5-ma’ruza ishlash obyekti va usuli



Download 419,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.02.2023
Hajmi419,21 Kb.
#911200
1   2   3
Bog'liq
5-Ma\'ruza (1)

 
 
III.1-rasm. Ishlash obyektini 
ajratish
1-birinchi mahsuldor qatlam;
2-ikkinchi mahsuldor qatlam;
3-uchinchi mahsuldor qatlam;
I-birinchi obyekt; II-ikkinchi obyekt; 
A-I obyekt quduqlari; B-II obyekt 
quduqlari 
III.1-jadvaldakon maydonida yotuvchi 1, 2 va 3-qatlamlarni asosiy xossalari 
keltirilgan. 
Ko‘rilayotgan konda ikkita ishlash obyektini ajratish maqsadga muvofiq, 1 
va 2 qatlamlarni bitta ishlash obyektiga birlashtirish (obyekt 1), 3 - qatlamni esa 
alohida ishlash obyekti sifatida ishlash (obyekt II). 
III.1-jadval 
Geologik-fizik xossalar 
Qatlam



Olinadigan neft zahiralari, mln.t 
200,0 
50,0 
70,0 
Qatlamning samarali qalinligi, m 
10,0 
5,0 
15,0 
O‘tkazuvchanlik, mkm
2
0,100 
0,150 
0,500 
Neftning qovushqoqligi, mPa*s 
50,0 
60,0 
3,0 
1 va 2 qatlamlarni bir ishlash obyektiga kiritish uchun ularning 
o‘tkazuvchanlik va neft qovushqoqligi kattaliklarni yaqinligi va vertikal yo‘nalish 
bo‘ylab bir-biridan kichik masofada joylashganligi asos bo‘ladi. Bundan tashqari 2 
qatlamdagi olinadigan neft zahiralari nisbatan oz. 3 – qatlamning 1 – qatlamga 
nisbatan olinadigan zahiralari kam, ammo neftni kam qovushqoqli va yuqori 


o‘tkazuvchan. Demak, bu qatlamni ochgan ishlatish quduqlari nisbatan yuqori 
mahsuldorlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kam qovushqoq neftli 3 – qatlamni 
oddiy suv bostirish usulini qo‘llab ishlash mumkin bo‘lsa, yuqori qovushqoq neftli 
1 va 2 qatlamlarni ishlashni boshlang‘ich bosqichidan boshlab boshqa 
texnologiyalarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, neftni bug‘, poliakrilamid 
aralashmasi (suvni quyuqlashtiruvchi) yoki qatlam ichra yonish usullari yordamida 
siqib chiqarish.
1, 2 va 3 – qatlamlar ko‘rsatkichlarini jiddiy farq qilishga qaramasdan, 
ishlash obyektlarini ajratish haqidagi yakuniy qaror qatlamlarni ishlash 
obyektlariga turli variantlarda birlashtirishni texnologik va texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini tahlili asosida qabul qilinadi. 
Ishlash obyektlarini ayrim hollarda quyidagi turlarga bo‘ladilar: mustaqil, 
ya’ni hozirgi vaqtda ishlashdagi va qaytish, ya’ni u kelajakda hozirgi vaqtda 
boshqa obyektda ishlayotgan ishlatish quduqlari bilan ishlatilishi mumkin.
Neft konini ishlash tizimideb, ishlash obyektini, ularni burg‘ilash va 
jihozlash sur’ati tartibini, qatlamlardan neft va gaz olish maqsadida ta’sir etish 
zarurligini, haydash va olish burg‘i quduqlari sonini, nisbatini va joylashtirishni, 
rezerv ishlatish quduqlari sonini, konni ishlashni boshqarishni, yer ostini va atrof-
muhitni himoya qilishni aniqlovchi bir-biri bilan bog‘liq muhandislik qarorlari 
majmuasiga aytiladi. Konni ishlash tizimini tuzish yuqorida ko‘rsatilgan 
muhandislik qarorlari majmuasini aniqlash va amalga oshirishni bildiradi. 
Bunday tizimni tuzishni muhim tarkibiy qismi – ishlash obyektlarini ajratish. 
Shuning uchun ushbu savolni mufassal ko‘rib chiqamiz. Oldindan aytish 
mumkinki, birinchi qarashda hamma vaqt bir ishlash obyektiga iloji boricha ko‘p 
qatlamlarni birlashtirish foydali ko‘rinadi, chunki bunday birlashtirishda konni 
to‘liq ishlash uchun kam ishlatish quduqlari kerak bo‘ladi. Biroq, bir obyektga 
haddan ziyod qatlamlarni birlashtirish neft bera olishlikda jiddiy yo‘qotishlarga va 
yakuniy hisobda ishlashni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashuviga olib 
keladi. 
Ishlash obyektlarini ajratishga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’sir etadi.


Neft 
va 
gaz 
kollektorlari– 
jinslarining 
geologik-fizik 
xossalari. 
O‘tkazuvchanligi, umumiy va samarali qalinligi, hamda har xilligi bilan keskin 
farq qiluvchi qatlamlarni ko‘p hollarda bir obyekt sifatida ishlash maqsadga 
muvofiq emas, chunki ular mahsuldorligi, ishlash jarayonidagi qatlam bosimi 
bo‘yicha va natijada quduqlarni ishlatish usuli, neft zahiralarini olish sur’ati 
mahsulot suvlanganligini o‘zgarishi bo‘yicha jiddiy farq qilishi mumkin. 
Qatlamlarni maydonli har xilligida turli ishlatish quduqlari to‘ri samarali 
bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday qatlamlarni bir ishlash obyektiga 
qo‘shilish maqsadga muvofiq emas. Alohida kam o‘tkazuvchan va yuqori 
o‘tkazuvchan qatlamchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, vertikal yo‘nalish bo‘yicha katta 
har xil qatlamlarda gorizontni tik yo‘nalishida qoniqarli qamrab olish qiyin bo‘ladi. 
Bunday hollarda faol ishlashda faqat yuqori o‘tkazuvchan qatlamchalar ishtirok 
etib, kam o‘tkazuvchan qatlamchalarga qatlamga haydalayotgan omil (suv, gaz) 
ta’sir etmaydi. Bunday qatlamlarni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish 
maqsadida ularni bir necha obyektlarga bo‘lishga harakat qilinadi. 
1.

Download 419,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish