Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt 
 
Rang zaryadi – elektr 
zaryadiga o‘xshash 
xarakteristika bo‘lib, 
kvarklar va glyuonlar 
uning tashuvchisi 
sanaladi.
Aloqador mavzular: 
 

 
Maydonning kvant 
nazariyasi
 
(59-sahifa)

KED asoslari
  
(61-sahifa) 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Kvarklar va glyuonlarni 
o‘zaro bog‘lovchi 
kuchlar, nisbatan qisqa 
masofalarda ancha 
kuchsiz bo‘lishiga 
qaramasdan, neytronlar 
va protonlarni o‘zaro 
bog‘lovchi yadroviy 
kuchlarning nima 
sababdan bu darajada 
katta ekanini aynan 
KXD tushuntirib bera 
oladi. U, protonlarning 
o‘zaro to‘qnashishi 
hodisasini, kvarklar va 
glyuonlarning o‘zaro 
ta’siri nuqtai nazaridan 
tahlil qilish imkonini 
beradi. Xiggs 
bozonining ochilishi 
ham aynan KXD 
g‘oyalari tufayli imkonli 
bo‘lgan edi. KXDga 
ko‘ra, tabiatda glyuoniy 
zarrachalari mavjud 
bo‘lishi mumkin; lekin, 
glyuoniy kvarklardan 
iborat boshqa 
zarrachalar ichida 
yashiringani sababli, uni 
aniqlash va alohida 
ajratib olish juda qiyin. 
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Devid Gross
(1841) 
Devid Politser
(1849) 
Frenk Vilchek
(1851) 
Nobel mukofotiga 
sazovor bo‘lgan AQSH 
fiziklari.
Kvant 
xromodinamikasidagi 
«rang» tushunchasi siz 
bilan biz yaxshi bilgan, 
optika sohasidagi rang 
tushunchasi bilan hech 
qanday aloqaga ega 
emas. Bu shunchaki 
nom xolos va 
zarrachalarning elektr 
zaryadi singari, maxsus 
bir fizik xossasini 
ifodalaydi.
 




Kvant biologiyasi
Kvant effektlarining biologik ahamiyati ham 
mavjudmi? Bir qarashda buning ehtimoli juda kam 
ko‘rinadi. Chunki, kvant effektlari juda kichik, mayda 
miqyoslarda ro‘y beradi va boz ustiga, ular tashqi 
muhitdan izolyatsiyalangan sharoitlarda va o‘ta past 
haroratlar yuz beradi. Biologiyada o‘rganiladigan tirik 
organizmlar esa, katta o‘lchamlarga ega ekanligidan 
tashqari, odatda, tanasi issiq bo‘lib, kvant fizikasi 
taqozo etadigan laboratoriya sharoitlarga hech qanday 
aloqadorlikka ega emas. Lekin, bu noto‘g‘ri fikrlash 
ekani fanda allaqachon ma’lum bo‘lgan haqiqatdir. 
Zero, kvant effektlari biologik sistemalarda ham 
kuzatilmoqda va shu sababli, ilm-fanda kvant 
biologiyasi allaqachon mustaqil fan sifatida shakllanib 
ulgurdi. Xususan, fermentlar tomonidan nazorat 
qilinadigan ko‘plab biokimyoviy reaksiyalar ionlashgan 
vodorodning – proton ionining bir molekuladan 
boshqasiga o‘tishi evaziga ro‘y beradi. Proton 
shunchalik yengilki, u energetik to‘siqni tunnel effekti 
evaziga yengib o‘tishi mumkin. Bir narsa qiziq va 
hozircha tushunarsiz bo‘lib qolmoqda: tunnel effekti 
biologik sistemalarda tasodifan yuz berarmikin, yoki, u 
tabiiy tanlash jarayonlaridan qandaydir tarzda ishtirok 
etarmikin? Yanada ajabtovur misol bu – bakteriyalar 
tomonidan yorug‘likni o‘zlashtirilish jarayonida, 
fotosintezda molekulalarning yorug‘likni tutib olish 
hodisasi bo‘lib, aftidan, bunda yorug‘lik energiyasi 
kvant 
to‘lqinlarining 
superpozitsiyasi 
bo‘ylab 
taqsimlanadi va o‘z navbatida, ushbu to‘lqinlar 
fotosintez reaksiyasi yuz berayotgan boshlang‘ich joyga 
yana navbatma-navbat qaytib, energiya taqsimotining 
samaradorligini ortishida xizmat qila boshlaydi. 
Shuningdek, ilmiy taxminlarga ko‘ra, qishlash uchun 
boshqa mintaqalarga uchib ketuvchi qushlarning 
makondan-makonga orientir olishida yordam beruvchi 
o‘ziga xos biomagnit kompasi mavjud bo‘lib, u parvoz 
mobaynida, Yerning magnit maydoniga orientirlangan 
holda, manzilni va masofani aniq belgilash imkonini 
berar ekan. Qushlarning ushbu biomagnit kompasi ham 
kvant 
chigalligiga 
asoslanib 
ishlashi 
taxmin 
qilinmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tajribalar 
orqali, chumchuqsimonlar oilasiga mansub qizilbo‘yin 
(Erithacus rubecula
) qushining ko‘zida joylashgan 
elektronlari va Yerning magnit maydoni orasida kvant 
chigalligi mavjudligi va ushbu qush aynan ushbu kvant 
effektiga asosan manzilni aniqlashi ilmiy isbotlandi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish