1
KIRISH
Navbatdagi amaliy ishni bajarish uchun amaliyot xonaga kelgan talaba shu amaliy
ishni bajarishga tayyor bo‘lishi shart. Buning uchun adabiyotni kerakli ma’lum bo‘limini
o‘qib tayyorlanib kelgan bo‘lishi kerak.
O‘kituvchi talabani bilimini (amaliy dars vaqtida) tekshirib, uni bilimi pastligini
bilsa darsga qo‘ymasligi mumkin.
Vazifani olgandan so‘ng, talaba ma’lum adabiyotni va GOST ni bo‘limini qunt bilan
o‘qib chiqib, amaliy ishni tajribasini bajarishga kirishishi mumkin.
Amaliy ish bajarish davrida olingan natijalar darxol daftarga yozib boriladi. Asbob –
uskunalarni rasmlari qalam bilan chiziladi.
Ishni tugatgandan so‘ng, talaba amaliy ishni olib borgan o‘qituvchiga, ish daftarini
tekshirish uchun ko‘rsatishi kerak. Amaliy ish sinovdan o‘tishi uchun ish daftarini ko‘rib
tegishli savol javob natijasiga ko‘ra xal qilinadi.
O‘quv yilini oxirida to‘ldirilgan ish daftarlarini talaba tomonidan «Qurilish
materiallari va konstruksiyalari» kafedrasiga topshiriladi.
2
4–SEMESTR
LABORATORIYA №1
Mavzu: Kompazitsiyon bog’lovchi moddaning qotish mudatini aniqlash
1-Ish: Sementning qotish muddatlarini aniqlash
Umumiy tushuncha.
Portlandsement erish muddati 45 minutgacha, 45
minutdan boshlab kalloid holatiga o‘tish davri ya’ni 12 soatgacha, so‘ng kristallanish
28 kun. Portlandsement, mineral qo‘shimchali portlandsement, toshloq
portlandsement, putssolan portlandsement xamiri qorilgan paytdan hisoblanganda 45
minutdan keyin qota boshlaydi va 10 soatdan keyin toshday qotib ketadi.
Asbob va uskunalar.
Vika asbobi, tarozi, moy, xalqacha, shisha plastinka.
Ishlash tartibi.
Sement xamirining qotish muddatlari GOST 310.3-76 ga
muvofiq, Vika asbobi yordamida aniqlanadi, lekin bunda sterjenning pastki qismiga
metall sopcha o‘rniga ko‘ndalang kesimi 1 mm
2
va uzunligi 50 mm keladigan po‘lat
nina o‘rnatiladi. Sopcha o‘rniga nina o‘rnatish natijasida sterjenning umumiy
massasi, ya’ni asbobning sinash chog‘ida sement hamiriga ta’sir ko‘rsatadigan
harakatlanuvchi qismining umumiy massasi kamayadi, shunga ko‘ra sterjenning
yassi kallagiga qo‘shimcha yuk qo‘yib, uning massasini 300 g ga to‘g‘rilash kerak.
YUqorida aytib o‘tilgan usulda qorilgan hamirning quyuqligi normal bo‘ladi. Tayyor
hamir darxol Vika asbobining shisha plastinkasi ustidagi xalqaga joylanadi. Hamir
ichidagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun xalqa besh-olti marta
silkitiladi. Hamirning yuzi xalqaning cheti bilan bir tekislikda yotishi uchun ortiqcha
hamir pichoq bilan sidirib tashlanib, yuzi tekislanadi. SHisha plastinka xalqa bilan
birga asbob stoliga o‘rnatiladi. Sterjen pastga tushirilib, ignasi hamirga tekkizib
qo‘yiladi, siquvchi vintni burab, o‘zak shu holatida mahamlanadi. So‘ngra vintni
darxol burab bo‘shatish kerak, shunda sterjenning uchidagi igna sement hamiriga
bemalol botadi. Ignani hamirga avvalo har besh minutda (to hamir qota
boshlaguncha), keyinchalik har 15 minutda (to hamir qotib bo‘lguncha) botirish
kerak. Igna hamirning faqat bir joyiga emas, balki turli joylariga botirilishi, buning
uchun xalqa surib turilishi, igna esa har gal botirish oldidan xo‘l latta bilan
artilishi lozim
.
Sement suvda qorilgan paytdan to igna shisha plastinkaga 1-2 mm
etmay to‘xtaydigan paytgacha o‘tgan muddat sement hamiri qota boshlash vaqti, deb
qabul qilinadi. Sement suvda qorilgan paytdan to igna sement hamiriga 1-2 mm dan
sal ko‘proq botgan paytgacha muayyan vaqt o‘tadi, ana shu vaqt mobaynida hamir
obdon qotadi. Portlandsement, mineral qo‘shimchali portlandsement, toshqol
portlandsement va putssolan portlandsement hamiri qorilgan paytidan hisoblaganda,
faqat 45 minutdan keyin qota boshlaydi va 10 soatdan keyin toshdek qotib qoladi.
3
Sement massasi-……..g;
Suv miqdori -…….% yoki ……sm
3
;
Suv bilan aralashtirilgan vaqti……soat….daqiqa.
№
Vaqt
Asbob
ko‘rsatkichi, mm
№
Vaqt
Asbob
ko‘rsatkichi, mm
soat
daqiqa
soat
daqiqa
1
6
2
7
3
8
4
9
5
10
Qotishng boshlanishi…… …daqiqa qotishning
tugashi……..soat……….daqiqa
Vika asbobining rasmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |