1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“INFORMATIKA, AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV”
KAFEDRASI
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini
olish uchun
AZEOTROP ARALASHMALARNI AJRATISH JARAYONINI
KOMPYUTER MODELLARI ORQALI TAHLIL QILISH
MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHINING
TUSHUNTIRISH XATI
“Informatika, avtomatlashtirish va
boshqaruv” kafedrasi mudiri: Norqobilov A.T.
Malakaviy bitiruv ishining raxbari: Kasimov B.A.
Malakaviy bitiruv ishini bajardi: Yunusova F.A.
TOSHKENT-2018
2
KIRISH
Mamlakatimiz rivoji uchun 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish
harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va
sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va
liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va
amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish tamoillari reja qilib qo‘yildi. Davlatimiz
rivoji uchun mazkur tamoillar ichida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalasiga
aloxida e’tibor qaratish lozim. Iqtisodning rivoji esa bevosita ishlab chiqarishni
rivojlantirish evaziga amalga oshiriladi. Bu ustuvor yo’nalishda qishloq xo’jaligini
moderinzatsiya qilish bo’limiga alohida to’xtalib o’tish kerak, paxta va boshoqli
ekinlarni kamaytirish va o’rniga intinsiv bog’lar tashkil etish rejalshtirilgan
Hozirgi kunda jarayonlarni komputerda modellashtirish uchun mo'ljallangan
dasturlar mavjud bo'lib, shulardan biri Aspen ONE paketidir. Aspen ONE paketi
tarkibida Aspen Custom Modeler, Aspen Dynamics, Aspen Polymer, Aspen
Properties, Aspen Hysys, Aspen Plus va shu kabi bir qancha modellashtirish
dasturlarini oladi.
Aspen Plus dasturi texnologik jarayonlarni oson modellashtirish va ular
haqida yetarlicha tushunchalarni hosil qilish uchun mo'ljallangan dasturlardan
biridir.
Jarayonlarni komputerda modellashtirish bizga boshlang'ich muhandislik
bilimlariga ko'ra jarayonning umumiy xususiyatlarini oldindan tahmin qilishni,
shuningdek massa va energiya balansi, faza va kimyoviy muvozanat hisoblarini
aniqlash imkonini beradi. Berilgan termodinamik ma'lumotlar, jarayonning haqiqiy
borish sharoitlari, qurilmalarning mukammal modeli asosida ishlab chiqarish
jarayonlarining tegishli modelini yaratishimiz mumkin. Jarayonlarni komputerda
3
modellashtirish bizga ko'plab "Agar ushbu parametr berilsa" kabi tahlillarni amalga
oshirishni hamda sezgirlik hisoblashlari va optimal vaziyatni aniqlash
imkoniyatlarni beradi. Modellashtirish yordamida mavjud ishlab chiqarish
jarayonining optimal sharoitlarini tahlil qilib, uning umumdorligi oshirishimiz
mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda qiyin sanoatda keng uchraydigan qiyin
ajraluvchi aralashmalar, ya'ni azeotrop aralashmalarni ajratish jarayonini kompyuter
modellari orqali urganilib tahlil qilib chiqildi. Azeotrop aralashma sifatida etil spirti
va suv aralashmasi olindi.
Avtomatika — fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, bu soha avtomatik
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimda
qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi
.
Avtomatika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi harakatlanuvchan
moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida XVIII-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni
ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug‘ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina
qurilmalarining paydo bo‘lish davrida ishlatila boshlandi. Texnika tarixida birinchi
ma’lum bo‘lgan avtomatik qurilma Polzunov bug‘ mashinasi (1765-y.) hisoblanadi.
Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o‘rniga ishlatilgan va odam
ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplari ingliz
olimi F. Maksvel tomonidan 1868-yilda ishlab chiqilgan.
Texnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mehnatidan bo‘shashiga
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va
murakkablashib bordi. Ayrim hollarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi.
Bu esa o‘z navbatida avtomatikaning muhimligi va uni rivojlantirish kerakligini
isbotladi.
Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini, qabul qiluvchi,
uzatuvchi, o‘zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan
4
solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga ta’sir
ko‘rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar, relelar,
kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar,stabilizatorlar,ijro
mexanizmlari va boshqalar.
Bunday texnik vositalar avtomatika o‘zgartgichlari deb ham yuritiladi.
Avtomatikaning
asosiy
tushunchalari
quydagilar:
avtomatik
nazorat,
avtomatlashtirish, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlas
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik
ravishda qa’bul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni
ta’minlaydi
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik
rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu
holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat
qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining
avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv Obyektiga nisbatan bo‘ladigan
ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat
Avtomatlashtirish – texnalogik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik
vositalarni joriy etish demakdir, ya’ni ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok
etmagan sanoatni yangi bosqichi bo’lib, bunda texnalogik va ishlab chiqarish
jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi.
Ishlab
chiqarish
jarayonlarini
avtomatlashtirish
mamlakatimizdagi
sanoat
korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish,
moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo‘nalish
hisoblanadi.
Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llash mehnat unumdorligini
oshirib, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shu
5
bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Zamonaviy
texnika hamda o‘lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan. Har
qanday texnologik jarayonda ma’lum bir yoki bir necha texnologik parametr ishtirok
etib, ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o‘zgarishida asosiy o‘rin
egallaydi.
Texnologik jarayonlar va yordamchi xizmatlarni avtomatlash-tirish faqat ishlab
chiqarish texnikasini takomillashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina
emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan
moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
yaxshilash bilan bog‘liq. Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda
asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini
orttirish omillari juda ko‘p. Xozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy
samaradorligiga xizmat kursatuvchi xodimlar sonini kamaytirish xisobigagina
erishishga ko‘p hollarda imkon bulmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, sexlar,
bo‘linmalar, uchastkalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat
kursatiladi.
Avtomatikaning bizning mamlakatimizda xam o’rni juda katta va bu xozirgi shiddat
bilan rivojlanib borayotgan zamonda ayniqsa oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida
sanoat va avtomatika ancha rivojlandi, yani mamlakatimiz agrar davlatdan
sanoatlashgan davlatga aylanib bormoqda, bu albatta avtomatikaning xayotimizga
ta’siri qanchalik oshib borayotganini kursatadi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |