Elektr energiya iste’molchilari. Reja: 1



Download 295,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana17.02.2023
Hajmi295,21 Kb.
#912389
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


 
 
Elektr energiya iste’molchilari. 
Reja: 
1.
 
Kirish. O’zgarmas tokning elektrotexnik qurilmalari va 
qullanish sohalari. 
2.
 
Elektr zanjirini va uning elementlari. 
3.
 
Elektr zanjirlari elementlarining parametrlari. 
4.
 
Elektr energiyasi manbalari va iste‘molchilari. 
5.
 
Elektr zanjirini ish rejimlari. 


Insoniyat 
elektr 
va 
magnit 
hodisalarining 
oddiy 
ko’zatuvchisi bulishdan to uning sun‘iy energiya manbalarini 
yaratgunicha oradan ko’p davr o’tdi. Birinchi elektr mashina 
1650 yilda, kuchlanishning birinchi elektroximiyaviy manbasi 
esa 1799 yilda yaratildi. 
XIX
asrning birinchi yarimlariga kelib nazariy va amaliy 
elektrotexnika birmuncha rivojlana boshladi. Ana shu davrlarda 
tokning issiqlik ta‘siri, elektr va magnit maydonlari orasidagi 
bog’lanish, elektrodinamik hodisalar kashf etildi. XIX asrning 
50-60 yillarida esa o’zgarmas tok dvigatellarini yasash ustida 
izlanishlar qizib ketdi. Shuningdek, katta quvvatli o’zgaruvchan 
tok manbalarini yaratish va elektr energiyasini o’zoq masofalarga 
uzatish borasidagi injenerlik ishlari avj olib ketdi. Bu davr 
elektrotexnika taraqqiyoti ikkinchi bosqichining boshlanishi 
bo’lib, bunda sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan elektrotexnikaga 
asos solindi. Bu davrda elektrotexnika bilan bir qatorda 
elektroavtomatika, telegrafiya, telefoniya ham rivojlana boshladi. 
O’zgaruvchan tok energiyasini o’zoq masofalarga uzatish 
masalasi transformatorlarni yasash nazariyasini ishlab chiqishga 
olib keldi. XIX asrning oxirlariga kelib rus injeneri M. O. Dolivo-
Dobrovolskiy uch fazali o’zgaruvchan tok hosil qilishni va uning 
asosiy iste‘molchisi bo’lmish uch fazali asinxron dvigatelni kashf 
etdi. Hozirgi kunda esa butun dunyodagi elektr dvigatellarning 
asosiy qismini asinxron dvigatellar tashkil etadi. 


XX
asr elektrotexnika sohasida muhim davr hisoblanadi. Bu 
davr radio va yarim o’tkazgichlar texnikasining paydo bo’lishi, 
televideyniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikaning 
taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning sanoatining 
misli ko’rilmagan darajada usishi, integral sxemalarning va atom 
energiyasining 
kashf 
etilishi 
hamda 
taraqqiyoti 
bilan 
chambarchas bog’liqdir. 
XXI
asr boshlanganiga ko’p bo’lmasada elektrotexnika 
sohasida bir qancha yutuqlar qulga kiritildi. Xususan sayyoramiz 
energiya zahiralaridan samarali va tejamli foydalanish maqsadida 
noan‘anaviy energiya manbalari bo’lgan Quyosh, shamol, 
Geotermal va bioenergiya manbalari rivojlanishiga erishildi. Bu 
tur energiya manbalari zahirasining tugamasligi va ekologik 
jihatdan zararsizligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu sohada 
Respublikamizda ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. 
Elektrotexnika keng ma‘noda elektr va magnit hodisalaridan 
amaliy maqsadda foydalanish usullarini o’rganadigan fandir. 
Elektrotexnika ko’pincha, masalalar kompleksini o’rganadi 
va bir qator sohalarga bo’linadi. Elektrotexnikaning muhim 
sohalaridan biri elektroenergetika bo’lib, u elektr energiyasini 
boshqa turdagi energiyalardan ishlab chiqarish, energiyani o’zoq 
masofalarga uzatish, uni iste‘molchilar orasida taqsimlash, 
hamda elektr energiyasini energiyaning boshqa turlari -mexanik, 
issiqlik, kimyoviy va boshqa energiyalarga aylantirish 


masalalarini ko’rib chiqadi. 
O’zbekiston energetika tizimida umumiy o’rnatilgan quvvat 
11,3 mln. kVt bo’lib, 37 ta issiqlik va gidravlik elektr 
stansiyalarda yiliga 55 mlrd. kVt soat dan ortiq elektr energiyasi 
ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 
Respublika energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi 
elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km. ni 
tashkil qiladi. Bundan 220 kV ligi 5,5 ming km, 500 kV ligi 1,7 
ming km. Respublika energetika tizimida 60 mingga yaqin kishi 
ishlaydi. 
Respublika bo’yicha elektr energiya ishlab chiqarish yillar 
buyicha quyidagicha amalga oshirilgan. 1940 yilda 481,4 mln. 
kVt soat, 1980 yilda 33930,4 mln. kVt soat, 1995 yilda 47429,4 
mln. kVt soat ni tashkil etadi. 1930 yillar boshida Chirchiq-
Bo’zsuv GESlari kaskadi barpo etildi, 
1943 yilda xalq hashari bilan Sirdaryoda Farhod GES (quwati 
126 MVt) qurilishi boshlanib, 1948 yilda birinchi navbati 
foydalanishga topshirildi. 60-70 yillarda tabiiy gaz negizida qator 
stansiyalar va Angren ko’mir koni bazasida ishlaydigan Davlat 
rayonlashgan elektr stansiya-DRES (GRES) ning ishga 
tushirilishi energetika quvvatini ancha yuqoriga oshirdi. Elektr 
energiya ta‘minotini 
uzluksiz va iqtisodiy tejamli olib borish maqsadida Birlashgan 
energetika tizimlari yaratila boshlandi. 1980 yilda O’rta Osiyo 


birlashgan energetika tizimi yaratilib, umumiy quvvati 25 mln. kVt 
ni tashkil etadi. 
O’zbekiston energetika tizimida elektr energiya ishlab 
chiqarishda 27 GESlar ishtirok etadi. Ulardagi o’rnatilgan quvvat 
1420 MVt ni tashkil etadi. 1995 yilda ularda 6331,2 mln. kVt soat 
elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Masalan, Chorvoq GES 
(Chirchiq daryosi) - 620,5 MVt, Xo’jakent GES - 165 MVt, 
G’azalkent GES - 120 MVt, Farxod GES - 126 MVt. 
O’zbekistonda radioelektronika va elektrotexnika sanoati 1945 
yillarga kelib shakllandi, masalan, Toshkent kabel zavodi, Toshkent 
radio-lampa zavodi, Chirchiq transformator zavodi, Toshkent 
elektrotexnika zavodi, Mikond zavodi va boshqalar. Mustaqillik 
yillarida bir qancha yirik qo’shma korxonalar ishga tushirilib, radio-
teleapparatlar, payvandlash mashinalari va h.k. boshqa mahsulotlar 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 
Elektrotexnika fani O’zbekiston Oliy o’quv yurtlarida asosan 
1930-1935 yillardan boshlab o’qitilib kelinayotir. O’zbekistonda 
elektrotexnika fanining rivojlanishiga O’zbekiston olimlari, 
akademiklar: Fozilov X.F., Hamidxanov M.Z., Abdullaev J.A., 
Yusupbekov N.R. lar katta hissa qo’shdilar. O’zRFA muxbir a‘zosi 
Raximov G’ofir Raximovich elektrotexnikaning ilmiy maktabini 
tashkil etib bir qator yetuk olimlar yetishib chiqishiga rahbarlik 
qildi. t.f.d., prof. Karimov A.S. ko’p yillar davomida TDTU 
«Elektrotexnika» kafedrasi mudiri bo’lib elektrotexnika sohalarida 


bir qancha shogirdlar tayyorladi va o’zbek tilida darsliklar, o’quv 
qo’llanmalari chop ettirdi. Shuni ham aytish lozimki ikkinchi jahon 
urushi yillarida (1941-1945 yy.) sobiq ittifoqning markaziy 
shaharlaridan Toshkentga vaqtincha ko’chib kelgan rus olimlaridan 
- akademik L.R. Neyman va akademiya muxbir a‘zosi M.A. 
Shatelenlar ham bizning elektrotexnika fanimizning rivojlanishiga 
sezilarli hissaqo’shganlar. 
Elektrotexnika 
elektr 
zanjirlarida 
va 
elektromagnit 
maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo
=
lish va 
o
=
zgarish qonuniyatlarini o
=
rganadigan fan va texnika sohasidir. 
Elektr energiyasining xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng 
ko’lamda ishlatilishiga uning quyidagi afzalliklari sabab bo’ladi: 
1)
g’oyat katta miqdordagi elektr energiyasini nisbatan oz isrof 
bilan o’zoq masofalarga uzatilishi mumkin (hozirgi vaqtda 1000 km 
dan ham uzun elektr energiyasi uzatish liniyalari mavjud); 
2)
elektr 
energiyasi 
amalda 
har 
qanday 
quvvatdagi 
iste‘molchilarga osongina taqsimlanadi, masalan, quvvati vattning 
kichik ulushlaridan tortib (aloqa texnikasi, avtomatika, o’lchash 
texnikasi va boshqa qurilmalarda) to ming va o’n minglar 
kilovattgacha (elektr dvigatellar, elektrik qizdirgichlarda) bo’lgan 
elektr energiyasi iste‘molchilari mavjud; 
3)
elektr energiyasi energiyaning boshqa turlariga (mexanik, 
issiqlik, yorug’lik, ximiyaviy energiyaga) osongina aylana oladi; 
4)
elektr 
energiyasini 
elektrik 
dvigatellar 
yordamida 


mexanikaviy energiyaga aylantirilishi sanoatda, transportda, 
qishloq xo’jaligida turli ish mashinalarini va mexanizmlarini juda 
qulay texnikaviy mukammal va iqtisodiy foydali ravishda harakatga 
keltirishga imkon beradi; 
5)
elektr energiyasidan olingan issiqlikdan materiallarni 
suyultirish, termik ishlash, quritish va boshqa maqsadlarda 
foydalaniladi; 
6)
kimyo sanoatida esa ko’pgina texnologik jarayonlar elektr 
energiyasini ximiyaviy energiyaga aylantirishga asoslangan 
(metallar ajratib olishning elektrolitik usullari, galvanotexnika va 
boshqalar); 
7)
yorug’likning elektr manbalari yuqori sifatli sun‘iy yoritishni 
ta‘minlaydi. 
8)
faqat elektr energiyasi ishlatish tufayligina aloqa texnikasi, 
avtomatika va elektrotexnikada erishilgan yutuqlardan texnologik 
jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishda foydalanish imkoni 
mavjud bo’ldi. 
Bundan tashqari fanning boshqa sohalari (medisina, biologiya, 
astronomiya, kosmonavtika, geologiya, matematika va boshqalar) 
turli elektrik apparatlar, elektron asboblar ishlashi tufayli yanada 
rivoj topdi. 

Download 295,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish