“Xo’sh-
xo’sh”
qo’shig’i.
Xo’sh, xo’sh, xo’sh, xo’sh,
Ol bolangni, xo’sh, xo’sh,
Paqir to’lib sut bersin,
Xo’sh, jonim, xo’sh, xo’sh
[H.Nurmatov, N.Yo’ldosheva o’zbek xalq
musiqa ijodi T.:2007, 8b];
Dehqonchilik qo’shiqlari mehnat jarayonining turli jabhalarida qo’llanilgan
va paydo bo’lgan. Masalan, yer haydashda “Qo’sh haydash”, xirmon o’rib olishda
“O’rim qo’shig’i”, xirmon yanchiganda “Xo’p mayda” yoki “Mayda-mayda”
kabilar aytilgan.
“Qo’sh haydash” qo’shig’i.
Daryoning naryog’ida
Qo’sh haydadim, qo’sh haydadim,
Quloch yo’ling yo’qotib
Bo’sh haydadim, bo’sh haydadim
[H.Nurmatov, N.Yo’ldosheva o’zbek
xalq musiqa ijodi T.:2007, 9b];
Tarixiy manbalarga asoslanib, yil fasllari va mehnat mavsumlari haqida
folklorshunos olimlar quyidagi ma’lumotlarni berganlar:
Bahor faslida – Navro’z bayrami, Sust xotin, Shox moylar,Gul bayrami;
Yoz faslida – Choy momo;
Kuz faslida – Hosil bayrami, Oblo Baraka, Shamol chaqirish;
Qish faslida – Yas-yusun, Gap-gashtak kabi qo’shiqlar kuylangan
[H.Nurmatov, N.Yo’ldosheva o’zbek xalq musiqa ijodi T.:2007, 11b];
Topishmoq -
narsa yoki hodisalarning shakli, hatti-harakati, holati
va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash, ularning belgisini
ataylab yashirish asosida topishga asoslangan savol yoki topshiriqlardir
[M.J.Mutalipova Xalq pedagogikasi T.:2015 33-bet].
Topishmoqlar orqali ham maktabgacha yoshdagi bolajonlarga tabiat, undagi
voqea-hodisalar, o’simlik va hayvonlarni tushuntirish mumkin.
Masalan,
➢
Uzoq tog’da o’t yonar.
(quyosh)
➢
Oltin kelganda, kumush ketar
Kumush kelganda oltin ketar.
(oy va quyosh)
➢
Boshi taroq,
Dumi o’roq.
(xo’roz)
➢
Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar.
(shamol)
➢
Kichgina dekcha, ichi to’la mixcha.
(anor)
➢
Gulsiz bo’lar mevasi, shirin shakar donasi.
(anjir)
➢
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo’lar oziq.
(sabzi)
Xalq tarbiyashunosligidagi ajoyib odatlardan yana biri suvning tozaligini
saqlash va e’zozlashdir. Ota–bobolarimiz suvning bir tomchisini ham nobud
qilmaslikka intilganlar. Har qanday oqar suvni «yetti dumalasa halol» deb
hisoblashar, «Suvga tupurma, majrux bo’ladi» degan naql qadimdan meros bo’lib
kelgan. Suvga tuflash, unga mag’zava va chiqindilarni oqizish, turli xas, cho’p va
axlatlarni tashlash katta gunox hisoblangan. Ilgari paytlarda xalqimizning eng
oliyjanob oilaviy an’analardan biri ovqatlanib, choy ichib bo’lgandan so’ng
dasturxon atrofida keksa yoki yoshi kattaroq kishi dasturxon va taom haqiga duo–
fotiha o’qishi so’ngra stol atrofida o’tirib suhbatlar o’tkazilganidir.
Suv–hayot demakdir. Suv bor joyda odam yashnaydi, o’t-o’lan, ekin tekin,
gul-daraxtlar gurkirab o’sadi. Qurt qumursqadan tortib odam va hayvonlargacha
suvdan baxramand bo’ladilar. Suvning qadriga yetmaslik, uni isrof qilish, avaylab
ishlatmaslik qanchalik og’ir oqibatlarga, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga olib
kelishini bolalarga uqtirib kelishgan.
Xalqimiz qadim zamonlardan suvga e’tiqod qo’yib, yozning jazirama kunlarida
«Suv sayli» o’tkazgan. Ota–bobolarimiz «Suv–tabiat in’omi, hayot manbai» deb
bejiz aytishmagan. Har bir tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog’–rog’lar
yaratishgan.
Biroq bugungi kunga kelib biz suvni juda ko’p isrof qilib yuboryapmiz.
Oddiygina ertalab o’rnimizda turgandan so’ng yuz, qo’llarimizni hamda tishimizni
yuvish uchun suvni ochib qo’yib, ishlatamiz. Vaholanki, stakanga olib ozroq
tishlarimizni yuvib bo’lgunimizcha suvni bekorga sarflamaslikni iloji borku. Yoki
bo’lmasa oddiygina gilam yuvish uchun uy sharoitida tonnalab suvni sarflab
yuborishimizni misol qilishimiz mumkin.
Biz suvni ko’p ekanligidan o’ylamay, tejamasdan ishlatamiz, vaholanki Afrika
davlatida yashayotgan insonlar bir qultum suvga zor ekanligi xayolimizni bir
chetiga ham kelmaydi. Agar biz bu obi hayot hisoblanmish suvni ertaga yoki
indinga umuman o’chib qolayotgandek tasavvur qilib ishlatsak, o’ylaymizki suvni
ancha tejab qolgan hamda isrof qilmagan bo’lar edik. Tasavvur qiling suv ertaga
yoki indinga suv umuman o’chib qolsa shahar joyida nima qilgan bo’lar edingiz?
To’g’ri, sotib olish mumkinku degan o’y xayolingizdan o’tdi. Ammo suvni faqat
ichishga sotib olish mumkin, ammo kundalik boshqa ehtiyojlarimiz uchun ham
sotib olsak qancha miqdor suv sotib olib bilamiz? Shuning uchun suvning
tomchisini ham uvol qilmaslik lozim.
Yuqorida bayon qilingan fikrlar shundan dalolat berib turibdiki, ota –
bobolarimiz azal–azaldan tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko’rsatishgan. Yurtni
obod etishgan, ko’chalarni, hovlilarni sarishta saqlashgan.
Bunday tabiat bayramlari ularning hayot tarziga aylanib an’ana, udum va
odatlarida o’z o’rnini topgan. Mazkur ekologiyaga oid an’ana, urf–odat va
qadriyatlarni takomillashtirish bugungi ta’lim–tarbiya muassasalari, va keng
jamoatchilikning eng asosiy vazifalaridan biridir.
O’qituvchi-tarbiyachilar bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berishida
xalqimizning o’ziga xos milliy tarbiyasidan o’rinli foydalanishi yaxshi samara
beradi. Milliy tarbiyamizda to’rt narsa–yer, suv, tuproq, havo muqaddas
hisoblangan.O’zbek xalqining qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish,
chiroyiga chiroy, ko’rkiga ko’rk qo’shish birqancha manbalarda aks ettirilganini
yuqoridagi ma’lumotlarda birgalikda siz bilan tanishdik. Xalq pedagogikasining
bu manbalarida tabiat va inson uyg’unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni
e’zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar olami
hamda dov–daraxtlar, o’simliklar va giyohlarni asrab avaylash yoritilgan.
Eng qadimgi an’analardan biri Navro’z saylini o’tkazishdir. Navro’zni
xalqimiz juda o’tmishdan bayram sayli sifatida nishonlab kelgan.Navro’zning
bundan 3 yarim 4 ming yil burun bizning o’lkamizda paydo bo’lganligi ilmiy
jihatdan isbotlangan. Navro’zning bayram qilinishi teran xalq an’analari yerga va
tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabat, dehqon mehnatini e’zozlash, hosilni yig’ish
munosabatiga bag’ishlangan bayramlarning ko’pchiligi bevosita zardushtiylik
an’analari bilan bog’liqdir. Yerga urug’ qaday boshlanganda «Dalaga qush
chiqarish», «Shoxmoy», «Ekin sayli», «Qush oshi» marosimlarini o’tkazganlar.
Hosilni yig’ishtirib olishda esa «Ona bug’doy», «Xirmon to’yi», «Hosil
bayrami» kabi tantanalar bo’lgan.
Navro’zning kirishi kalendar bo’yicha mart oyining 21–kuniga to’g’ri
keladi. Navro’z saylining boshlanishi qish bo’yi qor uyumlarining erib tugashi,
tuproq ustki qatlamining isishi, tabiatning uyg’onishi, uyquga ketgan o’simlik va
hasharotlarning uyg’onishi hamda keng dalalarda ko’m– ko’k maysalar qoplanishi
bilan tavsiflanadi. Navro’z saylidan keyin an’anaga ko’ra qishloq joylarida tajribali
ustozlardan, tabarruk keksa dehqonlar yerni ishlashga birinchi bo’lib qo’l urib
berishgan va dehqonchilikda yuqori mo’l hosil olish uchun yaxshi istaklar
bildirishgan. Shundan so’ng yer haydash, keng dalalarga bug’doy, arpa, suli singari
urug’larni sepish, mevali daraxtlar o’tqazish avj olib ketgan. Ko’milgan uzum,
anor va anjir singari mevalarni ochish bosqichma–bosqich olib boriladi. Umuman
dehqonlar yeng shimarib ishga kirishadilar.
Navro’z saylida qishloq va shaharlarda uylar, hovlilar, ko’chalar tozalanib,
tartibga keltiriladi, navro’z saylida xalqimiz odatiga ko’ra kichik yoshdagi
bolalarning xonadonma–xonadon kirib boychechak aytishi (boychechak udumi)
bilan ham yaqindan bog’langan boychechak bahorning kirib kelishidan darak
beruvchi o’simlikdir. Bolalar qishloq joylarida 10-15 tasi bir guruxga birlashib, har
bir xonadonga kirib o’zlari katta yoshdagi avlodlardan o’rgangan aytishuvlarni
aytishadi. Bu marosim hozirgi kunimizda ham saqlanib amalga oshirilib
kelinmoqda.
Masalan: “Boychechak”
Qattiq yerdan qaltirab chiqqan boychechak…
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak…
Boychechagim boylandi, qozon to’la ayrondir
Ayroningdan bermasang, qozon tovog’ing vayrondir…
“Chitti gul”
Chitti guley,chitti gul,
Etaginga gul bosdim.
Hayu chitti gul,
Hayu chitti gul.
Shu singari xalq terma bayt va ashulalarini jo’r bo’lib aytish, ota–
bobolarimizdan bolalarga ham o’tib kelmoqda. Navro’z aytilgan guruhga har –bir
oila non yoki xolva, turshak, shirinlik, pul singarilar bilan rag’batlantiriladi.Bu
an’ana xalqni tabiatdagi birinchi bahor faslining darakchisi boychechakning
ochilishini xabardor qilish hamda kishilarni bahor fasliga tayyorgarlik ko’rish
haqida xabari hamdir.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan shunday xulosa yasash mumkinki, xalq
tarbiyashunosligining hamma manbalarida jumladan «Avesto», «Qur’oni Karim»,
«Hadislar», xalq og’zaki ijodi namunalari- maqol, topishmoq, ertak, matal,
qo’shiq, doston, tez aytish; bayram sayillari, folklor o’yinlar marosimlarida
ekologik tarbiya masalasi atroflicha keng, aniq ilmiy va amaliy jihatdan asoslab
berilgan.
Pedagogika fani ham ekologik tarbiyani o’quvchi-yoshlargalarga,
insonlarga shakllantirish jarayonida Xalq pedagogikasi manba va ma’lumotlariga
tayanadi.
Shunday ekan, Xalq tarbiyashunosligi bolalarni, kishilarni tarbiyalashda
qudratli tarbiya vositasi sifatida foydalanib kelingan va shunday bo’lib qoladi ham.
Chunki Xalq tarbiyashunosligida nafaqat ekologik tarbiya balki tarbiyaning
tarkibiy qismlari, aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, huquqiy singari
tarbiyalar ham markaziy o’rinda qaralgan. Xalq pedagogikasi yoki tajribasi insonni
har tomonlama yetuk, barkamol, komil inson sifatida shakllantirish asosiy maqsad
qilib belgilangan. Bu tajribalar avloddan– avlodga meros bo’lib, xalq tajribasida
sinovdan o’tib, sayqallashib yaxlit holga keltirgan.
Qadimda hali ta’lim–tarbiya muassasalari mavjud bo’lmagan paytlari ham
ota-onalar bolalarini yozilmagan, qonunlashtirilmagan xalq tajribasidan kelib
chiqib tarbiyalaganlar.Bildirilgan fikrlarda xalqimizning qadim zamonlardan beri
o’ziga xos ajoyib milliy tarbiya tizimiga ega bo’lib kelganligidan dalolat beradi.
Biz tomondan yuqoridagi keltirilgan Xalq tarbiyashunosligidagi ijodi,
folklor, marosimlar, bayramlar, Qur’oni Karim, Hadis singari manbalar va ulardagi
g’oyalar xalqimiz tomonidan yaratilgan va u bizlar uchun bebaho qadriyat
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |