7
1-MAVZU: KIRISH. KOMPYUTER ARXITEKTURASINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI, KOMPYUTERLARNI TASHKIL ETISH
TAMOILLARI VA KLASSIFIKASIYASI.
Reja
1.
Fanning asosiy tushunchalari
2.
Kompyuterni tashkil etishda umumiy qarashlar
3.
Kompyuterning rivojlanish bosqichlari
4.
Fllin klassifikasiyasi va
arxitekturalar
5.
Kompyuterlar va hisoblash tizimlariga qo’yiladigan umumiy talablar
Tayanch atamalar: Blez Paskal ,
Paskal arifmometri, Musiqali sandiqcha ,
Neyman kompyuteri, Mir-1, Mir-2, Minsk-
2, 22, 32, M-220, 222, BESM-3, 4, 4M,
Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6. Strela,
BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14,
BESM-2,
Ural-1.
TI-ASC
(Texas
Instruments
Advanced
Scientific
Computer), STAR-100, Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32), SISD
(Single Instruction stream/ Single Data stream), SIMD (Single Instruction
stream/Multiple Data stream), MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data
stream), MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream),
Narx/unumdorlik munosabati, Masshtablashtirish, Dasturiy ta’minotning mosligi
va mobilligi.
Fanning asosiy tushunchalari
Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning
qanday tuzilganligiga
oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi
apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nimaga mo‘ljallanganligi hamda qanday
ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar
ko‘proq kompyuterning apparat qismi bilangina shug‘ullanuvchi mutaxassislar
uchun mo‘ljallangandir. Ohirigi 10-15 yillar davomidagi
rivojlanish shuni
ko‘rsatdiki, kompyuterni o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har bir soha
mutaxassisi,
ayniqsa
kompyuter
injiniringi,
dasturiy
injiniring
va
telekommunikatsiya kabi sohalar mutaxassislari uchun - kompyuterni tashkil
8
qiluvchi apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish
maqsadga muvofiq
ekan. Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish
deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan qurilmalarni qanday
tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash
jarayonlari qanday amalga
oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda ma’lumotlarni ishlash dasturlari
qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu algoritmlarni so‘z
bilan
ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida shakllanish bosqichlarini mukammal
bilish kerak bo‘ladi.