Kvant biologiyasi
Kvant effektlarining biologik ahamiyati ham
mavjudmi? Bir qarashda buning ehtimoli juda kam
ko‘rinadi. Chunki, kvant effektlari juda kichik, mayda
miqyoslarda ro‘y beradi va boz ustiga,
ular tashqi
muhitdan izolyatsiyalangan sharoitlarda va o‘ta past
haroratlar yuz beradi. Biologiyada o‘rganiladigan tirik
organizmlar esa, katta o‘lchamlarga ega ekanligidan
tashqari, odatda, tanasi issiq bo‘lib, kvant fizikasi
taqozo etadigan laboratoriya sharoitlarga hech qanday
aloqadorlikka ega emas. Lekin, bu noto‘g‘ri fikrlash
ekani fanda allaqachon ma’lum bo‘lgan haqiqatdir.
Zero, kvant effektlari
biologik sistemalarda ham
kuzatilmoqda va shu sababli, ilm-fanda kvant
biologiyasi allaqachon mustaqil fan sifatida shakllanib
ulgurdi. Xususan, fermentlar tomonidan nazorat
qilinadigan ko‘plab biokimyoviy reaksiyalar ionlashgan
vodorodning – proton ionining bir molekuladan
boshqasiga o‘tishi evaziga ro‘y beradi. Proton
shunchalik yengilki, u energetik to‘siqni tunnel effekti
evaziga yengib o‘tishi mumkin.
Bir narsa qiziq va
hozircha tushunarsiz bo‘lib qolmoqda: tunnel effekti
biologik sistemalarda tasodifan yuz berarmikin, yoki, u
tabiiy tanlash jarayonlaridan qandaydir tarzda ishtirok
etarmikin? Yanada ajabtovur misol bu – bakteriyalar
tomonidan yorug‘likni o‘zlashtirilish jarayonida,
fotosintezda molekulalarning yorug‘likni tutib olish
hodisasi bo‘lib, aftidan, bunda yorug‘lik
energiyasi
kvant
to‘lqinlarining
superpozitsiyasi
bo‘ylab
taqsimlanadi va o‘z navbatida, ushbu to‘lqinlar
fotosintez reaksiyasi yuz berayotgan boshlang‘ich joyga
yana navbatma-navbat qaytib, energiya taqsimotining
samaradorligini ortishida xizmat qila boshlaydi.
Shuningdek, ilmiy taxminlarga ko‘ra, qishlash uchun
boshqa mintaqalarga uchib ketuvchi qushlarning
makondan-makonga orientir olishida yordam beruvchi
o‘ziga xos biomagnit kompasi mavjud bo‘lib, u parvoz
mobaynida, Yerning magnit maydoniga
orientirlangan
holda, manzilni va masofani aniq belgilash imkonini
berar ekan. Qushlarning ushbu biomagnit kompasi ham
kvant
chigalligiga
asoslanib
ishlashi
taxmin
qilinmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tajribalar
orqali, chumchuqsimonlar oilasiga mansub qizilbo‘yin
(Erithacus rubecula
) qushining ko‘zida joylashgan
elektronlari va Yerning magnit maydoni orasida kvant
chigalligi mavjudligi va ushbu qush aynan ushbu kvant
effektiga asosan manzilni aniqlashi ilmiy isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: