Kvant gravitatsiyasi
Kvant gravitatsiyasi nazariyasini ishlab chiqish
masalasi
zamonaviy fizika fani qarshisida turgan eng
dolzarb
masalalardan
biridir.
«Barcha
narsa
nazariyasi», qisqacha qilib «umumiy nazariya» deb
nom olishi rejalashtirilgan va hozircha hech qanaqasiga
bir tayinli ko‘rinishga keltirishning iloji bo‘lmayotgan
xayoli «mukammal» nazariyada olimlar Eynshteynning
zamon va makonning egrilanishi haqidagi umumiy
nisbiylik nazariyasi bilan, subatom zarralar va
jarayonlarni bayon
qiluvchi kvant nazariyasini
umumlashtirishni maqsad qilishgan. Muvaffaqiyatli
chiqqan «umumiy nazariya» Ulkan Portlashdan keyingi
dastlabki lahzalarda nimalar sodir bo‘lganini, yoki,
galaktika markazidagi qora tuynuk ichkarisida nimalar
ro‘y berayotganini ifodalash imkonini bergan bo‘lur
edi. Lekin, bunday nazariyani barpo qilish oson emas.
Deyarli imkonsiz. Vaziyatni chigallashtiruvchi eng
asosiy omillardan biri – nisbiylik nazariyasida va kvant
nazariyasida vaqt va fazoning boshqacha-boshqacha
tarzda talqin qilinishi, ya’ni, umuman farqli kattalik va
jarayonlar sifatida qaralishidir. Xususan, kvant
nazariyasida vaqt va fazo – zarrachalarning o‘zaro
ta’siri yuz beradigan o‘zgarmas (doimiy) joy yoki, fon
tarzida qaralsa,
nisbiylik nazariyasida esa, o‘z nomi
bilan, vaqt va fazo (zamon va makon) tushunchalari
nisbiy,
ya’ni,
o‘zgarishi
mumkin
bo‘lgan
tushunchalardir.
Gravitatsiya
nazariyasini
kvant
nazariyasi bilan birlashtirishning bundan ham mushkul
joyi shundaki, kvant gravitatsiyasi nazariyasini
tekshirib ko‘rish uchun, oddiy laboratoriya sharoitlarida
hosil qilish imkonsiz bilan energiya va masofalar talab
etiladi. Shunga qaramay,
optimistik ruhdagi ayrim
fiziklar, ushbu nazariyalarni birlashtirishni iddao
qiluvchi birmuncha jur’atli takliflarni o‘rtaga
tashlamoqdalar. Shunday takliflardan biri «torlar
nazariyasi» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, elementar
zarralar xuddi cholg‘u asbobi torining tebranishi singari
ravishda tebranib turuvchi favqulodda juda-juda kichik
o‘lchamlardagi energetik tolalar tarzida tasavvur
qilinadi. Ushbu energetik tebranishlar 9 yoki, 10-
o‘lchamli fazoni egallaydi deb taxmin qilinadi. «Tolali
kvant nazariyasi» deb nomlanadigan yana bir kvant
gravitatsiyasi nazariyasiga ko‘ra, fazo (makon) – o‘zaro
spin tarmog‘ini hosil qiluvchi tugunlar bilan bog‘langan
diskret hujayralardan iborat
ixcham struktura sifatida
tasavvur qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: