“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
700
SEMIRISHNI OLDINI OLISH
Saparboyeva Maftuna Gulombek qizi
Xorazm viloyati, Xiva shaxridagi tibbiyot kollejining
" Maxsus fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Matmuradova Gulnoza Yusufboyevna
Xorazm viloyati, Xiva shaxridagi tibbiyot kollejining
" Maxsus fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada semirish kasalligining sabablari va belgilarini
o‘ziga xos tomonlari haqida ma‘lumot berilgan. Semirish kasalligidan kimlar ko‘proq
aziyat chekish sabablari to‘liq yoritilgan. Kasallikni oldini olish va parvarish chora
tadbirlari sanab o‘tilgan.
Tayanch iboralar: ( kalit so‟zlar)
kletchatka, charvi, intoksikatsiya.
Organizm to‘qimalari, asosan, teriosti klechatkasi, charvi va boshqa organlar atrofida
ortiqcha yog‘ yig‘ilishiga semirish yoki yog‘ bosish deyiladi.
Yog‘ bosish, asosan, moddalar almashuvining buzilishidan iborat.
Bunda oziq
moddalardan yog‘ hosil bo‘lish jarayoni, uning parchalanish jarayonidan ustun bo‘ladi.
Aksari, har doim ko‘p ovqat yeyish semirishga olib keladi. Bunda yeyiladigan ovqatning
mutlaq
miqdori va kaloriyaliligi emas, balki odam organizmining energiyasi sarfi, mehnat
xususiyati, harakat
aktivligi, me‘ da – ichak
yo‘lida so‘rilish sharoitlari va boshqa omillarga aloqador bo‘lgan talabdan ortiqchali
ahamiyatga ega.
Etiologiya. Tartibsiz ortiqcha ovqatlanish, infeksiya,
intoksikatsiya, endokrin
buzilishlar, markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi, kam harakat qilish, irsiy omillar,
spirtli ichimliklarni
ichib turish , tez singadigan uglevodlarni iste‘mol qilib turish, odam
organizmining yog‘ bosishiga olib keladi.
Klinikasi. Odam qanday sabablarga ko‘ra, semirish ketganligiga qarab, konistitut
siyon, ekzogen, endokrin, serebral semizlik tafovut qilinadi.
Semiz odamning vazniga qarab semizlik to‘rt darajaga bo‘linadi.
-
1- daraja – vazn me‘yordagidan 30% ortiq;
-
2- daraja – vazn me‘yordagidan 30-50% ortiq;
-
3 -daraja – vazn me‘yordagi 50-100% ortiq;
-
4- daraja - vazn me‘yordagidan 100% dan ziyod bo‘lishi.
Semizlikning 1- 2 darajasida bemorlarning mehnat qobiliyati va
hayotiy aktivligi
buzilmaydi. Yog‘ bosishning 3-4 darajasidagi bemorlarda ishlash qobiliyati pasayadi
va ular tez charchaydi. Bunday bemorlar ko‘p terlaydi, chunki yog‘ qatlami yomon
o‘tkazuvchi bo‘lgani sababli, issiqlik berishini qiyinlashtiradi.
Hadeb terlash natijasida issiqlikning muayyan miqdori yo‘qotiladi.
Bemorlar
semizlikdan, jismoniy ish bajarganda halloslab qolishdan noliydilar.