Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich


Yakkalangan elektr yuritma



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   229
Yakkalangan elektr yuritma.
Har bir ish mashinasi yoki 
mexanizmning o‘ziga tegishli alohida elektr motori bo‘lgan yuritma 
yakka motorli 
elektr yuritma
deb ataladi. 


325 
Elektr motori ish mashinasidan alohida yoki uning tuzilishiga 
o‘zgartirishlar kiritmasdan o‘rnatilgan yuritma oddiy yakka motorli elektr 
yuritma deb ataladi. 
Bunday elektr yuritmada quvvat isrofi transmissiyaliga nisbatan ancha 
kam bo‘lsa ham, ammo unda uzatish mexanizmining murakkabligi saqlanib 
qoladi. 
Individual elektr yuritma bunday kamchiliklardan xoli qilingan. 
Individual elektr yuritmada elektr motori va ish mexanizmi konstruktiv 
jihatdan yaxlit va ishlash uchun qulay bo‘lgan tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Individual elektr yuritmalar o‘z navbatida oddiy va mahsus individual 
yuritmalarga bo‘linadi. 
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida ba’zi bir uzatma elementlari 
(tishli g‘ildirak, mufta, krivoship, shatun va shu kabilar) saqlanib qolgan 
yuritma oddiy individual elektr yuritma deb ataladi. 
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida uzatish mexanizmi bo‘lmagan va 
motorning ba’zi bir qismlari ish mexanizmining uzviy organi sifatida 
qo‘llaniladigan yuritma mahsus individual elektr yuritma deb ataladi. 
SHu sababli mahsus individual elektr yuritmali ish mashinalari shovqinsiz, 
engil, sodda konstruksiyali, ishlashga qulay, yuqori foydali ish koeffitsienti va 
avtomatlashtirish uchun katta imkonlarga ega bo‘ladi. 
Bunday elektr yuritmalarda elektr motorning ahamiyati ish mashinasining 
nomida ham o‘z ifodasini topadi, ya’ni ularga "elektr" so‘zi qo‘shib yoziladi, 
masalan, elektr pardozlagich, elektr shpindel, elektr urchuq va hokazo. [1,3] 
Ko‘p motorli elektr yuritmalar .
Murakkab ish mashinasining 
ayrim ish organlariga mexanik energiyani bir markazdan taqsimlash har 
tomonlama noqulaylik tug‘dirib, undagi quvvat isrofining katta bo‘lishiga olib 
keladi. 
Murakkab stanoklar yoki mashinalarning har bir ish organi alohida elektr 
motori bilan harakatga keltirilsa, ularni avtomatlashtirish va ishga tushirish 
ancha engillashadi va qulaylashadi, uzatmaning konstruksiyasi esa 
soddalashadi. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarida qo’llaniladigan EKG-5 


326 
ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr 
yuritmasi bunga misol bo’la oladi. 6.1.2-rasm. 
6.1.2-rasm. EKG-5 ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli 
chastotali-rostlanuvchi elektr yuritmasi. 
Ushbu yuritma EKG-5 ekskovatorining ko’tarish(1), bosim(2), 
platformani aylantirish(3), zanjirli gildirak(4) va kovsh(cho’mich)ning tagini 
ochish(5) yuritmalariga mo’ljallangan 5 ta o’zgarmas tok lvigatellarini qisqa 
tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga alishtirishni ta’minlaydi. Bu o’z 
navbatida EKG-5 ekskovatorining elektr yuritmasi F.I.K. ni 90% gacha, quvvat 
koeffitsentini esa 95% gacha orttirish imkonini yaratadi. 
Elektr motorlari ish organidan alohida o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday 
mashina yoki mexanizm yuritmalari oddiy ko‘p motorli elektr yuritmalar deb 
ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning ish organlariga bevosita 
o‘rnatilsa, bunday yuritmani individual ko‘p motorli elektr yuritma deb 
ataladi. 
Bunday elektr yuritma mahsus stanoklarda, agregat va nusxa olish
stanoklarida keng qo‘llaniladi. Elektr motorlari sistemasiga ega bo‘lgan bir 
necha ish mashinalarining kompleks ishlab chiqarishda o‘zaro mos ishlashini 
ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko‘p motorli elektr yuritma deb 
ataladi. 
Bunday elektr yuritmalar to‘qimachilik, qog‘oz
ishlab chiqarish, 
bosmaxona mashinalari va stanoklarning avtomat liniyalarida keng qo‘llaniladi. 
Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, 
to‘xtatiladigan va berilgan chastota, tok yoki momentni o‘zgartirmay saqlab 
turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb ataladi. 


327 
Texnologik talablarga binoan chastotasi keng miqyosda o‘zgartiriladigan 
yuritma rostlanuvchi elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va 
rostlanuvchi elektr yuritmada yuqoridagi uch asosiy qismlardan tashqari 
o‘zgartgich deb ataladigan qism ham bo‘lishi mumkin. 
Avtomatlashtirilgan 
elektr 
yuritma 
bilan 
texnologik 
jarayonni 
takomillashtirish, uning talablarini to‘la qondirish, ish unumini ko‘tarish, 
mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini pasaytirish imkonlari yaratiladi. 
Funksional sxemalarda funksonal birlik sifatida aloxida kurilma olinadi 
va ularni ishlash prinsipi bilan bog‘lab beriladi. Prinsipial sxemalarda esa 
elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr bog‘lanishlar bir 
chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, 
kommutatsion apparatlar rele va x.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish