15
Ushbu arxitekturadagi mashinalar vektor elementlari orqali bitta amalni bir
vaqtning o’zida bir nechta ma’lumotlar ustida bajaradi. Bunday turdagi tizimlar
odatda bir xil
elementlar asosida quriladi, ya’ni tizimga kiruvchi prosessor
elementlari bir xil bo’ladi va ularning barchasi bir xil ketma-ketlikdagi buyruqlar
bilan boshqariladi. Bunda faqat har bir prosessor o’zining ma’lumotlar oqimiga
ishlov beradi. Bunday sxemali masalalarga matrisali yoki vektorli (massivlar)
ishlov berish, chiziqli va chiziqli bo’lmagan, algebraik va defferensial
tenglamalarni yechish, maydon nazariyasi va boshqa ko’plab
masalalar kiradi
(1.7,
b
-rasm).
MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura
o’ziga
xos prosessorli konveyerni qurish uchun mo’ljallangan, ya’ni bunda ishlov berish
natijalari zanjir tarzda bir prosessordan boshqa prosessorga uzatiladi. Bunday
hisoblashga ixtiyoriy ishlab chiqarish konveyeri misol bo’la oladi. Zamonaviy
elektron hisoblash mashinalarida bu qoida parallel
ishlovchi tizimda turli xil
funksional bloklar tomonidan amallarni bajarish sxemasiga asoslangan. Bunda har
bir qism umumiy siklda o’zining vazifasini bajaradi. Bunday turdagi hisoblash
tizimlarida konveyerlar prosessorlar guruhini hosil qilishi kerak bo’ladi (1.7,
v
-
rasm).
MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream) arxitekturasi
barcha prosessorlari tizimi xususiy ma’lumotlar oqimi bilan o’zining dasturi
bo’yicha ishlashi uchun mo’ljallangan. Oddiy hollarda
ular avtonom va mustaqil
bo’lishi mumkin, amalda yechiladigan masala hamma uchun bitta. Hisoblash
tizimlarida bunday sxemadan foydalanish katta ma’lumotlar oqimiga ishlov berish
markazlarining o’tkazuvchanlik xususiyatini oshirish uchun ko’pgina hisoblash
markazlarida qo’llaniladi (1.7,
g
-rasm). Bu tur bir muncha katta bo’lib, o’z ichiga
multiprosessorli hisoblash tizimlarini ham oladi.
1.1-jadval.
Flinn klassifikasiyasi
Ma’lumotlar
oqimi
Buyruqlar oqimi
Bir oqim
Ko’p oqim
Bir oqim
SISD
–
Single Instruction
stream/
Single Data stream
(Bitta buyruq oqimi va bitta
ma’lumotlar oqimi )
MISD – Multiple Instruction
stream/ Single Data stream
(Ko’p buyruqlar oqimi va
bitta ma’lumotlar oqimi)
16
Ko’p oqim
SIMD
-
Single
Instruction
stream/ Multiple Data stream
(Bitta buyruq oqimi va ko’p
ma’lumotlar oqimi)
MIMD – Multiple Instruction
stream/
Multiple Data stream
(Ko’p buyruqlar oqimi va
ko’p ma’lumotlar oqimi)
Flinn klassifikasiyasining sxemasi keng tarqalgan bo’lib, u yoki bu hisoblash
tizimlarini dastlabki baholash uchun keng foydalaniladi. U bir vaqtda asosiy ish
qoidasini baholash imkonini ham beradi. Ushbu klassifikasiyalar bilan bir qatorda
boshqalari ham mavjuddir, faqat ular kam qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: