Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana18.02.2023
Hajmi1,69 Mb.
#912600
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv (1)

 
 


46 
Elektr xavfsizligi 
Elektr jihozlarning portlashdan himoyalanganlik darajasiga ko‘ra uch xil 
bo‘ladi: 
1) portlashga qarshi ishonchliligi yuqori xonaarning elektr jixozlar 
2) portlash jihatdan xavfsiz elektr jihozlar 
3) uchinchi o‘ta xavfsiz elektr jixozlar. 
Korxonada ishlatiladigan suv ishlab chiqarish, maishiy maqsadlarda 
ishlatiladigan va yong‘in xavfsizligi jihatidan rezurovsarlarda saqlanadi. Undan 
tashqari 2 ta xozir tashkil qilingan bo‘lib, bu xovuzlar yong‘in chiqqan vaqtda 
qo‘shimcha suv manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Suvlarni ishlatib bo‘lgach tozalash ishlari olib boriladi. Buning uchun maxsus 
tozalash inshootlari va tizimlari ishlatiladi.
Spirt kanalizatsiyasida chiqarilayotgan suv SNiP 2-32-R3 ga mos kelgan 
xoldagina uni umumiy kanalizatsiyaga qo‘shishi tavsiya etiladi. 
 
 


47 
5.3. Fuqaro himoyasi 
Fuqaro muhofazasi umumdavlat mudofaa ishlar tizimi bo‘lib, aholini va xalq 
xo‘jaligi ob’ektlarini tinchlik va xarbiy davrlarda favqulodda vaziyatdan 
himoyalash, ob’ektlarning barqarorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish va ular yuz berganda avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan 
ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Prezidentimiz o‘z asarlarida 
“siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini ta’minlash, ularni turli ofatlar va 
FVlardan himoyalashdir” deb ta’kidlaganlar. SHunday ekan FVni oldindan 
aniqlash, aholini ushbu xavfdan ogohlantirish, FV yuz berganda tezkor xarakat 
qilish, insonlarning qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda iqtisodiy zararni 
kamaytirish vazifalarini dolzarb masala bo‘lib kelmoqda.
1994 yil 4 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FV vazirligining 
tashkil etilishi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, shu o‘tgan davr 
mobaynida bir necha terroristik xurujlar, ommaviy noroziliklar va qurolli 
to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. 2000 yil 15 dekabrda “terrorizmga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi 31-moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 
2-modda. Asosiy tushunchalar terrorchi – terroristik faoliyatlarni amalga 
oshirishda ishtirok etayotgan shaxs, terrorchilik guruxi-oldindan til biriktirib 
terrorizm harakatiga tayyorgarlik ko‘rsatgan va sodir etgan suiqasd qilgan kishilar 
guruxi garovga ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat 
xokimiyati yoki mansabdor shaxslarni noqonuniy harakat qilingan majburlash. 
4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari: 
- qonuniylik 
- shaxs xuquq erkinligi va qonuniy manfaatlarining ustivorligi 
- jazoning muqarrarligi 
- terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining uyg‘unligi 
22-modda. Terrorchilik harakati natijasida etkazilgan moddiy zarar davlat 
tomonidan qonun xujjatlari asosida qoplanadi. 


48 
24-modda. Jabrlangan shaxslar normal hayotga qaytarish, huquqiy yordam 
berish, ruhiy, tibbiy yordam berish huquqiga egadirlar. 
28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytsa, 
buhaqda tegishli davlat organlariga xabar bersa oxir oqibatlarga olib keluvchi 
terroristik xurujlarni oldini olishga yordam bersa qonun xujjatlariga muvofiq 
javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. 
31-modda. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining 
buzilishida aybdor shaxslar belgilangan. 
Korxonada fuqaro vazifalarini ta’minlash maqsadida moddiy texnika 
bazasidan kelib chiqib quyidagi bo‘lim va xizmatlar tashkil qilingan: 
1. umumiy aloqa xizmati 
2. jamoat tinchligini ta’minlash 
3. yong‘inga qarshi kurash bo‘limi 
4. tibbiy bo‘lim 
5. avariyaviy texnik xizmat 
6. moddiy texnik ta’minot bo‘limi 
7. transport xizmati 
8. markaziy tahlil laboratoriya 
FVlarda aholining hayoti faoliyat xavfsizligini ta’minlashda qator tadbirlarni 
avvaldanko‘rib chiqish muhim rol o‘ynaydi, xususan aholi FV larga o‘qitish, FV 
haqida vaqtida xabar berish, kimyoviy va bakterial razvedka ishlarini tashkil qilish 
va amalga oshirish hamda dozimetrik va laboratoriya nazoratlarini tashkil qilish.
Yong‘inga qarshi, epidemiyaga qarshi va sanitariya gigienik tadbirlarni 
o‘tkazish, qutqaruv va boshqa zudlik bilan bajariladigan ishlar uchun moddiy 
boyliklar zaxirasmini to‘plash va boshqalar. 
FV larda fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy usullari aholini evakuatsiya 
qilish, himoya inshootlariga berkitish, shaxsiy himoya hamda tibbiy profilaktik 
vositalarini qo‘llashdan iborat. 
Korxonada asosan umumiy foydalanadigan namdan ximoyalaydigan, suv 
o‘tmaydigan, issiqqa va sovuqqa chidamli kiyimlardan foydalaniladi. Masalan, 


49 
oyoq kiyimlar namlikdan, issiqdak, sovuqdan ximoyalaydigan rezina, charm, 
sintetik materiallardan tikilgan etik-kalish, botinkalardan foydalaniladi. 
Korxonada ishlab chiqarish jarayoni mobaynida zaxarli moddalar qisman 
borligini inobatga olib gazniqoblar va regeneratordan foydalanib favqulotda 
vaziyatlar qayta, ob’ektdagi ish jarayonini mustaxkamlashni oshirish bo‘yicha 
quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilgan. 
Korxona binosini qurishda yonadigan, yonmaydigan va qiyin yonadigan 
qurilish materiallaridan foydalanilgan. Bu esa korxonaning yong‘in va portlashga 
moyilligi kamaytiradi. Bundan tashqari binoni qurib temir-beton sinchli, ya’ni 
seysmik belbog‘dan foydalaniladi. 
Favqulotda vaziyatlar vaqtida binoning xoxlagan qavatida tashqariga xavfsiz 
chiqadigan yo‘llar, eshik, deraza, darvoza, narvon, zinalar, maxsus darchalar, 
ayvonlar, yo‘laklar, ya’ni chiqish evakuatsiya yo‘llari yaratib qo‘yilgan. 
Yong‘in paytida qutqaruv ishlarini bajarish uchun harakterlanadigan qo‘lda 
ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlar chelak, suvli bochka, qumli yashik, yonmaydigan 
namat material va boshqalar tayyorlab qo‘yilgan. 
Sanitariya ko‘rsatkichlari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish 
kafolatlari maqsadida polipropilen polietilen xom ashyolari ishlatiladi. 
Keltirilgan xom ashyo omborlarda tokchalarda saqlandi. Quyosh nuri 
to‘g‘ridan to‘g‘ri tushmaydigan yopiq, quruq joyda saqlanadi.
Harorat 30 dan yuqori bo‘lmagan namlik 80% dan ko‘p bo‘lmasligi shart. 
Trubalar xavfli yuk xisoblanmaydi. Xavfliligi jihatdan 4 sinfga kiradi. Ular 
ishlatilganda inson uchun xavfli emas, atrof muxiti ta’sir qilmaydi. Ichimlik suvi 
uchun mo‘ljallangan trubalar uchun maxsus ruxsatdan sog‘liqni saqlash 
bo‘limlaridan maxsus ruxsatnoma bo‘lishi talab qilinadi.
Korxonada fuqaro muhofazasini tashkil etish sxemasi quyidagicha: 


50 
Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarini rejalashtirish 
va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, 
shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda 
vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir. 
Avariya qutqaruv ishlari quydagi vazifalarni amalga oshirish orqali olib 
boriladi. 
1.
FV ro‘y bergan xududlarida razvedka ishlarini olib borish hamda 
xarakatlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish. 
2.
Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan 
binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish. 
3.
Jabrlangan insonlarni, guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy 
xizmat ko‘rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish. 
Korxona rahbari – FM 
boshlig’i 
FM shtab boshlig’i 
Xizmatlarni tashkil qilish 
Yong’inga qarshi 
kurash 
Qidiruv 
Aloqa 
Avariyaviy texnika 
Tartibni saqlash 
Umumiy oziq-ovqat 
ta’minoti 
Tibbiy xizmat 


51 
Boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga quydagilar kiradi: 
1.
Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish yo‘llarini 
ochish hamda xavfli jismlardan tozalash. 
2.
Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan 
avariyalarni to‘xtatish, qutqaruv ishlarini o‘tkazish. 
Korxonada yong‘in sodir bo‘lganda xarakatlanish quydagi tartibda amalga 
oshiriladi. Sexda germetiklik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong‘in chiqqanda 
OPD turidagi signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan
sexdagi navbatchi korxonaning yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar beriladi va 
ishchilarning tartibli evakuatsiyasini ta’minlashni nazorat qilinadi. Yong‘in xizmat 
xodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko‘rsatish xizmati ham etib keladi. 
Favqulotda vaziyanlar oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. 
Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida 
odamlarni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari bo‘lishi binolarni loyihalash va 
qurish vaqtida hisobga olingan. Yong‘in havfsizligi norma qoidalariga asosan 
evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida 
hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2 ta chiqish evakuatsiya yo‘llari 
mavjud. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish