305
5.4.1-rasm. Sinxron mashinaning statori.
Sinxron mashinasining
rotori ikki tipda, ya’ni ayon va ayon bo‘lmagan
qutbli qilib tayyorlanadi. 5.4.2-rasm. Gidroturbinalar bilan past chastotada
aylantiriladigan kichik va o‘rta quvvatli gidrogeneratorlar ayon, bug‘ turbinalari
bilan yukori tezlikda aylantiriladigan katta quvvatli turbogeneratorlar esa, ayon
bo‘lmagan qutbli qilib chiqariladi.
5.4.2-rasmda sinxron mashinaning
a —
ayon va
b —
ayon bo‘lmagan
qutbli rotorlari ko‘rsatilgan. Rotorning o‘zagi, odatda, quyma po‘latdan yasalib,
unga qo‘zgatuvchi chulg‘am o‘rnatiladi. Aylanuvchi rotordagi bu qo‘zgatuvchi
chulg‘amga cho‘tka va halqalar vositasida o‘zgarmas tok berilib,
asosiy magnit
oqim hosil qilinadi. Demak, o‘zgarmas tok bilan ta’minlangan rotor
chulg‘amini birlamchi motor (turbina) bilan aylantirilsa, u xolda,
elektromagnit induksiya qonuniga binoan stator chulg‘amida o‘zgaruvchan
E.Yu.K. hosil bo‘ladi.
307
5.4.3 – rasm. Rotor qutblarida hosil bo‘luvchi magnit induksiyasining
taqsimlanishi
Uch fazali sinxron generatorning statoriga uchta chulg‘am joylashtiriladi. Bu
chulg‘amlar fazoda bir-biridan 120° burchakka fark. qiladi,
ular yulduz yoki
uchburchaklik sxemasi bilan ulanadi. Xar bir chulg‘am generatorning fazasi
deyilib, bu fazalarda bir-biridan 120° ga fark. kiluvchi E.Yu.K. lar xosil bo‘ladi.
Yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan ulangan chulg‘amlardan olingan bu uch
fazali E.Yu.K.lar sistemasiga uch fazali yuklama ulansa, u xolda generatorning
stator chulg‘amlaridan uch fazali yuklama toki o‘tadi. Sinxron mashinani
qo‘zg‘atish uchun kerak bo‘lgan o‘zgarmas tokni qo‘zgatgich
yoki yarim
o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlardan olinadi. Generator bilan birga aylantiriluvchi va
uni qo‘zg‘atishga muljallangan o‘zgarmas tok generatori qo‘zg‘atgich deb
ataladi. Sinxron generatorlar statori chulg‘amlarining boshi va oxirlari quyidagi
jadvalda ko‘rsatilgandek belgilanadi.
Odatda, quvvati 400 kVA gacha bo‘lgan sinxron generatorlari 400/230 V, 400
kVA dan kattalari esa 6300 V va undan ham yuqori kuchlanishli kilib
tayyorlanadi.
Quvvati 1000 kVA gacha bo‘lgan dizel motorga mo‘ljallangan SGD rusumli
generatorlar ham mavjud.
308
Katta
quvvatli generatorlar, masalan, 100000 kVA li turbogeneratorlar juda
yuqori foydali ish koeffitsienti, ya’ni
s =
0,98 ga ega bo‘ladi.
Asinxron mashinalarining statori sinxron mashinanikidan deyarli farq
qilmaydi, ammo ularning rotoridagi chulg‘amiga tashqi manbadan hech kanday
tok berilmaydi.
O‘zgarmas tok mashinasi singari sinxron mashina ham generator, ham
motor rejimida ishlaydi. Sinxron motorning konstruksiyasi generatornikidan
farq qilmaydi.
Sinxron mashinani motor rejimida ishlatish
uchun uning stator
chulg‘amiga uch fazali, rotor chulg‘amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator
chulg‘amiga berilgan uch fazali tokdan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘lib,
uning tezligi quyidagicha bo‘ladi:
(5.4.1)
bunda
f
– o‘zgaruvchan tokning chastotasi;
p
– stator chulg‘amiga berilgan tokdan hosil bo‘lgan magnit
maydonning juft qutblar soni.
Statordagi aylanuvchi magnit maydon bilan rotordagi tokning o‘zaro ta’siri
natijasida elektromagnit moment hosil bo‘ladi.
Elektromagnit momentning
ta’sirida motor rotori statordagi aylanuvchi magnit maydon yo‘nalishida aylana
boshlaydi. Statordagi aylanuvchi magnit maydon
N
yoki
S
qutbi rotor magnit
maydonidagi ularga teskari bo‘lgan qutblari bilan elastik zanjir singari
bog‘lanishga egaligi sababli rotorning aylanish chastotasi ham
Do'stlaringiz bilan baham: