O’zbekiston Respublikasi Prezidentining



Download 0,73 Mb.
bet1/7
Sana23.06.2017
Hajmi0,73 Mb.
#13451
  1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori


PAXTA TOLASINI SOTISH VA UNING UCHUN HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI TARTIBGA SOLISH TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 36-son, 359-modda; 2008 y., 10-11-son, 58-modda, 52-son, 515-modda; 2010 y., 52-son, 513-modda)


Paxta tolasini ishlab chiqarish va sotishda bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy qilish, respublika paxta tolasi bozorida raqobat muhitini yaratish, paxta tolasi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilishning jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan shakllarini joriy etish maqsadida:

Oldingi tahrirga qarang.

1. Belgilansinki, har yilgi tasdiqlanadigan balans ko’rsatkichlariga muvofiq paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalariga (keyingi o’rinlarda — respublika korxonalari) sotish O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi.

Respublikaning alohida ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlari korxonalariga paxta tolasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bo’yicha «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari (HAB) bilan to’g’ridan-to’g’ri tuziladigan shartnomalar asosida sotilishi mumkin.

(1-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

2. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq:

Oldingi tahrirga qarang.

paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika korxonalariga berish faqat ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan amalga oshiriladi;

paxta tolasini xorijiy iste’molchilar va respublika korxonalari tomonidan sifati va massasi bo’yicha uzil-kesil qabul qilib olish ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida amalga oshiriladi;

respublika korxonalari tomonidan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilishi mumkin emas.

(2-bandning ikkinchi – to’rtinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

3. Quyidagilar:

Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to’g’risidagi nizom, shuningdek Paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;

Oldingi tahrirga qarang.

Paxta tolasini O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (O’zRTXB)ning valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida respublika korxonalariga sotish tartibi to’g’risidagi nizom, shuningdek Hisob-kitoblar sxemasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;

(3-bandning uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(3-bandning to’rtinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori bilan chiqarilgan — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to’g’risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi, «O’zpaxtasanoat» uyushmasi, O’zbekiston «Sifat» markazi, O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilishda yuqorida ko’rsatilgan nizomlarda belgilangan tamoyillar, mexanizm va talablarga qat’iy rioya etsinlar.

4. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan mazkur qarorning so’zsiz bajarilishi ustidan nazorat o’rnatsin. Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilishda belgilangan tartibni buzgan aybdor mansabdor shaxslarni qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortsin.

5. Paxta tolasini sotuvchi tashqi savdo kompaniyalari uchun komissionerlar sifatida soliq to’lash hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga majburiy to’lovlar to’lashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.

6. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, «O’zpaxtasanoat» uyushmasining 2007 yil 1 sentyabrgacha bo’lgan muddatda terminallarda bir yo’la saqlanadigan paxta tolasi hajmlarini 5-ilovaga muvofiq 400 ming tonnagacha ko’paytirish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi terminallar rahbarlari lavozimlariga kadrlarning samarali tanlanishini, ularning har yili attestatsiyadan o’tkazilishini va maqbul ravishda almashtirib turilishini ta’minlasin.

7. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK paxta tozalash sanoati korxonalarida, mintaqaviy paxta terminallarida, shuningdek paxta tolasini temir yo’l orqali tashishda yong’in xavfsizligi holati ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.

8. 6-ilovaga muvofiq ayrim qonun hujjatlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

9. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «O’zpaxtasanoat» uyushmasi, O’zbekiston «Sifat» markazi, O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006 yil 29 avgust,

ПҚ-456-son

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi ПҚ-456-son qaroriga
1-ILOVA

Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining «Paxtasanoat»


hududiy aktsiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari (keyingi o’rinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi o’rinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paxta terminallariga (keyingi o’rinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.

2. Yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o’rtasida paxta tolasini sotish bo’yicha o’zaro munosabatlar mazkur Nizom, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.

II. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh bitimlar va shartnomalar tuzish

3. Kalendarь yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o’rtasida yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xo’jaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan paxta xom ashyosi hosilidan paxta tolasi xarid qilish yuzasidan bosh bitimlar tuziladi.

4. Bosh bitimda:

jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xom ashyosining aniq selektsiya navlari;

Oldingi tahrirga qarang.

paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda g’o’za navlarining joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga (keyingi o’rinlarda — respublika korxonalari) sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmlari;

(4-bandning uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

joriy yilning sentyabrь—dekabrь oylari va kelgusi yilning yanvarь—avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmi bo’yicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.

5. Bosh bitimga muvofiq:

Oldingi tahrirga qarang.

amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan o’tkazish natijalari va kutilayotgan hosil bo’yicha joriy yilning sentyabrь—dekabrь oylarida keyinchalik eksport qilish va respublika korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;

hosilni yig’ishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xom ashyosi bo’yicha kelgusi yilning yanvarь—avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va respublika korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.

(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

6. Bosh bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat ko’rsatkichlari bo’yicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab jo’natish muddatlari, o’zaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari bo’yicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni ko’rib chiqish tartibi belgilanadi.

III. Paxta tolasi uchun narxlar belgilash tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

7. Sotib oluvchilar tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga va respublika korxonalariga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

(7-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

8. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari tomonidan sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar jo’natishning CIP-paxta terminali shartlari bo’yicha quyidagi tartibda belgilanadi.

Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqi oldindan to’langan sanada) «Birinchi» navi, «O’rta» klass, 5 tip, 35-kod paxta tolasining 1 tonnasi uchun «Kotton Outluk»da e’lon qilinadigan «A» indeksi va uning O’zbekistondagi komponenti kotirovkalarining o’rtacha qiymati (bazis narx) aniqlanadi (AQSH dollarida). Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta tolasining boshqa navlari va klasslarining narxlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsientlar qo’llangan holda aniqlanadi.

SHartnomaviy narx yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narx va quyida ko’rsatilgan paxta tolasini sotish bo’yicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan cheklangan xarajatlari o’rtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:

paxta tolasini terminallarda saqlash va sug’urta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi bo’ylab harbiylashtirilgan qo’riqlash uchun to’lovni qo’shgan holda) CIF — SHimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF — SHimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun mo’ljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash xarajatlari;

paxta tolasini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar bo’yicha sertifikatlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi o’rinlarda «Sifat» markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;

paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari;

bank xarajatlari (bankning mablag’larni o’tkazish, akkreditiv ochish, yuklab jo’natish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa xarajatlari);

«O’ztashqitrans» DAKning ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;

tashqi savdo kompaniyalarining asosiy faoliyat bo’yicha xarajatlariga daromadlari, yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari.

9. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda «O’zpaxtasanoat» uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasi sotish bo’yicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Paxta tolasi sotish bo’yicha xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

10. Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasining shartnomaviy narxlari yuklab jo’natish sanasidagi «Kotton Outluk»da chop etiladigan «A» indeksi va uning O’zbekiston komponenti kotirovkalariga muvofiq hosil bo’ladigan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, 15 foiz miqdoridagi chegirish va shartnomaviy narxning 1,0 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda tashqi savdo kompaniyalarining vositachilik haqi bilan aniqlanadi. Bunda O’zbekiston «Sifat» markazining (sertifikatlashtirish va tarozida tortish bo’yicha) xarajatlari, banklar, paxta terminallari xizmatlari, shu jumladan paxta tolasini terminallarda sug’urta qilish bo’yicha xarajatlarga tashqi savdo kompaniyalari ixtiyorida qoladigan mablag’lar hisobiga haq to’lanadi.

(10-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

11. SHartnomaviy narxlar O’zbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq bo’lgan paxta tolasi uchun belgilanadi.

12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paxta tolasining shartnomaviy narxi netto massaga qayta hisoblaganda (ulgurji narxlar preyskurantida keltirilgan formula bo’yicha) preyskurant ulgurji narxdan va paxta tolasini yetkazib berish, tushirish va terminallarda saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam bo’lmasligi kerak.

13. «Mikroneyer» ko’rsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past bo’lganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida ko’rsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirishlar qo’llanadi.

Paxta tolasini eksport qilish bo’yicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.

14. «A» indeksi va uning «Kotton Outluk» O’zbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari «O’zpaxtasanoat» uyushmasi tomonidan «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.

IV. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab jo’natish


va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi

15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga xizmat ko’rsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.

16. SHartnoma shartlariga muvofiq sotib oluvchilar o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, bo’linmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi o’n kunligida yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.

Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan ushbu bandda ko’rsatilgan akkreditiv ochish muddatlari buzilgan taqdirda tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida ko’rsatilgan yuklab jo’natish muddatlari bajarilmaganligi uchun «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari javob bermaydi.

17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar o’rtasidagi shartnomada qayd etiladi.

Etkazib beruvchilar va sotib oluvchilar o’rtasidagi shartnomada quyidagilar bo’lishi kerak:

emitent bankning nomi;

etkazib beruvchini akkreditiv ochilgani to’g’risida xabardor qilish usuli;

akkreditiv bo’yicha mablag’ olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to’liq ro’yxati va aniq tavsifi;

paxta tolasi yuklab jo’natilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar;

boshqa zarur hujjatlar va shartlar.

18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 «Akkreditivlar bo’yicha mijozlar depozitlari» balans hisob raqamiga o’tkaziladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.

Etkazib beruvchi uchun unga xizmat ko’rsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar bo’yicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.

19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga ko’ra, hujjatlar taqdim etilgan to’lov summasini akkreditivlar shartlariga qat’iy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga o’tkazadi.

20. Mablag’larni o’tkazish yuzasidan emitent bankka qo’yiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablag’larni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o’tkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.

21. Akkreditivdan to’lash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paxta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.

22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.

Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablag’larni yetkazib beruvchining hisob raqamiga o’tkazish taqiqlanadi.

23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman to’langan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.

24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:

akkreditiv muddati tamom bo’lgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi to’g’risida emitent bankni xabardor qiladi;

akkreditiv muddati tamom bo’lgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi to’g’risidagi arizasi bo’yicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;

sotib oluvchining akkreditivni to’liq yoki qisman rad etish to’g’risidagi arizasi bo’yicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 «Akkreditivlar bo’yicha mijozlar depozitlari» hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq bo’lmagan summaga xabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.

25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar o’zaro kelishuvga ko’ra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq to’lash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan to’langan haq summasiga to’lov o’tkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narxni qayd qilish huquqiga egadirlar.

Sotib oluvchilar tomonidan oldindan to’langan haq o’tkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narx qayd etilmagan taqdirda paxta tolasining shartnomaviy narxi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.

Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq to’lashda haqning qolgan qismi akkreditiv bo’yicha to’lanadi.

26. Paxta tozalash zavodlari paxta xom ashyosini qayta ishlash davomida paxta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Sotib oluvchilar bilan xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari o’rtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini yuklab jo’natishni tashqi savdo kompaniyalarining yuklab jo’natish yo’riqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

(26-bandning ikkinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

27. Paxta zavodlari tomonidan terminallarga tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarisiz yoki tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlariga muvofiq bo’lmagan yuklab jo’natiladigan paxta tolasi turkumi terminal tomonidan mas’uliyatli saqlash to’g’risidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilgan holda mas’uliyatli saqlash uchun qabul qilinadi.

Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan yangi bildirishnomalar yozilgan taqdirda «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari paxta tolasini ushbu bildirishnomalar hisobiga paxta zavodlaridan yetkazib berilayotgan yoki terminallarda mas’uliyatli saqlanayotgan paxta tolasi hajmidan yetkazib berishi mumkin. Yozilgan bildirishnomalarga muvofiq muayyan turkum mas’uliyatli saqlashdan tashqi savdo kompaniyalari balansiga o’tkazilgan taqdirda qabul qilish dalolatnomasi yoziladi. Dalolatnomada qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana turkumni mas’uliyatli saqlashdan sotib oluvchining mulkiga o’tkazish sanasi hisoblanadi.

SHartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendarь kundan kechikmay shartnomaviy narx bo’yicha milliy valyutada haq to’lash uchun paxta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta tozalash zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va O’zbekiston «Sifat» markazining Muvofiqlik sertifikatlari va Inspektsiya dalolatnomalari bilan birgalikda to’lov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka («Paxta-bank» bo’linmalariga) yoki haqi oldindan to’langan taqdirda ushbu hujjatlar bo’yicha to’lovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.

Paxta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.

Paxta tolasi sifati va vazni O’zbekiston «Sifat» markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspektsiya dalolatnomasi) bo’yicha ko’rsatkichlarga muvofiq bo’lmagan taqdirda ushbu masala bo’yicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn bo’yicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bog’liq barcha qo’shimcha xarajatlar O’zbekiston «Sifat» markazi hisob raqamiga tegishli bo’ladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o’rtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda ko’rib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.

28. Har oyda har oyning 5-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab jo’natish va oldingi oyning to’lov summasi bo’yicha amalga oshiriladi.

Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bog’liq nizoli masalalar bo’yicha tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.

Taqqoslash dalolatnomalari natijalari bo’yicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.

29. Muayyan yil hosili bo’yicha tegishli yil paxta tolasini yuklab jo’natish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida o’zaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).

Hosil bo’yicha uzil-kesil hisob-kitoblar o’zaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.

30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar bo’yicha tushgan mablag’lar va qarz mablag’lari hisobiga amalga oshiradilar.

31. Sotib oluvchilar paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qo’llangan holda, jahon narxlarining eng qulay kon’yunkturasi davrlarida sotadilar.

Paxta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar o’rtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga tegishli bo’ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

V. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tartibi

(V bo’limning nomi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

32. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

(32-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

33. Respublika korxonasi har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat ko’rsatkichlarini ko’rsatgan holda, paxta tolasini joriy yilning sentyabrь—dekabrь oylarida xarid qilish uchun 1 iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvarь—avgust oylarida xarid qilish uchun 1 dekabrgacha taqdim etadi.

Tashqi savdo kompaniyalari respublika korxonalarining buyurtmanomalarini to’liq hajmda «Paxtasanoat» HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paxta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.

(33-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paxta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda respublika korxonalari bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabrь—dekabrь va yanvarь—avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.

(34-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

35. Respublika korxonalari sotib olinadigan paxta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan to’laydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paxta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi. Hisob-kitob qilishning xuddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar o’rtasida ham belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Istisno tariqasida, 2008 yil 1 dekabrdan 2009 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrda to’qimachilik korxonalari uzil-kesil hisob-kitoblarni paxta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 120 kun mobaynida amalga oshiradilar.

(35-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi ПҚ-1024-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilgan —O’R QHT, 2008 y., 52-son, 515-modda)

Bunda tashqi savdo kompaniyalariga respublika korxonalariga yetkazib berilayotgan paxta tolasi qiymatining 85 foizini kafolatli ta’minlash sifatida, oldindan to’lanadigan haqni yoki mazkur korxonalarning mahsulotlarini sotib oluvchilar tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan akkreditivlarni qabul qilishga ruxsat beriladi.

Respublika korxonalari mahsulotlarini eksport qilishdan tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamiga tushgan tushum korxonalar tomonidan yetkazib berilgan paxta tolasi qiymati chiqarib tashlangan holda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 50 foizli valyuta tushumi majburiy sotilgandan keyin ushbu korxonalarning hisob raqamiga o’tkaziladi.

(35-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paxta tolasi uchun respublika korxonalari bilan o’zaro hisob-kitoblarning holatidan qat’i nazar, shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar.

(36-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

37. Paxta tolasini terminallardan yuklab jo’natish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab jo’natish yo’riqnomalari bo’yicha tashqi savdo kompaniyasi bilan respublika korxonalari o’rtasida imzolangan kontraktlarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Bunda:


paxta tolasi uchun hisob-kitob mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq yetkazib berish kunida shakllangan jahon narxlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

(37-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi ПҚ-1449-sonli qarori bilan chiqarilgan — O’R QHT, 2010 y., 52-son, 513-modda)

(37-bandning birinchi va to’rtinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

38. Agar respublika korxonasi yuklab jo’natilgan paxta tolasi turkumi uchun to’lovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, o’z vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korxonaga kelgusida paxta tolasi jo’natish to’xtatiladi.

(38-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

39. Respublika korxonalari tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.

(39-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)

VI. Paxta tolasini «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari
tomonidan sotishdan olingan mablag’lardan foydalanish

40. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalariga tushgan mablag’lardan:

paxta xom ashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narxlar bo’yicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida o’z xarajatlarini qoplashda;

paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) o’rtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paxta tolasi eksport qilinmaydigan bo’lganda) normativdan ortiqcha saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.

41. Paxta tolasi qiymatini taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar bo’yicha:

xom ashyo (paxta xom ashyosi)ning ekvivalent qiymati mablag’lariga taqsimlanadi, ularni «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari paxta xom ashyosi qiymatini xo’jaliklarga to’lash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazadi;

qayta ishlash korxonalarining xarajatlarini qoplash uchun mablag’larga taqsimlanadi, ular paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga o’tkaziladi.

VII. Nizolarni ko’rib chiqish tartibi

42. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to’g’risidagi nizomga
1-ILOVA

Paxta tolasining navlar va klasslar bo’yicha


narxlarini qayta hisoblash koeffitsientlari
(baza — «Birinchi» nav, «O’rta» klass)






















I nav
(Birinchi)



Oliy

1,050





II-nav
(Ikkinchi)



Oliy

1,020





Yaxshi

1,040







Yaxshi

0,990




O’rta

1,000







O’rta

0,955




Oddiy

0,965







Oddiy

0,920




Iflos

0,925







Iflos

0,880






















III nav
(Uchinchi)



Yaxshi

0,965





IV nav
(To’rtinchi)



Yaxshi

0,850





O’rta

0,930







O’rta

0,800




Oddiy

0,885







Oddiy

0,750




Iflos

0,840







Iflos

0,700




























V nav
(Beshinchi)


O’rta

0,550

















Oddiy

0,500
















Iflos

0,450







Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish