LABORATORIYA №2
Mavzu: Kompazitsiyon bog’lovchi moddaning mustaxkamligini aniqlash
2-Ish: Sement markasini aniqlash
(plastik qorishmadan tayyorlangan namunalarni sinash)
a) Sement qorishmasining quyuq suyuqligini aniqlash.
Asbob va uskunalar.
Silkituvchi stol, shibbalagich, lineyka, qorishtirgich.
Ishlash tartibi.
Sementning markasini aniqlash (GOST 310.4-81) quyidagicha,
avval namuna-tayoqchalar tayyorlanadigan sement qorishmaning quyuqligini
(konsistensiyasi) aniqlanadi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu
materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon
qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4)
quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha
qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida
qorishtiriladi keyin silkituvchi stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan
foydalanib, qorishmaning quyuqligi aniqlanadi. Silkituvchi stolcha cho‘yan stanina
(1) dan iborat, val (2) dagi mushtcha (3) o‘q (4) ni ko‘taradi, o‘q bilan birga
yotiq disk (5) va uning yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna (6) ko‘tariladi.
Maxovikni aylantirganda o‘q bilan birga yotiq disk valdagi mushtcha
yordamida goh
ko‘tariladi, goh tushadi. O‘q shu tarzda harakatlanganda stolcha 10 mm ko‘tarilib,
qolip (7) ni silkitadi.
4
Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki yuzasini va
shisha diskning yuzini salgina xo‘llash kerak. Qorishma qolipga ikki qatlam qilib
joylanadi (qatlamlarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak). Har bir qatlam metall
shibbalagich bilan zichlanadi. Pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta
shibbalanishi lozim. Qorishmani joylayotganda va shibbalab zichlayotganda qolipni
(konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi pichoq tig‘i bilan
sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko‘tariladi. So‘ngra g‘ildirakni dastasidan
ushlab aylantirib turgan holda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi, shunda
sement konus yoyiladi. Konusning yoyilish darajasi shtangensirkul yoki po‘lat chizrich
yordamida ostki qismining ikki joyidan, bir-biriga tik yo‘nalishlarda o‘lchanadi. Konus
106-115 mm yoyilgan bo‘lsa, qorishmaning quyuqligi normal deb hisoblanadi. Konus
bundan kam yoyilgan taqdirda ko‘proq suv qo‘shib yana qorishma tayyorlanadi.
Qorishmaning suv talabchanligi suv:sement (S:S) nisbati qurinishida ifodalanadi. Hosil
bo‘lgan qiymat laboratoriya ishlari daftariga yozib qo‘yiladi va kelgusida sinovdan
o‘tkaziladigan namuna-tayoqchalar uchun sement qorishma tayyorlash vaqtida shu
ma’lumotdan foydalaniladi.
Sement massasi -………g. qum turi -
qumning massasi -……….g. suv mikdori -……….g (sm
3
)
suv-sement nisbati (S/S) -………
qorishtirish usuli –
stolda silkitish soni -
Ko‘rsatkichlar nomi
Tajribalar
1
2
3
4
Suv miqdori,g
Suv miqdori, %
YOyilish diametri, mm
Normal quyuq-suyuqlik –
3-rasm. Silkitish stolchasi sxemasi.
b) Sement qorishmasidan namuna tayoqchalar (balkachalar) tayyorlash.
Qorishma tarkibi (massa bo‘yicha) sement:qum=1:3
S/S (suv – sement nisbati) -……..
Asbob va uskunalar.
4x4x16 sm o‘lchamli qolip.
Ishlash tartibi.
Sementning markasini aniqlashda namuna-tayoqchalarning
egilishdagi va siqilishdagi mustahkamlilik chegaralari asos qilib olinadi. Namunalar
massasi bo‘yicha 1:3 nisbatda (1 xissa sement va 3 xissa normal qumdan),
tayyorlangan plastik qorishmadan 40x40x160 mm o‘lchamda yasaladi. Buning
uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq
holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi,
hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin
aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma
aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin qolipga solib
vibratsiyada zichlashtiriladi. Qolipga solingan namuna 28 sutkadan keyin egilishga
va siqilishga bo‘lgan mustahkamligi sinaladi.
5
Namunalar o‘lchami -……….
v) Egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash
qorishma tarkibi (massa bo‘yicha) -………. qotish muddati -……….
Egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash.
Asbob va uskunalar.
4x4x16 sm o‘lchamli namuna, MII-100,
Ishlash tartibi.
4x4x16 sm o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib
egilishga bo‘lgan mustahkamligi topiladi. 2 ta pastki tayanch orasidagi masofa 100
mm.
Ko‘rsatkichlar nomi
Namunalar
O‘rtacha
qiymat
1
2
3
Egilishga mustahkamlik chegarasi, kgs/sm
2
MPa
Egilishga sinash bo‘yicha sement markasi-
Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash.
Asbob va uskunalar.
Gidravlik press, o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan,
ya’ni yuzasi 25 sm
2
bo‘lgan po‘lat listlar.
Ishlash tartibi.
Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun 6
ta yarimta balkachalardan foydalanamiz. YArim balkachalarning tepa va pastki
qismiga o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan, ya’ni yuzasi 25 sm
2
bo‘lgan po‘lat listlar
qo‘yiladi va gidravlik press yordamida siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi
aniqlanadi. Natija jadvalga yoziladi.
Ko‘rsatkichlar nomi
Namunalar
O‘rtacha
qiymati
1
2
3
4
5
6
Manometr ko‘rsatishi, kgs
Kesim yuzasi, sm
2
25
25
25
25
25
25
25
Siqilishga mustahkamlik
chegarasi, kgs/sm
2
MPa
Siqilishga sinalgan sement markasi-………..
Ishlatilgan formulalar:
;
5
.
1
3
b
l
P
R
эг
;
S
P
R
с
a) egilishga b) siqilishga
Do'stlaringiz bilan baham: |