqqa shunt orqali ulangan qizdirgichdan issiqlik oladi. Turli chiziqli 
keygayishi koeffitsientlariga ega bo‘lgan ikki metalldan tashkil gopgan bimetall 
plastinka qiziganda egilib, erkin ajratish mexanizmi richagini sindiruvchi 
tortqiga kuch beradi. Issiqlik ajratkich yordamida o‘tayuklanishdan muhofaza 
qilinadi. Ishlab ketish vaqti o‘tayuklanish tokiga bog‘liq: tok qancha katta 
bo‘lsa, bimetall plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. 
Issiqlik inersiyasi katta bo‘lganligi sababli issiqlik ajratkichlar elektr 
dvigatellarning ishga tushiruvchi toklari ta’sirini sezmaydi. 7.1.11-rasm. 


363 
Issiqlik relesi – barcha elektr jixozlar(elektr dvigatellar, elektr isitgichlar va 
x.k.) ni o’ta yuklanish tokidan himoya qilishga mo’ljallangan. Uning ishlash 
printspi o’tkazgichdan tok o’tganda uning qizishiga asoslangan. Issiqlik relesini 
asosiy qismi bu bimetal plastina bo’lib undan o’ziga xisoblangandan yuqori 
qiymatda tok oqib o’tganda egilib tegishli kontaktni ajratib qo’yadi. [1,3] 
7.1.2. Avtomatik o‘chirgichlar, eruvchan saqlagichlar va ularni tanlash. 
Avtomat 
o‘chirgichlar. 
Xozirda 
xech 
bir 
elektr 
sxemani avtomat 
o’chirgichlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektr kurilmalarda eng keng 
qo’llaniladigan avtomat o’chirgichlarga misollsr quyida keltirilgan. 7.1.12-rasm. 
7.1.12-rasm. Elektr kurilmalarda eng keng qo’llaniladigan Avtomat 
o’chirgichlar 
Differentsial tok (silqish toki) tasirida tez ishga tushuvchi ximoya 
o’chirgichi. Inson beixtiyor elektr jixozlarining tok o’tkazuvchi qismlariga tegib 
ketganda elektr tokidan himoyani ta’minlaydi.
Avtomatik o‘chirgichlari normal bo‘lmagan rejimda ishlayotgan elektr 
zanjirlarni avtomatik ajratish va normal ish rejimlarida, kam hollarda operativ 
qayta ulash uchun xizmat qiladi. 
Avtomatik uzgichlarida yoyni so‘ndirish uchun maxsus muhit 
qo‘llanilmaydi. 
Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli bo‘ladi. 
Ishlab ketish vaqti 
t
sr
bo‘yicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok, 
kuchlanish, harorat) belgilangan qiymat (avtomatning kurilmasi) dan ortish 
momentidagi vaqtdan kontaktlarning ajrash momentigacha bo‘lgan vaqtga qarab 


364 
quyidagilarga bo‘linadi: normal avtomatlar 
t
sr
=0,02-0,1 s; ushlash vaqtini 
1
s
gacha rostlovchi selektiv avtomatlar; tez ta’sir qiluvchi avtomatlar 
t
sr 

0,005 s. 
Avtomatlarni turli ushlash vaqti 
t
1
<
t
2
<
t
3
ga o‘rnatish yo‘li bilan, selektiv 
avtomatlar tarmoqlarni selektiv muhofazalash imkonini beradi. 
Tez ta’sir qiluvchi avtomatlar tarmoqdagi toklarni cheklash imkonini 
beradi, chunki ular zanjirni tarmoqdagi q.t. toki 
i
u
miqdorga etmasdan oldinroq 
uzadi. 
Avtomatlar kuchlanishi o‘zgaruvchan tokda 660 V gacha va o‘zgarmas 
tokda 440 V gacha bo‘lganda 6000 A gacha toklar uchun mo‘ljallab ishlab 
chiqariladi. 
Avtomatlarning uzish qobiliyati 200-300 kA gacha etadi. 
Har qanday avtomatda quyidagi asosiy elementlarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin: yoy so‘ndiruvchi tizimli kontaktlar; yuritma; erkin ajratish mexanizmi; 
ajratkichlar; yordamchi kontaktlar. 
Avtomatlarning 
kontaktlar
i uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni 
o‘tkazishi va q.t. toklarini uzishda yoy ta’siriga chidashi kerak. Birinchi shartga 
muvofiq, kontaktlarni o‘tish qarshiligi uncha katta bo‘lmagan solishtirma 
qarshiligi kichik materialdan, ikkinchi shart bo‘yicha esa yoy ta’siriga 
chidaydigan materialdan tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning o‘zida 
bajarish mumkin bo‘lmaganligi uchun ikki juft - bosh va yoy so‘ndiruvchi 
kontaktlar qo‘llaniladi. Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki 
ularning qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan o‘tadi. Uzilganda avval 
asosiy kontaktlar ajraydi, lekin zanjir uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy 
so‘ndiruvchi kortaktlar zanjiriga o‘tadi, so‘ngra yoy so‘ndiruvchi kontaktlar 
ajraydi va ularda elektr yoy ham so‘nadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa 
yoy so‘ndiruvchi kontaktlar misdan, katta toklarda esa volframdan, uning 
qotishmasidan 
yoki 
metallokeramikadan 
tayyorlanadi. 
Bu 
kontaktlar 
konstruksiyasi bo‘yicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi. 
Uncha katta bo‘lmagan toklarga mo‘ljallangan avtomatlarda bir juft 
kontakt bo‘ladi. O‘tish qarshiligini kamaytirish uchun kontaktlarni siqish 
prujina orqali amalga oshiriladi. Q.t. toklari o‘tganda kontaktlar orasidan 
kontaktlarni ajratish uchun harakat qiladigan elektrodinamik kuch hosil bo‘ladi. 


365 
Bu kuchni kompensatsiyalash uchun shinkalar sirtmoq ko‘rinishida bukilgan, 
shuning uchun shinkadagi toklarning yo‘nalishi turlicha bo‘ladi, bu hol 
kontaktlarni birbiriga siquvchi elektrodinamik kuch hosil qiladi. 
Avtomatning 
yoy so‘ndiruvchi tizimi
avtomatni o‘chirishda hosil 
bo‘ladigan yoyni so‘ndirish uchun xizmat qiladi. Po‘lat plastinkali (uzun yoyni 
qisqa yoylarga bo‘lish effekti) yoy so‘ndiruvchi kameralar keng qo‘llaniladi. 
Uziladigan tok katta bo‘lganida yoyni tor tir-qishda so‘ndirish effektidan 
foydalanishga asoslangan buylama-tirqishli va labirint-tirqishli kameralar 
ishlatiladn. Yoyni kameraga tortish magnitli puflash bilan amalga oshiriladi. 
Kamera materiali yuqori yoy turg‘unligiga ega bo‘lishi kerak.
 
7.1.13-rasm.
7.1.13-rasm. Magnit moy so’ndirgichning umumiy ko’rinishi.
 
Erkin ajratish mexanizmi avtomatni vaqtning istalgan momentida 
o‘chirishni ta’minlaydi, shuningdek, yoqish jarayonida ham o‘chirish lozim 
bo‘lsa, uni amalga oshiradi. U sharnirli bog‘langan richaglar hamda 
tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dastadan richaglar orqali kontaktli 
richagga uzatiladi, bu richag avval yoy so‘ndiruvchini, so‘ngra esa bosh-
kontaktlarni tutashtiradi. Avtomat ulanganda, richaglar «o‘lik» holatga o‘tadi, 
tayanch ularning pastga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar ulash vaqtida 
qisqa tutashuv mavjud bo‘lsa, unda ajratkich ta’sirida mexanik bog‘lanish 
richaglarni sharnirli birikma bo‘yicha «sindiradi» va uzuvchi prujina ta’sirida 
kontakt tizim chapga suriladi, dasta orqali ulanishga kuch berilishnga qaramay, 
bu tizimda o‘chirilish amalga oshadi. 

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish