O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi
ПҚ–456-son qaroriga
1a-ILOVA
Tashqi savdo kompaniyalari bilan «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik
birlashmalari o’rtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
Sxemaga tushuntirishlar
1. Tashqi savdo kompaniyalari va «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan, hajmlarni, tiplarni, navlarni va yuklab jo’natish muddatlarini ko’rsatgan holda shartnoma tuzadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashqi savdo kompaniyasi xorijiy xaridor yoki respublika korxonalari bilan paxta tolasini sotib olish yuzasidan kontrakt tuzadi.
(2-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
3. Tashqi savdo kompaniyasi unga xizmat ko’rsatuvchi bankka (emitent bank) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan bo’linadigan akkreditiv ochish uchun ariza beradi.
4. Kelgusi oyning o’n kunida xarid qilish mo’ljallanayotgan paxta tolasi hajmi doirasidagi mablag’lar summasi tashqi savdo kompaniyasi tomonidan akkreditiv hisob raqamiga o’tkaziladi.
5. Tashqi savdo kompaniyasiga xizmat ko’rsatuvchi bank (emitent bank) «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi bankni «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi foydasiga akkreditiv ochilganligi to’g’risida xabardor qiladi.
6. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi bank (sotuvchi banki) o’z mijozi — «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi uchun akkreditivlar bo’yicha alohida depozit hisob raqami ochadi.
7. Sotuvchi banki «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasini akkreditiv uchun alohida depozit hisob raqami ochilganligi to’g’risida xabardor qiladi.
8. Tashqi savdo kompaniyasi «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasiga tuzilgan shartnomaga muvofiq paxta tolasini yuklab jo’natish to’g’risida bildirishnoma yuboradi.
9. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi paxta tozalash zavodlaridan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga paxta tolasini yuklab jo’natadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashqi savdo kompaniyasi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan kontrakt shartlariga muvofiq paxta tolasini xorijiy xaridorga yoki respublika korxonasiga yuklab jo’natadi.
(10-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
11. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi paxta tolasi yuklab jo’natilgandan keyingi kunda xizmat ko’rsatuvchi bankka paxta tolasi yuklab jo’natilganligini va akkreditivni ochish uchun barcha shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, akkreditiv hisobiga to’langan mablag’lar hajmini ko’rsatgan holda, taqdim etadi.
12. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi bank hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligi tasdiqlangan taqdirda tashqi savdo kompaniyasiga xizmat ko’rsatuvchi bank (emitent bank)ka mablag’larni o’tkazish yuzasidan talabnoma yuboradi. Ko’rsatib o’tilgan talabnomaga muvofiq emitent bank mablag’larni o’tkazadi.
13. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi bank alohida depozit hisob raqamidan mablag’larni yetkazib beruvchi — «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga akkreditivlar bo’yicha o’tkazadi.
14. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi yuklab jo’natilgan paxta tolasi hajmlariga muvofiq mablag’larni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamiga o’tkazadi.
15. Tashqi savdo kompaniyasi va «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi yuklab jo’natilgan paxta tolasi qiymatini va akkreditivlardan to’langan summalarni har oyda o’zaro solishtirib chiqadilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi ПҚ-456-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi to’g’risida
(2-ilovaning nomlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paxta tolasini O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga, shuningdek eksportga sotish mexanizmini belgilaydi.
2. Paxta tolasini sotish O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan o’tkaziladigan ochiq birja savdolariga paxta tolasini qayta ishlash va undan qo’shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan respublikaning ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek eksportga sotishda xorijiy xaridorlar teng shartlarda qo’yiladilar.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Respublika korxonalariga va xorijiy xaridorlarga paxta tolasi erkin almashtiriladigan valyutada sotiladi.
(3-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
4. Qayta ishlaydigan korxonalar tomonidan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilishi mumkin emas.
II. Atamalar va ularning ta’riflari
5. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
mahsulot — paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning tasdiqlangan ko’rsatkichlariga muvofiq ochiq birja savdolarida sotiladigan paxta tolasi;
birja savdolarining elektron tizimi — O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining real vaqt rejimida umumrespublika birja savdolari o’tkazilishini ta’minlaydigan dasturiy-texnik kompleksi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o’rinlarda HKKP deb ataladi) — O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja bitishuvlari bo’yicha kliring, hisob-kitob va o’zaro hisob-kitoblar o’tkazilishini ta’minlaydigan tarkibiy bo’linmasi;
sotuvchi — «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari («Paxtasanoat» HAB) va mahsulotni ishlab chiqaradigan hamda birja savdolarida sotadigan boshqa yuridik shaxslar;
xaridor — O’zbekiston Respublikasining paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan va paxta tolasidan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradigan yuridik shaxslari, shuningdek xorijiy kompaniyalar va firmalar;
zakalat — O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida sodir etiladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini ta’minlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan HKKPga qo’yiladigan bitishuvlarni kafolatli ta’minlash mablag’i;
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o’tkazilgan savdo sessiyalari natijalari bo’yicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan mahsulotga o’rtacha narx;
terminallar — paxta mahsulotini qabul qilish, saqlash va yuklab jo’natish bo’yicha xizmatlar ko’rsatadigan ixtisoslashtirilgan paxta terminallari.
III. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, ochiq birja
savdolariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish tartibi
6. Sotuvchilar, yilning tegishli davriga tasdiqlangan paxta tolasi ishlab chiqarish va undan foydalanish balansidan kelib chiqib, har oyda, keyingi har bir oy boshlanishidan 10 kun oldin O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasini birja savdolarida xaridorlarga sotish uchun mo’ljallangan mahsulot hajmi to’g’risida xabardor qiladi.
Bildirishnomalarda paxta tolasining O’zbekiston «Sifat» markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspektsiya dalolatnomasi) bilan tasdiqlangan lotlari, tiplari, navlari va klassi ko’rsatiladi.
7. Sotuvchilar O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga birja savdolariga qo’yish uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq mahsulotning xaridorlarga yetkazib berilishini uzluksiz ta’minlash uchun zarur bo’lgan hajmlarda mahsulot mavjudligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
8. Mahsulotni birja savdolariga qo’yish xaridorlar bilan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi o’rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
9. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi birja savdolarida mustaqil qatnashish istagini bildirgan sotuvchilarga brokerlik o’rinlari beradi.
10. Brokerlik xizmati ko’rsatish:
mahsulotni sotishga sotuvchi va broker;
mahsulotni xarid qilishga xaridor va broker o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Xaridor va sotuvchi brokerni tanlashda erkindir.
11. Oldin olingan paxta tolasi uchun muddati o’tkazib yuborilgan qarzi bo’lgan xaridorlar birja savdolariga qo’yilmaydi.
12. Ochiq birja savdolari o’tkazish, birja sessiyalarining qancha davom etishi, mahsulot qo’yish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan xaridorlarga ommaviy axborot vositalari, brokerlar, shuningdek boshqa axborot kanallari, shu jumladan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining web-sayti orqali majburiy tartibda yetkaziladi.
Axborotga mahsulot, sotuvchining joyi, shuningdek boshlang’ich narx to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak.
13. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi, elektron savdolarda savdolar qatnashchilarining hududiy joylashishidan qat’i nazar, ularning barchasining bir vaqtda ishtirok etishi imkoniyatini ta’minlashga majburdir.
14. Savdolarni o’tkazish, qo’yilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo bo’yicha qatnashchilarni qo’yish va chetlatish, elektron birja savdolari g’oliblarini aniqlash va bitishuvlarni ro’yxatdan o’tkazish elektron birja savdolari tizimi bilan amalga oshiriladi.
15. Bitishuvlarni ro’yxatdan o’tkazish kunida O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi yoki uning mintaqaviy savdo maydonchasi brokerga bitishuv bayonnomasini va rasmiylashtirish uchun oldi-sotdining birja shartnomasini beradi.
16. Oldi-sotdi shartnomasi shartnomada nazarda tutilgan shartlarda shartnoma olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
17. Savdolarda sotilmagan mahsulot hajmi sotuvchi bilan kelishuv bo’yicha keyingi savdolarga ko’chiriladi.
18. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar uchun haq to’lash:
respublika ichida sotishda xaridorga va sotuvchiga har bir tomondan bitishuv summasining 0,05 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda;
eksportga xaridorga sotishda bitishuv summasining 0,1 foizi miqdorida, sotuvchiga bitishuv summasining 0,05 foizi miqdorida belgilanadi.
19. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda sotuvchi mahsulotni savdoga takroran qo’yish huquqiga egadir.
20. Mahsulotni bitishuv bayonnomalari asosida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari bo’yicha sotish sotuvchining HKKPdagi shaxsiy hisob raqamiga 100 foiz oldindan haqini to’lash shartlarida amalga oshiriladi.
IV. Mahsulotning boshlang’ich narxini belgilash hamda birja savdolari qatnashchilari
o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar mexanizmi va paxta tolasini yuklab jo’natish
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sotuvchi tomonidan qo’yilgan paxta tolasining boshlang’ich narxi birja savdolarining har bir sessiyasida O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasidagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda «Kotton Outluk»da chop etiladigan «A» indeksi va uning O’zbekiston komponenti kotirovkasining o’rtacha qiymatidan kelib chiqib respublika korxonalari uchun 15 foiz miqdoridagi chegirma, eksportga sotishda esa — respublika tashqarisida o’rtacha transport (temir yo’l va suv transporti) xarajatlari bir tonnasi uchun 155 AQSH dollari miqdorida chiqarib tashlangan holda belgilanadi.
Mahsulotning boshlang’ich narxi erkin muomaladagi valyutada (AQSH dollarida) belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
22. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatlarini ta’minlash maqsadida birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bo’yicha hisob-kitoblar O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKP orqali amalga oshiriladi.
Sotuvchilar va xaridorlarning mablag’lari HKKP hisob raqami doirasida alohida shaxsiy hisob raqamlarida hisobga olinadi.
23. HKKP birja savdolari qatnashchilarini ularga xizmat ko’rsatish shartlari, mijozlarning shaxsiy hisob raqamlaridagi mablag’lar qoldig’i to’g’risida o’z vaqtida ma’lum qilishi shart.
Mahsulotning har bir sotuvchisi va xaridori uchun HKKP shaxsiy hisob raqamlari ochadi.
SHaxsiy hisob raqamlarining holati, shaxsiy hisob raqamlaridagi mablag’lar qoldig’i to’g’risidagi ma’lumotlarning HKKP tomonidan oshkor qilinishiga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi qatnashchilarni birja kliringining natijalari, ular mablag’larining holati va joriy kunda belgilangan savdo limitlari to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilishi shart.
25. Sotuvchi va xaridor tomonlarning majburiyatlarni bajarishi kafolati sifatida O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKPdagi o’z shaxsiy hisob raqamlariga tegishli ravishda savdoga qo’yiladigan va xarid qilish mo’ljallanayotgan mahsulot summasining 2 foizi miqdoridagi zakalatni majburiy tartibda deponentga qo’yadi.
26. Xaridorlar O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKPga deponentga qo’yilgan zakalat hisobga olingan holda to’lash mo’ljallanayotgan mablag’ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
27. Mijozlarning HKKPdagi mablag’laridan:
a) HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlarining egalari bo’lgan sotuvchilar va xaridorlarning topshirig’i bo’yicha:
birja bitishuvlari bo’yicha majburiyatlar bajarilishi va ular o’rtasida tuzilgan shartnomalar bilan bog’liq ular o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
agar bitishuv bo’lmasa yoki bekor qilingan taqdirda HKKPdagi shaxsiy hisob raqamining egasi — mijozning vakolatli bankdagi hisob raqamiga qaytarish uchun;
b) deponentga qo’yilgan mablag’lar hisobiga O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi xizmatlariga haq to’lash bo’yicha o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
28. Birja bitishuvi ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin o’n bank kuni mobaynida xaridor ro’yxatdan o’tkazilgan oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni to’liq qoplash uchun HKKPdagi o’z shaxsiy hisob raqamiga qo’shimcha mablag’lar o’tkazishi shart.
29. HKKP mablag’ xaridordan tushgan paytdan boshlab bir bank kuni mobaynida sotuvchiga xaridor o’z majburiyatlarini to’liq hajmda bajarganligi to’g’risidagi haqi to’langan bitishuvlar reestrini berishi shart.
Agar xaridor o’n bank kuni mobaynida birja shartnomasiga muvofiq mablag’lar to’liq hajmda o’tkazilishini ta’minlamasa, HKKP, ko’rsatib o’tilgan muddat tamom bo’lgandan keyin sotuvchiga va O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining tegishli bo’linmasiga bitishuv bekor qilinishi to’g’risida darhol ma’lum qiladi va O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining vositachilik haqini chegirib tashlagan holda xaridor tomonidan qo’yilgan zakalat miqdorida shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sifatida mablag’larni xaridorning shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga o’tkazadi.
Bitishuv bo’yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan yana savdoga qo’yiladi.
30. HKKP tomonidan xaridorning shaxsiy hisob raqamiga mablag’ tushganligi to’g’risidagi haqi to’langan bitishuvlar reestri sotuvchiga berilishi sotuvchi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda terminalda mahsulotni xaridorga berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Xaridor tomonidan o’z majburiyatlarining bajarilishi holati HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan sotuvchi tomonidan mahsulotni qabul qilish-topshirish amalga oshirilgan taqdirda O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi ro’yxatdan o’tkazilgan birja shartnomasi bo’yicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javob bermaydi.
31. Sotuvchi mahsulot summasi to’langandan keyin FCA-paxta terminali shartlarida mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.
Terminalda mahsulot berilgandan keyin sotuvchi va xaridor O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan birja shartnomasi bo’yicha Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi.
Xaridor tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasining bir asl nusxasi sotuvchi tomonidan taqdim etilishi HKKPning mablag’larni xaridorning shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga o’tkazish va bitishuvning yopilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
HKKP tomonidan mablag’larni o’tkazish ko’rsatib o’tilgan dalolatnoma olingan paytdan boshlab ikki bank kunidan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
32. Mahsulotni qabul qilish-xaridorga topshirish (yuklab jo’natish) birja shartnomalarida nazarda tutilgan hajmlarga va muddatlarga muvofiq terminallardan sotuvchining naryadlari bo’yicha amalga oshiriladi. Paxta tolasini yuklab jo’natishga naryad O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKP tomonidan mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq shaxsiy hisob raqamidan ko’chirma taqdim etilgandan keyin beriladi.
Mahsulot sertifikatsiyasi, terminalning saqlash, yuklab jo’natish, Qabul qilish-topshirish to’g’risidagi dalolatnoma imzolangunga qadar bajarilgan xizmatlari bilan bog’liq boshqa xarajatlar sotuvchi tomonidan to’lanadi.
Terminalning saqlash, transport agentiga yuklashda ko’maklashish, yuklab jo’natish va Qabul qilish-topshirish to’g’risidagi dalolatnoma imzolangandan keyin bajariladigan boshqa xizmatlari bilan bog’liq xarajatlarga xaridor tomonidan haq to’lanadi
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan pul mablag’larini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlarni sotuvchining bankida sotuvchi, xaridorning bankida xaridor to’laydi.
Sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganda, to’liq yetkazib berilmaganda yoki yetkazib berish muddatlari buzilganda O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKP shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun, O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining vositachilik haqini chegirib tashlagan holda, sotuvchi tomonidan qo’yilgan zakalat miqdorida jarima sifatida mablag’larni sotuvchining shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi xaridorning hisob raqamiga o’tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi ПҚ-1449-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2010 y., 52-son, 513-modda)
34. Ochiq birja savdolarida mahsulotni sotishdan tushgan tushum, shuningdek sotuvchi ixtiyoriga tushgan AQSH dollaridagi jarima summasi belgilangan muddatlarda 100 foiz O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak, tushum mablag’larining so’mdagi ekvivalentidan esa belgilangan tartibda foydalaniladi.
35. Xaridor va sotuvchi o’rtasida tuzilgan shartnomalar bo’yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
36. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi a’zolari, birja savdolari qatnashchilari va ularning mijozlari o’rtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar bo’yicha paydo bo’ladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
V. Axborot bilan ta’minlash va mazkur Nizom bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish
37. O’tkazilgan ochiq birja savdolari natijalari bo’yicha O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining kotirovka qilish komissiyasi O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida sotilgan mahsulot narxlarining birja kotirovkalarini belgilaydi. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi har haftada ularni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog’idagi sahifalarda e’lon qiladi.
38. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi, sotuvchilar va terminallar hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi — ochiq birja savdolariga qo’yilgan va sotilgan mahsulot hajmi to’g’risidagi;
sotuvchilar — qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bo’yicha ochiq birja savdolarida sotib olingan mahsulotning xaridorga berilgan haqiqiy hajmlari to’g’risidagi;
terminallar — ochiq birja savdolarida sotib olingan mahsulot xaridorlarga yuklab jo’natilishining haqiqiy hajmlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi ПҚ–456-son qaroriga
2a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq savdo birjalarida O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotiladigan paxta tolasi uchun respublika korxonalari, xorijiy xaridorlar va «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari o’rtasida hisob-kitob qilish sxemasi
(2a-ilova nomlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilovaning sxemasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
Sxemaga tushuntirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
1. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan paxta tolasini respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga birja savdolari o’tkazish vositasida sotish bo’yicha birgalikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma tuzadilar.
(1-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
2. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari har bir savdodan oldin «O’zpaxtasanoat» uyushmasi bilan kelishgan holda O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga birja savdolariga qo’yish uchun tegishli tiplar, navlar, klasslar (O’zbekiston «Sifat» markazining Muvofiqlik sertifikati bilan yoki Inspektsiya dalolatnomasi bilan tasdiqlangan) hamda paxta tolasi hajmi to’g’risidagi hujjatlarni taqdim etadi.
3. O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi birja savdolarini o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali axborot e’lon qiladi.
4. Birja savdolarida qatnashgan sotuvchi va xaridor O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Hisob-kitob kliring palatasidagi (HKKP) o’z shaxsiy hisob raqamiga kafolat sifatida tegishli ravishda savdoga qo’yiladigan va xarid qilish mo’ljallanayotgan mahsulot summasining 2 foizi miqdorida zakalatni majburiy tartibda deponentga qo’yadi.
5. Xaridorning brokeri va sotuvchining brokeri tuzilgan birja bitishuvlari asosida birja savdolari yakunlari bo’yicha bayonnomaga muvofiq paxta tolasining oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar.
6. Xaridor mablag’larni oldi-sotdi to’g’risidagi shartnoma bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni to’liq qoplash uchun O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKPdagi o’z shaxsiy hisob raqamiga o’tkazadi.
O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKP to’langan bitishuvlar reestrini sotuvchiga yuboradi, bu paxta tolasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Qabul qilish-topshirish (yuklab jo’natish) dalolatnomasi imzolangandan keyin O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining HKKP mablag’larni sotuvchining hisob raqamiga o’tkazadi.
7. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasi yuklab jo’natilgan paxta tolasi hajmiga muvofiq mablag’larni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamlariga o’tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Paxta tozalash zavodlari paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga (omborlariga) yuklab jo’natadi. Paxta tolasining kontraktdagi hajmi «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasining naryadlari bo’yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ramiylashtirilgan holda ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) paxta tolasining respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga beriladi (yuklab jo’natiladi).
Mas’uliyatli saqlashdagi paxta tolasi hajmining «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmasining yozma roziligisiz qayta rasmiylashtirilishiga va terminallar tomonidan yuklab jo’natilishiga yo’l qo’yilmaydi.
(8-bandning birinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori bilan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori bilan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi ПҚ-456-son qaroriga
4-ILOVA
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to’g’risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom paxta tolasini eksportga va paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (keyingi o’rinlarda — respublika korxonalari) yetkazib berishda buyurtmachilar buyurtmanomalari bo’yicha «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi sifatini paxta toyi bo’yicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash zavodlarida paxta toyi massasini tarozida tortish tartibini belgilaydi.
(1-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
2. Paxta tolasi «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 31 oktyabrdagi 421-son qaroriga asosan majburiy sertifikatlanadi. Paxta toyi bo’yicha sinagan holda sertifikatlash va paxta toyi massasini tarozida tortish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 iyuldagi 420-f-son farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi — eksportga va respublika korxonalariga yetkazib berishda — tashqi savdo kompaniyalari va «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari;
xaridor — paxta tolasini xarid qiluvchi xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari;
(3-bandning ikkinchi—to’rtinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 martdagi ПҚ-815-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O’R QHT, 2008 y., 10-11-son, 58-modda)
etkazib beruvchi — «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari — O’zbekiston Respublikasi paxta tozalash zavodlari;
ijro etuvchi — «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.
4. O’z DSt 604:2001 «Paxta tolasi. Texnik shartlar» standarti talablariga muvofiqligini sertifikatlash bo’yicha xizmatlarni O’zbekiston Respublikasi hududida uning ko’rsatilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq ijro etuvchi amalga oshiradi.
5. Ijro etuvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
— paxta tozalash zavodlaridagi har bir paxta toyidan uning pressdan chiqishida namuna olish;
— olingan namunalarni identifikatsiyalash;
— namunalarni sinab ko’rish uchun hududiy laboratoriyaga yetkazib berish;
— namunalarni sinab ko’rish;
— terminalga (omborga) yetkazib beriladigan sifati (tipi, navi) bo’yicha bir turdagi paxta tolasi turkumiga Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, uni yetkazib beruvchiga berish;
— yetkazib beruvchi bilan birgalikda turkumidan paxta toyini tarozida tortish, Paxta toyi bo’yicha tortish dalolatnomasini rasmiylashtirish;
— paxta terminalidagi (omboridagi) paxta tolasining sifati va paxta toyi massasi bo’yicha xaridor va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etadi.
6. Paxta tolasini sertifikatlash va paxta toyini tarozida tortish bo’yicha xizmatlar haqi ijro etuvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida Muvofiqlik sertifikati (Inspektsiya dalolatnomasi) va Paxta toyi bo’yicha tortish dalolatnomasini berish fakti bo’yicha ijro etuvchi tomonidan qo’yilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi hamda hisob-kitob asosida terminalga sifati va miqdori bo’yicha qabul qilish dalolatnomalarining rasmiylashtirilishiga muvofiq, buyurtmachi tomonidan to’lanadi.
Paxta tolasini sertifikatlash bo’yicha xizmatlarga haq to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasi toyini tarozida tortish bo’yicha xizmatlarga haq to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi.
II. Toydagi paxta tolasidan namuna olish, ularni identifikatsiyalash
hamda mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
7. Paxta tozalash zavodida paxta tolasini presslash jarayonida toylarning qavariq tomonida press plitasida o’rnatilgan maxsus pichoq bilan kesib qo’yiladi.
8. Ijro etuvchi vakili toyning kesilgan qismidan namunalar oladi.
9. Namunalar O’z DSt 614:1994 «Paxta tolasi. Namunalar olish usullari» standartiga muvofiq olinadi. Har bir namunaga mintaqa kodi, paxta tozalash zavodi kodi, paxta tozalash zavodidagi ketma-ket qo’yilgan tartib raqamidan iborat bo’lgan toylar tartib raqami shtrix kodli yorlig’ining yirtma kuponi solinadi.
Olingan namunalarni ijro etuvchi polietilen qopchaga joylashtiradi, yoxud qog’ozga yoki plyonkaga o’raydi, so’ngra ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasiga jo’natish uchun o’ralgan namunalarni qopga ehtiyotkorlik bilan zich qilib joylashtiradi.
Tashish jarayonida namunalar bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun qop zich qilib o’ralishi lozim.
Qopga paxta tolasi namunasi olingan zavod tartib raqami, paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosi turkumi tartib raqami, paxta xom ashyosining sanoat va selektsiya navi hamda klassi, paxta tolasi turkumi, toy tartib raqamlari, namuna olingan sana, imzolagan ijro etuvchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi ko’rsatilgan yorliq solinadi.
Ijro etuvchiga paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosi turkumi tartib raqami, paxta xom ashyosining sanoat va selektsiya navi hamda klassi to’g’risidagi ma’lumotlarni yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ijro etuvchi vakili tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha rasmiylashtirilgan namunalar olish dalolatnomasini ijro etuvchining vakillari imzolaydilar.
10. SHtrix kodli yorliqni ijro etuvchi tayyorlaydi. Yorliqlar namuna olingan joyga qo’yiladi.
11. Ijro etuvchi olingan namunalarni mintaqaviy laboratoriyaga sinab ko’rish uchun yetkazib beradi. Mintaqaviy laboratoriyaga namunalar joylashtirilgan qoplarni jo’natgunga qadar ular paxta tozalash zavodida muhrlangan xonada saqlanishi lozim.
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin ijro etuvchining laboratoriyalarida xaridor tomonidan so’nggi turkumlar qabul qilingan va uni yuklab jo’natgan vaqtga qadar, biroq Muvofiqlik sertifikati amal qilgan vaqtgacha saqlanadi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashi bilan namunalar qaytadan olinadi.
III. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyi massasini tortish
13. Paxta tolasining har bir toyini tortishni paxta tozalash zavodining presslash tsexida yetkazib beruvchining tarozisida ijro etuvchi va yetkazib beruvchi vakillari amalga oshiradi.
Toy bo’yicha tortish natijalariga ko’ra, ijro etuvchi va yetkazib beruvchining asl muhri bilan tasdiqlanadigan ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha Toy bo’yicha tortish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bitta nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi. Yetkazib beruvchi Toy bo’yicha tortish dalolatnomasiga asosan hisob sertifikatini rasmiylashtiradi. Toy bo’yicha tortish dalolatnomasining amal qilish muddati Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin tugaydi.
14. O’z DSt 841 standartiga asosan yetkazib beruvchining presslash tsexida foydalanadigan tarozisining yo’l qo’yilgan tortish xatosi (sanoq shkalasining bo’linish bahosi kamida 0,2 kg) kamida + 0,5 kg bo’lishi lozim. Tortish natijasi aniq qilib, verguldan keyin birinchi belgigacha yozilishi lozim.
15. Agar terminalda turkumni nazorat tartibida tortib ko’rishda toyning o’rtacha massasi Toy bo’yicha tortish dalolatnomasida ko’rsatilgan toyning dastlabki massasidan ko’pi bilan + 1,0 kilogrammdan ortiq bo’lmasa, Toy bo’yicha tortish dalolatnomasi ma’lumotlari to’g’ri deb hisoblanadi. Ijro etuvchi va yetkazib beruvchining Toy bo’yicha tortish natijalari bunda o’zgartirilmaydi.
16. Ijro etuvchi va yetkazib beruvchining Toy bo’yicha tortish dalolatnomasida ko’rsatilgan ma’lumotlari bilan toyga nisbatan terminalda toyning o’rtacha massasi bo’yicha + 1,0 kilogrammdan ortiq tafovut aniqlanganda, buyurtmachi ularni xabardor qiladi, so’ngra ijro etuvchi vakili 3 ish kunida xaridor yoki buyurtmachi vakillari bilan birgalikda qayta tortib ko’rish uchun kelishi lozim. Bunda yetkazib beruvchi vakili qayta tortib ko’rishda ishtirok etishi zarur. Qayta tortib ko’rish dalolatnomasi asosida yetkazib beruvchi Hisob-kitob-sertifikatiga o’zgartirishlar kiritadi.
Massasi bo’yicha tafovut tasdiqlangan taqdirda, ijro etuvchi o’z hisobidan qayta tortib ko’rishni amalga oshiradi. Yetkazib beruvchi va buyurtmachi paxta tolasining 100 foizli nizoli hajmini qayta tortish asosida tuzilgan ijro etuvchi dalolatnomalari asosida haqiqiy massasini hisobga olgan holda o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Massasi bo’yicha tafovut tasdiqlanmagan taqdirda, Kip bo’yicha o’lchash dalolatnomasi ma’lumotlari o’zgarmasdan qoldiriladi, qo’shimcha xarajatlar esa buyurtmachining hisobiga qo’shiladi.
17. Agar ijro etuvchining vakili 100 foizli qayta tortib ko’rishni amalga oshirish uchun 3 kun muddatda kelmasa, ijro etuvchi mazkur Nizomning VI bo’limiga muvofiq javobgar bo’ladi, xaridor tomonidan jalb qilingan xolis nazorat tashkilotining paxta tolasi toyi massasi bo’yicha ma’lumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar uchun yakuniy ma’lumotlar hisoblanadi.
18. Ijro etuvchi paxta tozalash zavodida va terminalda tayyor mahsulotning toy massasini tanlab tekshirish hamda talabga javob bermaydigan natijalar bo’lganda ijro etuvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan dastlabki Toy bo’yicha tortish dalolatnomasini bekor qilish huquqiga ega.
IV. Paxta tolasini sinab ko’rish
19. Paxta tolasining har bir toyini sinab ko’rishni O’z DSt 604 standartiga asosan ijro etuvchi mutaxassislari amalga oshiradi. Sinab ko’rish natijalarida paxta tolasining uzunligi (tipi), navi va klassi, «Mikroneyr» ko’rsatkichi aniqlanadi, shuningdek paxta tolasining namunalarida sifat kamchiliklari va begona aralashmalar (urug’, lint, yog’, hid va boshqalar) mavjudligini aniqlaydi.
Laboratoriyada paxta tolasi navi hamda klassini klasser baholashda yetkazib beruvchining vakili qatnashishi mumkin.
20. Paxta tolasi sifatini toy bo’yicha sinab ko’rish natijalari ushbu Nizomga 3-ilova shakli bo’yicha Sinab ko’rish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinab ko’rish dalolatnomasida, shuningdek, paxta tolasining O’z DSt 604 standarti talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ko’rsatiladi. Nomuvofiq bo’lgan taqdirda Sinab ko’rish dalolatnomasida mazkur Nizomga 4-ilova bo’yicha paxta tolasi sifatining kamchiliklar kodlari ko’rsatiladi.
Sinab ko’rish dalolatnomasini liniya supervayzeri, klassifikator imzolaydi hamda mintaqaviy laboratoriya boshlig’i tasdiqlaydi.
Sinab ko’rish dalolatnomasining bitta nusxasini ijro etuvchi yetkazib beruvchi vakiliga beradi.
V. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
21. Sinab ko’rish dalolatnomasida keltirilgan toy bo’yicha sinab ko’rish natijalari asosida yetkazib beruvchi paxta tolasi turkumining ruxsat berilgan uchta klassigacha ishtiroki bilan uning tipi, sanoat va selektsiya navi bo’yicha bir turini butlaydi, butlangan turkumning brutto massasini, netto massasini hamda konditsion massasini aniqlaydi.
Mintaqaviy laboratoriya butlangan turkum uchun ushbu Nizomga 5-ilova shakli bo’yicha Sinab ko’rish protokolini rasmiylashtiradi. Sinab ko’rish protokolini ijro etuvchining vakillari imzolaydi.
Mintaqaviy laboratoriyadagi ijro etuvchining vakolatli vakili Sinab ko’rish protokoli asosida paxta tolasining sinab ko’rilgan turkumiga uning ikkita nusxa-dublikati bilan Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, uni ro’yxatdan o’tkazadi hamda mintaqaviy laboratoriya (xizmat ko’rsatish belgisi) muhri bilan tasdiqlaydi. Asl nusxasi yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Nusxa-dublikatning bittasi buyurtmachiga yuboriladi, ikkinchisi esa mintaqaviy laboratoriyada qoldiriladi.
Muvofiqlik sertifikati o’zbek, rus yoxud ingliz tillarida to’ldiriladi. Muvofiqlik sertifikatini to’ldirish namunasi ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan.
Sertifikat ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati O’z DSt 841:1997 standarti bo’yicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda 6 oyga belgilanadi.
22. Muvofiqlik sertifikati har bir turkumiga alohida-alohida beriladi, bunda paxta tolasi turkumning sifati va miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga asosan Muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuvga ko’ra Muvofiqlik sertifikati bir nechta turkumlari uchun berilishi mumkin.
23. Paxta tolasini terminalga yuklab jo’natish vaqtida yetkazib beruvchi yuklab jo’natish hujjatlariga Muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini hamda unga ilovani solib qo’yishi shart.
24. Paxta tolasining bir nechta (biroq uchtadan ko’p bo’lmagan) klasslari mavjud bo’lgan turkumiga Muvofiqlik sertifikatlari (nusxasi) har bir klassga alohida-alohida beriladi.
25. Quyidagi hollarda Muvofiqlik sertifikati berilmaydi:
— paxta tolasi namunalarida urug’, lint, paxtani dastlabki qayta ishlash chiqindilari, chiriganlik hidi yoki tola navi va klassini klasser baholash amalga oshiriladigan paxta tolasining rasmiy namunalarida bo’lishi mumkin bo’lmagan boshqa aralashmalar mavjud bo’lganda;
— paxta tolasi sanoat naviga tegishli bo’lgan «Iflos» klassi chegarasidan ortiqcha ifloslanganda;
— tola rangi yoki uning tashqi ko’rinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq bo’lmaganda;
— o’rta va uzun tolali paxta tolasi aralash bo’lganda;
— turli sanoat navlari toylari mavjud turkumga;
— toylar zarur darajada tamg’alanmaganda, ularni o’rash buzilganda, iflos bo’lganda, toyning sirti suv ta’sirida zararlanganda, shuningdek paxta tolasi turkumiga hujjatlar mavjud bo’lmaganda.
26. O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan, ushbu hujjatning 25-bandida sanab o’tilgan belgilar bo’yicha Muvofiqlik sertifikati berib bo’lmaydigan paxta tolasi aniqlangan taqdirda ijro etuvchi mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha ikki nusxada Nomuvofiqlik to’g’risidagi bildirishnomani rasmiylashtiradi. Bildirishnomani ijro etuvchi vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (Xizmat ko’rsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash zavodi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Mintaqaviy laboratoriya O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasi bo’yicha axborotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda ma’lumotlarni Toshkent shahridagi «Sifat» markazining Sertifikatlash boshqarmasiga va «O’zpaxtasanoat» uyushmasiga beradi.
27. O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasi har bir turkumini sinash natijalari mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shakl bo’yicha Paxta tolasining inspektsiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uni ijro etuvchining vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya boshlig’i tasdiqlaydi va unga ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasining haqiqiy muhri (Xizmat ko’rsatish belgisi) qo’yiladi.
Inspektsiya dalolatnomasi Muvofiqlik sertifikati o’rniga paxta tolasining sifati to’g’risidagi hujjat hisoblanadi.
O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasiga berilgan Inspektsiya dalolatnomalari ijro etuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi va ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.
28. O’tkazilgan inspektsiya natijalariga ko’ra xaridor tomonidan terminalda Sifat va miqdor bo’yicha qabul qilish dalolatnomasi imzolanadi. Xaridorlar tomonidan imzolangan Sifat va miqdor bo’yicha qabul qilish dalolatnomalar nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
29. Yetkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash natijalariga rozi bo’lmagan taqdirda ularning apellyatsiyalari «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda RD Uz51-026-94 «NSS Uz. Apellyatsiyalarni ko’rib chiqish tartibi»ga muvofiq ko’rib chiqiladi.
VI. Ijro etuvchining javobgarligi
30. Ijro etuvchi o’zi sinab ko’rgan paxta tolasi turkumi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatishda shartnoma majburiyatlarining zarur darajada bajarilishi uchun quyidagi moddalar:
— paxta tolasini saqlash, yetkazib berish va terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish xarajatlari;
— O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq respublika xo’jalik sudlarida reklamatsiyalar va da’volarni ko’rib chiqish bilan bog’liq xarajatlar bo’yicha mulkiy javob beradi.
31. Xaridorning terminalda toy massasining amaldagi farqi +1,0 kilogrammdan ortiqligi to’g’risidagi da’vosi tasdiqlangan taqdirda ijro etuvchi buyurtmachiga uning toylarni qayta tortib ko’rish va normativdan ortiq saqlash xizmatlariga haq to’lash (toylar massasidagi farq qiymatidan tashqari) xarajatlarini to’laydi, shuningdek aybdor shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar ko’radi.
Ijro etuvchi O’zbekiston Respublikasi terminallarida qayta tortib ko’rishda:
xato ko’rsatishi yo’l qo’yiladigan normadan +0,5 kilogrammdan ortiq bo’lgan tarozilardan foydalanganligini yoki massa verguldan keyingi birinchi o’nlik raqam hisobga olinmasdan butun raqamgacha yaxlitlangan holda yozilganligini;
tarozilar vakolatli organlar tomonidan tekshirilganligi to’g’risidagi guvohnomaga ega emasligini;
O’z DSt 841 standarti talablari buzilgan holda tashilgan va saqlangan toylar tortilganligini isbotlasa toylarning massasi bo’yicha da’volar qondirilmaydi.
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib ko’rish natijalariga nisbatan da’volari tasdiqlanmagan taqdirda da’volarni ko’rib chiqish bilan bog’liq barcha xarajatlarni buyurtmachi to’laydi.
33. Xarajatlarni qoplash bo’yicha buyurtmachi va ijro etuvchi o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to’lov kunidagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
VII. Buyurtmachining javobgarligi
34. Buyurtmachi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Muvofiqlik sertifikati (Inspektsiya dalolatnomasi), Toylar bo’yicha tortish dalolatnomasi hamda Terminalda sifat va miqdor bo’yicha qabul qilish dalolatnomasi mavjud bo’lmaganda terminallardan paxta tolasini yuklab jo’natishga haqli emas.
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan tuziladigan kontraktlarda paxta tolasini faqat O’zbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda sifat va miqdor bo’yicha qabul qilishni nazarda tutadi, bunda xaridor vakillari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan paxta tolasi turkumlari sifati va massasi (toy ichidagi brak bundan mustasno) bo’yicha da’vo qilishga haqli emasligi sharti ko’rsatiladi.
36. Respublika hududidan tashqarida paxta tolasining toylar ichidagi braki bo’yicha nizoli masalalarni ko’rib chiqish zaruriyati paydo bo’lgan hollarda buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda ko’maklashishi zarur.
37. Buyurtmachi ijro etuvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi shart. Paxta tolasini eksport qilish bilan bog’liq masalalarni o’z vaqtida va tezda hal qilish maqsadida buyurtmachi ijro etuvchining terminallardagi vakillariga terminallarga kelib tushayotgan, xaridorlar tomonidan qabul qilinayotgan va yuklab jo’natilayotgan paxta tolasi turkumlari to’g’risida axborot berishi zarur.
38. Buyurtmachi ijro etuvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tortilgan toylar massasini qayta tekshirish uchun jalb qilinayotgan inspektsiya kompaniyalaridan ular qo’llayotgan tarozilarning xato ko’rsatishi to’g’risidagi ma’lumotlarni va vakolatli organ tomonidan tarozilar tekshirilganligi haqidagi guvohnomani talab qilishga haqli.
VIII. Yetkazib beruvchining javobgarligi
39. Yetkazib beruvchi:
— presslash tsexida paxta tolasi toylarini tortish uchun O’z DSt 841:1997 standarti talablariga muvofiq bo’lgan tarozilarni o’rnatishi;
— terminallar (omborlar)ga ifloslanmagan, hidi va namligi yuqori bo’lmagan, vagon normasidagi tipi va navi bo’yicha bir turdagi turkumlar yetkazib berilishini ta’minlash yuzasidan barcha chora-tadbirlarni ko’rishi;
— namuna olish joylarida pichoq bilan kesilgan toylarni o’rash vositalarining tiklanishini ta’minlashi;
— paxta tozalash zavodlari presslarida pichoqlarning normal holatini va ularning o’z vaqtida almashtirilishini ta’minlashi;
— ijro etuvchini paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bino bilan ta’minlashi;
— paxta tolasi toylarining O’z DSt 841 standartiga muvofiq o’rab-joylanishini, markirovka qilinishini va tashilishini ta’minlashi zarur.
40. Yetkazib beruvchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Muvofiqlik sertifikati (Inspektsiya dalolatnomasi) va Toylar bo’yicha tortish dalolatnomasi mavjud bo’lmaganda paxta tolasini terminalga yuklab jo’natishga haqli emas.
41. Toylar ichida brak aniqlangan hollarda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar bo’yicha mulkiy javob beradi.
42. Xaridorning turkumdagi har bir toyning o’rtacha massasidagi farq +1,0 kilogrammdan ortiqligi to’g’risidagi da’vosi tasdiqlangan hollarda yetkazib beruvchi va buyurtmachi o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar paxta tolasi turkumning haqiqiy massasi bo’yicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to’g’risidagi nizomga
1-ILOVA
Namunalar olish dalolatnomasi shakli
|
|
«Sifat» markazining _________________ mintaqaviy laboratoriyasi
|
____-son Namunalar olish dalolatnomasi
|
|
|
Namuna olish joyi ___________________________________________
|
200__ y. «___» ________________
|
Tayyorlovchining nomi _________________________________________
|
Paxta tolasi turkumi № ________
|
paxta tozalash zavodi kodi
|
|
Paxta xom ashyosi turkumi № _____________________
|
Paxta xom ashyosi navi ___________
|
Paxta xom ashyosi klassi _________________________
|
|
Selektsiya navi kodi ____________________________
|
|
Paxta xom ashyosi turkumidaga toylar soni __________
|
|
SHtrix-kod tartib raqami: Toyning tartib raqami:
|
|
________dan ________gacha
|
________dan ________gacha
|
________dan ________gacha
|
________dan ________gacha
|
________dan ________gacha
|
________dan ________gacha
|
Olingan namunalar soni ___________
|
Olingan namunalar massasi, ______ kg
|
O’rash, belgi qo’yish va buzilgan holatlar bilan tayyorlangan toylarning tartib raqami _____________________________
___________________________________________________________________________________________________
|
F.I.O. __________________________
|
Imzo__________________
|
Paxta tozalash zavodidagi
«Sifat» markazi guruh
boshlig’i
|
|
F.I.O. __________________________
|
Imzo __________________
|
«Sifat» markazining
tanlovchi-taroziboni
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |