“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
698
ishtaha yuqolishi, o‘ng qovurg‘alar ostining og‘rib turishi, qorinning dam bo‘lishi, goh ich
qotib, goh ich surib turishidir. Jigar sohasidagi ogriqlar ovqatdan, ayniqsa yog‘li ovqatdan
keyin va jismoniy nagruzkadan keyin zo‘rayadi. Bemor ko‘zdan kechirilganida badanining
terisi qo‘rayib turgani ko‘zga tashlanadi (pigmentasiya),bu melanin to‘planib qolishiga
bog‘liqdir. Tirnoqlar oq va tekis bo‘ladi. Ko‘pgina kasallarda yulduzcha nusxa tomirlar va
kaft eritemalari topiladi. Jigarning katta-kichikligi va konsistensiyasi prosessning
bosqichiga borliq. Kasallikning boshida jigar kattalashib qoladi. Prosess avj olib borgan
sayin konsistensiyasi ancha zich bo‘lib boradi, ayni vaqtda kattalashgan jigar kichrayib
qolishi mumkin. Splenomegaliya jigar kattalashganidan keyinroq topiladi. Splenomegaliya
bilan bir qatorda portal gipertoniyaning boshqa belgilari qizilo‘ngach va gemorroidal
venalarning varikoz kengayishi, assit ham ko‘riladi. Assit paydo bo‘lishi jigar
yetishmovchiligi avj olganini ko‘rsatadi.
Jigar sirrozining ikkinchi asorati gemorragik sindromdir. Bemorlarda kengayib ketgan
qizilo‘ngach va me'da venalaridan bir talay qon ketadi, shuningdek burun, milklar qonab
turadi; bachadondan qon ketishi, terida qontalashlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Ko‘plab qon
ketgan mahallardan keyin jigar komasi paydo bo‘ladi. Sirrozning oxirgi bosqichida
kaxeksiya, poligipovitaminoz avj oladi.
O‘tishi. Jigar sirrozi odatda 3-4 yil, gohida uzoqroq cho‘ziladi (biliar sirroz bilan
og‘riganlarda 10 yilgacha va bundan ko‘ra ko‘proq davom etadi). Kasallik asta-sekin
zo‘rayib boradi. Terminal davri sirroz xilidan qat'i nazar me'da-ichakdan qon ketishi va jigar
yetishmovchiligi zo‘rayib borib, keyin koma boshlanishi bilan harakterlanadi. Bemorlarni
xammadan ko‘p o‘limga olib boradigan ikkita sabab ana shulardir.
Jigar komasi
asosida jigar to‘qimasining chuqur destruksiyasi (aynab ketishi) yotadi,
bunday destruktura jigar hujayralarining distrofik o‘zgarishlar, yog infiltrasiyasi, nekroz va
autolizga uchrashi (o‘z-o‘zidan irib ketishi, hazm bo‘lib ketishi) dan iborat bo‘ladi. Jigar
komasi odam to‘satdan qattiq zaharlanganida, Botkin kasalligi, xavfli o‘smalar vaqtida xam
paydo bo‘ladi. U jigar sirrozlarining so‘nggi bosqichidir.
Jigar komasida qattiq bosh og‘rib, odam darmoni quriydi, uyqusi qochadi, bexalovat
bulaveradi. Keyin borib uyquchanlik, ko‘ngil aynashi, qusish paydo bo‘ladi. Jigar komasi
mahalida es-hush yuqolishi bilan bir qatorda yuz va qo‘l-oyoq muskullari tortishib, "uchib"
turadi, pay reflekslari kuchayib ketadi, Babinskiy simptomi musbat bo‘lib qoladi. Komaning
muxim belgisi jigarning kichiklashib, ixcham tortib qolishidir. Jigar komasida ko‘pincha
gemorragik sindrom paydo bo‘ladi - burun qonab turadi, teriga qon quyuladi, odam qon
aralash qusadi. Bemorning og‘zidan bo‘rsigan, chuchmal "jigar" xidi kelib turadi. Tana
temperaturasi 39-40° gacha ko‘tariladi, siydikda urobilinuriya, proteinuriya, silindruriya
topiladi. Oxirgi damda barcha reflekslar so‘nib qoladi, Cheyn-Stoks va Kussmaulcha nafas
paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |