Zamonaviy ta‟lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g„oyalar, takliflar va yechimlar


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR



Download 9,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/714
Sana17.02.2023
Hajmi9,32 Mb.
#912409
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   714
Bog'liq
37 2 qism respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
400 
FATVO BERISHDA SAHOBA VA TO

BEINLARNING TUTGAN YO„LI 
Rahimov Ne‟matulloh Karimdjanovich 
―Islomshunoslik va islom tsivilizatsiyasini o‘rganish‖ 
 ISESCO kafedrasi maqsadli tayanch doktoranti 
 
Fatvo berishdagi ehtiyotkorlikni koplab sahoba va tobeinlar hayotida kuzatishimiz 
mumkin. Misol tariqasida quyidagi rivoyatlarni ko‗rib chiqaylik: 
Imom Dorimiy o‗zlarining sunan kitoblarida Shurayhdan rivoyat qiladilar: Umar 
Shurayhga: «Agar hukm chiqarishda Qur‘ondan hujjat topsang o‗sha bilan hukm chiqar. 
Yana odamlar seni bundan chalg‗itib qo‗ymasin. Agar senga bir masala keltirilsa-yu, u 
masalani yechimi Qur‘onda ham, hadisda ham bo‗lmasa, unda ijmo qilingan narsaga qara va 
o‗sha bilan hukm chiqar. Agar senga bir masala keltirilsa-yu, u masalani yechimi Qur‘onda 
ham, hadisda ham bo‗lmasa va o‗sha masala haqida sendan oldin hech kim gapirmagan 
bo‗lsa, unda ikki ishdan birini tanla, xoxlasang o‗z ra‘ying bilan ijtihod qilib masalani 
javobini yech, xoxlasang bu masalani yechimini topishga kirishma. Menga desa 
kirishmaganing sen uchun yaxshiroq», deb maktub yozdilar
17

Yana Imom Dorimiy Abdulloh ibn Mas‘uddan rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn 
Mas‘ud: «Agar bir narsa haqida so‗ralsangiz, Allohning kitobiga qarang, agar undan topa 
olmasangiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga qarang, undan ham topa 
olmasangiz, musulmonlar ijmo‗ qilgan narsadan izlang, ijmo qilingan narsalarda xam uning 
yechimi topilmasa, o‗z ra‘yingiz bilan ijtihod qiling», dedilar
18

Abdulloh ibn Yaziddan rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Abbosdan biror masala haqida 
so‗rashsa, u masalaning javobi Qur‘onda bo‗lsa, Qur‘ondan javob berar edilar. Agar 
Qur‘onda bo‗lmasa-yu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida bo‗lsa, 
sunnatdan javob berar edilar. Agar sunnatda ham topilmasa, Abu Bakr va Umarlarning 
fatvolaridan aytar edilar. Agar ularning fatvolarida ham bu masalani yechimi bo‗lmasa, o‗z 
fikrlari bilan javob berar edilar»
19
. (Imom Dorimiy rivoyati.) 
Imom Bayhaqiy Maslama ibn Maxladdan rivoyat qiladilar: «Maslama ibn Maxlad 
Zayd ibn Sobitga: «Ey amakimning o‗g‗li! Odamlarga qozilik qilishga majbur qilindik», 
dedi. Zayd unga: «Allohning kitobi bilan hukm chiqar. Agar Qur‘onda topa olmasang, 
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan hukm chiqar, sunnatda topa olmasang 
fikri o‗tkir insonlarni to‗plab o‗sha masalada ijtihod qilgin va (yaxshi fikrni) o‗zing uchun 
tanlagin. Buni hech yomon joyi yo‗q», dedilar»
20

Yana Imom Bayhaqiy Idris al-Avdiydan rivoyat qiladilar: Idris al-Avdiy dedi: «Said 
ibn Abu Burda bizga bir maktubni olib chiqib: «Bu Umar Abu Musoga yozgan maktublari», 
deb turib unda yozilgan quyidagi so‗zlarni o‗qidi: «Qur‘onda ham, sunnatda ham javobini 
topolmay qalbing ikqilanib turgan masalani yaxshilab fahmlashga urun. (Shari‘atda dalili 
17
Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon Dorimiy. Sunan Dorimiy. - Bayrut: Dorul kitabul arobiy, 2007. - B. 
247 
18
O‗sha manba
. - B. 252 
19
O‗sha manba. - B. 354 
20
Abu Bakr Ahmad ibn Husayn Bayhaqiy. Shuabul iyman. - Bayrut: Dorul kutubil ilmiyya, 1997. - B. 365 



Download 9,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   714




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish