LABORATORIYA №7
Mavzu: Arbolit uchun xom ashyo tarkibini tanlab olish
7-Ish. Yog‘och o‘rtacha zichligini aniqlash
Asbob va uskunalar.
Texnik tarozi, dastarra, burchakli chizg‘ich,
randa,
shtangensirkul.
Ishlash tartibi.
Namligi aniqlangan yog‘ochdan 20x20x30 mm li 5 ta
namuna arralanadi va har birini alohida-alohida texnik tarozida 0,001 g aniqlikda
tortiladi (m) keyin namuna tomonlari DST shartlariga ko‘ra (uzunligi l, ko‘ndalang
kesimi a va b) o‘lchanib yog‘ochning hajmi V=a·b·l aniqlanadi. YOg‘ochning tabiiy
nam holatdagi o‘rtacha zichligi ρ
0
ni aniqlash uchun 2-formuladan foydalaniladi.
Olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi va DST bilan taqqoslanadi.
Jinsi - Havo harorati -..........
Havo namligi - ......
№
Namunani o‘lchamlari, m
Namuna
massasi, kg
Namligi, %
O‘rtacha
zichligi, kg/m
3
“a”
“v”
“l”
1
2
Zichlikning o‘rtacha qiymati -
……
Hisoblash formulasi:
ўр
ўр
ўр
h
b
a
V
V
m
0
(2)
bu erda: a –yog‘ochning uzunligi, sm;
b – yog‘ochning eni, sm;
h – yog‘ochning qalinligi, sm;
V – yog‘ochning hajmi, sm
3
;
m – yog‘ochning massasi g.
LABORATORIYA №8
Mavzu: Sement qirindili plitkalarni mustaxkamligni sinovdan o’tkazish
8-Ish. Sement «hamirining normal» quyuqligini aniqlash
Umumiy tushuncha.
Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini
bildiradi. Suv miqdori % da o‘lchanadi.
Asbob va uskunalar.
Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich.
Ishlash tartibi.
Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida GOST
310.3-76 ga muvofiq aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga diametri 10
mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi. Harakatlanadigan
sterjenning metall sopcha bilan birgalikdagi massasi 300±2 g ni tashkil etishi lozim.
Sinash oldidan sterjenning bemalol surilishini, metall sopchaning tozaligini, o‘zak
miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va plastinkani mashina moyi bilan yupqa qilib
moylash zarur.
Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan artilgan
metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga normal
quyuqlikda hamir qorishga etadigan miqdorda o‘lchab quyilgan suv quyiladi.
Sementdan birinchi marta hamir qorib qurish uchun taxminan 110-112 sm
3
(sement
massasining 25-28% i miqdorida) suv olinishi kerak. Suv quyilgan chuqurchaga po‘lat
kurakcha bilan sement to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin ehtiyotlik bilan
10
aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir kurakcha yordamida iylanadi va kosa vaqt-vaqti
bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va uni iylash jarayoni sementdagi
chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5 minut davom etishi lozim. Qorilgan
hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga bir yo‘la joylash, xalqani besh-olti marta
silkitish uni plastinkaga bosib turgan holda, plastinkani stolga sekin-sekin urish lozim.
Sement hamirining ortiqchasi xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib tashlanadi.
Xalqa plastinkasi bilan birga Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi, metall sopcha
xalqaning qoq o‘rtasida hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab shu vaziyatida
mahkamlanadi. SHundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi, shunda sterjen bilan
birga sopcha ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan 30 sekund o‘tgach,
metall sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan yozib olinadi. Agar
sopchaning uchi shisha plastinkaga 5-7 mm etmagan bo‘lsa, unda hamirning quyuqligi
normal hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7 mm dan balandroqda
to‘xtagan bo‘lsa, tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib xamir qorishga to‘g‘ri
keladi. Agar metall sopcha bundan pastrokda to‘xtasa, sinaladigan hamirga suv
kamroq qo‘shilishi lozim. Xullas, hamirning normal quyuqligi topilgunga qadar suv
miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal quyuqlikdagi hamir hosil bo‘lishi uchun talab
qilinadigan suv miqdori (%) sementning massasi bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda
hisoblab chiqarilishi lozim.
Sement massasi:-……..g.
Tajriba
nomeri
Suv mikdori
Asbobni kursatishi
Pestikni botish
chuqurligi,mm
sm
3
%
Normal quyuqlikda hamir tayyorlash uchun sarflanadigan suv miqdori…….
Vika asbobining rasmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |