LABORATORIYA №5
Mavzu: Turli hil tolali fibrobeton namunalarini tayorlash
5-ish. Beton namunalarni tayyorlash va ularni saqlash
Ishlash tartibi.
Beton namunalarini tayyorlashda tomonlari 1x2 m bo‘lgan idishga
tarozida tortilgan qum solinadi. Keyin ustiga tortilgan sement solinib, yaxshilab
aralashtiriladi va unga oldindan tortib qo‘yilgan shag‘al solib yana aralashtiriladi.
Quruq qorishma o‘rtasida belkurak bilan chuqurcha qilinadi va unga ma’lum
miqdordagi suv quyiladi. Belkurak bilan qorishmani ag‘darib 5-10 min
aralashtiriladi va sinash uchun 10x10x10 sm li qoliplarga joylanadi. Qolip titratgich
ustiga o‘rnatiladi va mahsus qisqichlar bilan mahkamlanadi. YOki beton qorishma
po‘lat sterjen bilan 25 marta zichlanadi. Beton qorishmasining yuzasiga nam latta
yopib qo‘yib bir kun saqlanadi. har qaysi namuna 27 kun saqlanadi.
Beton qorishmani qolip balandligiga nisbatan qancha mm cho‘kkanligini
bilish uchun qolipni ustki qirrasiga chizg‘ich qo‘yiladi va uning harakatlanuvchanligi
aniqladi. Har qaysi beton qorishmasining quyuqlik darajasi ikki marta yuqoridagi
usul bilan aniqlanadi. Olingan natijalar farqi 2 sm dan kam bo‘lsa u holda o‘rta
arifmetik qiymat xulosa qilib olinadi va 2-jadvalga yoziladi.
8
Beton qorishmaning harakatlanuvchanlik va bikrlik ko‘rsatmalari.
№
Konstruksiyaning turi
Konus cho‘kishi,
sm
Bikrlik, sek.
1
2
LABORATORIYA №6
Mavzu: Turli hil tolali fibrobeton namunalarini sinash
6-Ish. Beton namunalarini sinash va marka (klass) belgilash
Asbob va uskunalar.
10x10x10 sm li beton namunasi, chizg‘ich, gidravlik press.
Ishlash tartibi.
Beton namunalarini sinash va markasini belgilashda 10x10x10
sm li kum namunalari tayyorlanadi. Sinaladigan namunalar to‘g‘ri geometrik shaklda
bo‘lishi kerak. Namunani sinashdan oldin uning kuch tushadigan yuzasining
tomonlari ikki martadan o‘lchanadi va ko‘ndalang kesim yuzasi (S) 0,1 sm
2
aniqlikkacha hisoblanadi. Siqilishga sinaladigan namunaga tushadigan kuch
qolipdagi qorishmaning joylanish yuzasiga parallel bo‘lishi kerak. Beton namuna
press plitkasining markaziga o‘rnatiladi va sekundiga 0,2-0,3 tezlikda namuna
yorilguncha kuch beriladi. Uchta beton namunasining sinash natijasida olingan
natijalarning o‘rtacha arifmetik qiymati betonning siqilishga mustahkamlik
chegarasini ifodalaydi va u quyidagi 2-formula orqali hisoblab topiladi, olingan
natijalar jadvalga yozib boriladi.
S
P
R
б
сик
, MPa. (2)
Oddiy beton namunalarini nam sharoitda 28 kungacha saqlashning iloji bo‘lmasa,
ularni 3 yoki 7 kun namlikda saqlab, so‘ngra sinash ham mumkin. U holda betonning
siqilish (egilish)dagi mustahkamlik chegarasi quyidagi 3-formula
oraqali
hisoblanadi:
,
lg
28
lg
28
.
n
R
R
n
б
сик
(3)
tayyorlangan kun – sinalgan kun – qotirish uchun
ketgan kun –…..
№
Namuna o‘lchamlari, sm
Kesim
yuzasi,
sm
2
Buzuvchi
kuch, kgs
Sikilishga mustah-kamlik
chegarasi , kgs/sm
2
eni
qalinligi
1
2
9
Do'stlaringiz bilan baham: |