363
Issiqlik relesi – barcha elektr jixozlar(elektr dvigatellar, elektr isitgichlar va
x.k.) ni o’ta yuklanish tokidan himoya qilishga mo’ljallangan. Uning ishlash
printspi o’tkazgichdan tok o’tganda uning qizishiga asoslangan. Issiqlik relesini
asosiy qismi bu bimetal plastina bo’lib undan o’ziga xisoblangandan yuqori
qiymatda tok oqib o’tganda egilib tegishli kontaktni ajratib qo’yadi. [1,3]
7.1.2. Avtomatik o‘chirgichlar, eruvchan saqlagichlar va ularni tanlash.
Avtomat
o‘chirgichlar.
Xozirda
xech
bir
elektr
sxemani
avtomat
o’chirgichlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektr kurilmalarda eng keng
qo’llaniladigan avtomat o’chirgichlarga misollsr quyida keltirilgan. 7.1.12-rasm.
7.1.12-rasm. Elektr kurilmalarda eng keng qo’llaniladigan Avtomat
o’chirgichlar
Differentsial tok (silqish toki) tasirida tez ishga tushuvchi ximoya
o’chirgichi. Inson beixtiyor elektr jixozlarining tok o’tkazuvchi qismlariga tegib
ketganda elektr tokidan himoyani ta’minlaydi.
Avtomatik o‘chirgichlari normal bo‘lmagan rejimda ishlayotgan elektr
zanjirlarni avtomatik ajratish va normal ish rejimlarida,
kam hollarda operativ
qayta ulash uchun xizmat qiladi.
Avtomatik uzgichlarida yoyni so‘ndirish uchun maxsus muhit
qo‘llanilmaydi.
Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli bo‘ladi.
Ishlab ketish vaqti
t
sr
bo‘yicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok,
kuchlanish, harorat) belgilangan qiymat (avtomatning kurilmasi) dan ortish
momentidagi vaqtdan kontaktlarning ajrash momentigacha bo‘lgan vaqtga qarab
364
quyidagilarga bo‘linadi: normal avtomatlar
t
sr
=0,02-0,1 s; ushlash vaqtini
1
s
gacha rostlovchi selektiv
avtomatlar; tez ta’sir qiluvchi avtomatlar
t
sr
≤
0,005 s.
Avtomatlarni turli ushlash vaqti
t
1
<
t
2
<
t
3
ga o‘rnatish yo‘li bilan, selektiv
avtomatlar tarmoqlarni selektiv muhofazalash imkonini beradi.
Tez ta’sir qiluvchi avtomatlar tarmoqdagi toklarni cheklash imkonini
beradi, chunki ular zanjirni tarmoqdagi q.t. toki
i
u
miqdorga etmasdan oldinroq
uzadi.
Avtomatlar kuchlanishi o‘zgaruvchan tokda 660 V gacha va o‘zgarmas
tokda 440 V gacha bo‘lganda 6000 A gacha toklar uchun mo‘ljallab ishlab
chiqariladi.
Avtomatlarning uzish qobiliyati 200-300 kA gacha etadi.
Har qanday avtomatda quyidagi asosiy elementlarni ajratib ko‘rsatish
mumkin: yoy so‘ndiruvchi tizimli kontaktlar; yuritma; erkin ajratish mexanizmi;
ajratkichlar; yordamchi kontaktlar.
Avtomatlarning
kontaktlar
i uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni
o‘tkazishi va q.t. toklarini uzishda yoy ta’siriga chidashi kerak. Birinchi shartga
muvofiq, kontaktlarni o‘tish qarshiligi uncha katta bo‘lmagan
solishtirma
qarshiligi kichik materialdan, ikkinchi shart bo‘yicha esa yoy ta’siriga
chidaydigan materialdan tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning o‘zida
bajarish mumkin bo‘lmaganligi uchun ikki juft - bosh va yoy so‘ndiruvchi
kontaktlar qo‘llaniladi. Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki
ularning qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan o‘tadi. Uzilganda avval
asosiy kontaktlar ajraydi, lekin zanjir uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy
so‘ndiruvchi kortaktlar zanjiriga o‘tadi, so‘ngra yoy so‘ndiruvchi
kontaktlar
ajraydi va ularda elektr yoy ham so‘nadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa
yoy so‘ndiruvchi kontaktlar misdan, katta toklarda esa volframdan, uning
qotishmasidan
yoki
metallokeramikadan
tayyorlanadi.
Bu
kontaktlar
konstruksiyasi bo‘yicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi.
Uncha katta bo‘lmagan toklarga mo‘ljallangan avtomatlarda bir juft
kontakt bo‘ladi. O‘tish qarshiligini kamaytirish uchun kontaktlarni siqish
prujina orqali amalga oshiriladi. Q.t. toklari o‘tganda
kontaktlar orasidan
kontaktlarni ajratish uchun harakat qiladigan elektrodinamik kuch hosil bo‘ladi.
365
Bu kuchni kompensatsiyalash uchun shinkalar sirtmoq ko‘rinishida bukilgan,
shuning uchun shinkadagi toklarning yo‘nalishi turlicha bo‘ladi, bu hol
kontaktlarni birbiriga siquvchi elektrodinamik kuch hosil qiladi.
Avtomatning
yoy so‘ndiruvchi tizimi
avtomatni o‘chirishda hosil
bo‘ladigan yoyni so‘ndirish uchun xizmat qiladi. Po‘lat plastinkali (uzun yoyni
qisqa yoylarga bo‘lish effekti) yoy so‘ndiruvchi kameralar keng qo‘llaniladi.
Uziladigan tok katta bo‘lganida yoyni tor tir-qishda so‘ndirish effektidan
foydalanishga asoslangan buylama-tirqishli va labirint-tirqishli kameralar
ishlatiladn. Yoyni kameraga tortish magnitli puflash bilan amalga oshiriladi.
Kamera materiali yuqori yoy turg‘unligiga ega bo‘lishi kerak.
7.1.13-rasm.
7.1.13-rasm. Magnit moy so’ndirgichning umumiy ko’rinishi.
Erkin ajratish mexanizmi avtomatni
vaqtning istalgan momentida
o‘chirishni ta’minlaydi, shuningdek, yoqish jarayonida ham o‘chirish lozim
bo‘lsa, uni amalga oshiradi. U sharnirli bog‘langan richaglar hamda
tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dastadan richaglar orqali kontaktli
richagga uzatiladi, bu richag avval yoy so‘ndiruvchini, so‘ngra
esa bosh-
kontaktlarni tutashtiradi. Avtomat ulanganda, richaglar «o‘lik» holatga o‘tadi,
tayanch ularning pastga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar ulash vaqtida
qisqa tutashuv mavjud bo‘lsa, unda ajratkich ta’sirida mexanik bog‘lanish
richaglarni sharnirli birikma bo‘yicha «sindiradi» va uzuvchi prujina ta’sirida
kontakt tizim chapga suriladi, dasta orqali ulanishga kuch berilishnga qaramay,
bu tizimda o‘chirilish amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: