3-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ
XO‟JALIGINI KREDITLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‟LLARI
51
3.1. Qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish bilan bog‟liq bo‟lgan
muammolar
Qishloq xo'jaligi sohasida o'tkazilgan moliyaviy iqtisodiy tahlillar qishloq
tumanlari hayotida kuzatilayotgan bir qator kamchiliklarning mavjudligi bu hol
quyidagi holatlar, ya'ni qishloq xo'jaligida shartnomaviy majburiyatlarni
bajarmaslik holatlari yoki tuzilayotgan shartnomalar bir tomonning manfaati
asosida tuzilganligi qishloq iqtisodiy islohotlarning ayrim yo'nalishlari, ya'ni
qishloqda mini sanoatni rivojlantirish sust ketayotganligi, qishloq xo'jalik
sub'ektlarida moliyaviy quvvatlardan foydalanish darajasi qoniqarsiz tashkil
qilinganligi natijasida korxonalar o'rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari
hajmining oshib borayotganligi; qishloq xo'jalik sohasida aylanma mablag`larning
aylanishi talab darajasidan ancha past ekanligi,yangi tashkil etilayotgan kichik va
o'rta biznes sub'ektlari, dehqon fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish
munosabatlarini tashkil qilish uchun boshlang`ich sarmoyaga bo'lgan ehtiyoj
yuqori darajada ekanligi, qishloq xo'jaligi iqtisodiyotiga ichki va tashqi
investitsiyalarni jalb qilishning yagona dasturi ishlab chiqilmaganligi, qishloq
xo'jalik sub'ektlarida ishlab chiqarishni bevosita harakatga keltiruvchi asosiy
vositalar eskirganligi, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imtiyozli kreditga
bo'lgan talab tijorat banklari tomonidan qisman qanoatlantirilayotganligi ,tijorat
banklarining kredit-moliya muassasalariga hos bo'lmagan vazifalarni bajarishi
bilan izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo'jalik sohasiga xorijiy investitsiyani jalb
qilishda investorlarga imtiyozlar berish usulidan foydalanadilar. Bizning
mamlakatimizda ham turli xil imtiyozlar mavjud ammo investorlar kiritgan
investitsiyalarini olib chiqib ketishda turli xil konvertatsion muammolarga duch
kelmoqda. Investitsion jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish jarayonida
chet el investitsiyalari to'g`risidagi qonun bilan birgalikda fuqarolik va bank
huquqlari bir-birini to'ldirgan holatda qatnashadi. Bunda fuqarolik huquqi mulkiy
masalalar olingan hom ashyo, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmat uchun
52
to'lanadigan to'lovni mulkchilik, iqtisodiy hamda shartnomaviy munosabatlar
asosida huquqiy jihatdan tartibga solsa, bank huquqi va bevosita hisob-kitoblarni
amalga oshirishda bank operatsiyalariga taaluqli bo'lgan huquqiy munosabatlarni
tartibga soladi..
Qishloq xo'jalik iqtisodiyotini sog`lomlashtirishda asosiy muammolar
quyidagilar bo`lib hisoblanadi:
- o'zaro qarzlar muammosini hal etish;
- mahsulot sifati va uning rentabelligini oshirish;
- ichki va tashqi investitsiyani qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga jalb qilish;
- kichik va o'rta biznes sub'ektlarida, shu jumladan qishloq xo'jalik
sub'ektlarida boshlang`ich sarmoyalarning mavjudligini ta'minlash masalasini hal
etish;
- mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilagan mahsulotlarni
eksportga yo'naltirish asosida qishloq xo'jaligi sohasini yangi texnika va ilg`or
texnologiya bilan ta'minlash;
- MDH mamlakatlariga qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotish to'g`risidagi
shartnomalar asosida ular bilan tegishli to'lovlarni o'tkazish to'grisida davlatlararo
bitimlarni tuzish va ularning ijrosini nazorat qilish;
- qishloq xo'jalik sub'ektlari mablag`larini konvertatsiyalash masalasini hal
etish;
- qishloq xo'jalik sohasidagi xo'jalik sub'ektlarida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning davlat rejasidan ortig‟ini erkin narxlarda sotish mexanizmini
yaratishdan iboratdir. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyotiga xorij investitsiyasini joriy
qilishda ichki investitsiya imkoniyatlardan foydalanishning samarali mexanizmini
ishlab chiqish orqali qishloq xo'jalik korxonalari to'lov qobiliyatini mustahkamlash
asosida natijalarga erishish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiyotni
erkinlashtirish sharoitida amaldagi fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash
tizimini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni ta`minlash zarur hisoblanadi.
Mahsulot yetishtirish xarajatlarini qoplash va aylanma mablag`larni to'ldirishni
moliyalashtirish va kreditlash yo'nalishi bo'yicha:
53
- fermer va dehqon xo'jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanma mablag`larni to'ldirish uchun kreditlar
asosan yetishtirilayotgan mahsulotni garovga qo'ygan holda 12-18 oy muddatga,
imtiyozli foiz stavkalari asosida, qayta moliyalashtirish stavkalaridan yuqori
bo'lmagan holda berilishini ta'minlash;
- fermer va dehqon xo'jaliklarini o'z mablag`lari bilan bank mablag`larini
sherikchilik asosida mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirish hamda kreditlarning
ustama foizlarini mahsulot bilan olish orqali fermer xo'jaliklarini kreditga bo'lgan
talabini qondirish uchun qishloq joylarda kredit uyushmalarini tashkil etishni
rag`batlantirish;
- davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari
uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirilishini va ushbu mablag`lardan
fermerlarni erkin foydalanishini ta'minlash asosida qishloq xo'jalik korxonalari va
ularga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilashni
rag‟batlantirish. Asosiy vositalarni tiklash, texnika va asbob-uskunalar xarid qilish,
qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishni kreditlar bilan ta'minlash yo'nalishi
bo'yicha:
- xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, fermer va dehqon xo'jaliklarini
uzoq muddatga ijaraga va umrbod foydalanishga yer maydoniga bo'lgan ijara va
egalik huquqini hamda mol-mulkini garovga qo'ygan holda uzoq muddatli maxsus
kafolatlangan yillik foizlari pasaytirilgan (9-10 foiz) kreditlash mexanizmini joriy
qilish zarur. Kafolatlangan kreditlar muddatlari - resurslar sotib olish uchun 8 yil,
mashina-uskunalar, texnika sotib olish, ilg`or texnologiyalarni joriy qilish, asosiy
vositalarni tiklash uchun 15 yil va ko'chmas mulk sotib olish yoki qurishga 30 yil
qilib belgilanishi maqsadga muvofiq.
Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash va irrigatsiya-melioratsiya
tizimlarini ta'mirlash uchun kredit resurslari ajratish yo'nalishi bo'yicha,:
- fermer va dehqon xo'jaliklari yerlarini meliorativ holatini yaxshilashga va
irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini ta'mirlashga uzoq muddatli (12-15 yil),
imtiyozli (8-10%) kreditlar ajratishni ta'minlash lozim. Kreditni qaytarish
54
muddatlarini yangi o'zlashtirilgan yerlar uchun 5-yildan, meliorativ holati
yaxshilangan va irrigatsiya-melioratsiya tizimlari ta'mirlangan yerlar uchun 3-
yildan boshlab belgilanishi maqsadga muvofiq;
31
-
yerlarning
unumdorligini
oshirishga
yo'naltirilayotgan
xorijiy
investitsiyalar va uzoq muddatli kredit resurslarini fermer xo'jaliklariga to'g`ridan-
to'g`ri jalb etish tizimini samarali tashkil etish lozim.
Fermer xo'jaliklarni barqaror rivojlantirishga respublikamiz hukumati
tomonidan alohida e`tibor berib kelindi va bir qator muhim qaror va farmonlar
qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |