Mikrobiologiya va immunologiya



Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana25.02.2023
Hajmi2,61 Mb.
#914533
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
Umumiy mikrobiologiya

Suv mikroflorasi. 
Ochiq suv havzalarining suvi ko‘p mikroorganizmlarning yashash muhiti 
hisoblanadi. 
Suvning odatdagi mikroflorasi- saprofitlardir, uning tarkibida yana har xil 
vibrionlar, spirillalar, temir va oltin gugurt bakteriyalari, nurlanadigan bakteriya, 
psevdomonadalar, mikrokokklar yashaydi. Aholini yashaydigan yaqin joylardagi 
daryolarda juda ko‘p miqdorda odam ichagi mikroflorasi vakillari uchraydi. Suv 
havzalarini 
oqava 
suv 
bilan 
ifloslanganda 
ularda 
ichak 
tayoqchasi, 
sitrobakteriyalar, fekal streptokokklar, cl.perfringens, vibrionlar, enteroviruslar va 
boshqa ichak florasi vakillari aniqlanadi. Suvning organik modda, sanoat 
mahsulotlari chiqindilari, nitratlar, fosfatlar bilan bog‘liq bo‘lgan suvni 
mikroorganizmlar bilan ifloslanishi saproblik deb atash qabul qilingan. Saproblik 
ochiq suv havzalarida tirik mavjudotlar, hayvon va o‘simlik qoldiqlari 
yig‘indisidir. Saproblikning uch zonasi ajratiladi:
Polisaprob zona
- juda ifloslangan suv, kam kislorod saqlagan va organik 
birikmalarga boy, bakteriyalarning soni 1mlda 1000000 ga etadi, ko‘proq 
anaeroblar bo‘ladi. 
Mezosoprob zona
- suv o‘rtacha ifloslangan. Organik moddalarni tez 
mineralizatsiyasi mustaqil floralar tomonidan amalga oshiriladi, 1 ml suvdagi 
bakteriyalarning soni yuz minglab.
Oligosaprob zona
- toza suv zonasi, unda organik birikmalar qariyib yo‘q, 


51 
minerallash jarayoni tugagan, suv normal mikroflorasi har xil vakillari bor bo‘lib, 1 
ml suvda bir necha yuzdan bir necha minggacha bakteriyalar aniqlanadi. 
Vodoprovod (ichimlik ) suvi: 1 mlda mikroblar soni 100 tadan ko‘p emas. 1 
litr suvda aniqlanadigan ichak tayoqchalar soni koli-indeks deyilib, normada 3 
tadan ortiq emas. Ichak tayoqchalar topilgan suvning eng kam hajmli koli-titr 
deyiladi, normada 300 ml gacha. 
Er osti suv havzalarida mikroorganizmlar juda kam uchraydi. Tuproq 
qatlamlaridan suv filtrlanib o‘tishi oqibatida mikroorganizmlar shu qatlamlarda 
ushlanib qoladi. Artezian quduqlarning 1 ml suvida bir necha mikroorganizm 
bo‘lishi mumkin. 
Mikroorganizmlarning miqdori va ular faoliyati suvning yuzasi va tagida 
turlicha. Suvning tagida, loyqasida chirish va bijg‘ich jarayonlari jadal kechadi.Suv 
yuzasida esa mikroorganizmlar yupqa parda hosil qilib joylashadi va ularda faol 
fotosintez ro‘y beradi. Suv havzalarining qirg‘oqlarida ko‘plab tranzit 
mikroorganizmlar uchraydi. Bu mikroorganizmlar tarkibida odam uchun patogen, 
shartli-patogen bakteriyalar bo‘lishi mumkin. 
Suv patogen, shartli-patogen mikroorganizmlarning yashashi va hayot 
kechirishi uchun qoniqarli muhit bo‘lmasada, lekin ko‘pchilik mikroorganizmlar 
unda ma’lum vaqtgacha yashay oladi, ba’zilari esa, hatto ko‘payadi. 
Muayyan sharoitda mikroorganizmlarning suvda qanchalik uzoq saqlanishi 
suvning kimyoviy tarkibi, quyosh radiatsiyasi va suv manbaining turi muhim 
ahamiyatga ega.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish