o‘tkazuvchan. Demak, bu qatlamni ochgan ishlatish quduqlari nisbatan yuqori
mahsuldorlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kam qovushqoq neftli 3 – qatlamni
oddiy suv bostirish usulini qo‘llab ishlash mumkin bo‘lsa, yuqori qovushqoq neftli
1 va 2 qatlamlarni ishlashni boshlang‘ich bosqichidan boshlab boshqa
texnologiyalarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, neftni bug‘,
poliakrilamid
aralashmasi (suvni quyuqlashtiruvchi) yoki qatlam ichra yonish usullari yordamida
siqib chiqarish.
1, 2 va 3 – qatlamlar ko‘rsatkichlarini jiddiy farq qilishga qaramasdan,
ishlash obyektlarini ajratish haqidagi yakuniy qaror qatlamlarni ishlash
obyektlariga turli variantlarda birlashtirishni texnologik va texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini tahlili asosida qabul qilinadi.
Ishlash obyektlarini ayrim hollarda quyidagi turlarga bo‘ladilar: mustaqil,
ya’ni hozirgi
vaqtda ishlashdagi va qaytish, ya’ni u kelajakda hozirgi vaqtda
boshqa obyektda ishlayotgan ishlatish quduqlari bilan ishlatilishi mumkin.
Neft konini ishlash tizimideb, ishlash obyektini, ularni burg‘ilash va
jihozlash sur’ati tartibini, qatlamlardan neft va gaz olish maqsadida ta’sir
etish
zarurligini, haydash va olish burg‘i quduqlari sonini, nisbatini va joylashtirishni,
rezerv ishlatish quduqlari sonini, konni ishlashni boshqarishni, yer ostini
va atrof-
muhitni himoya qilishni aniqlovchi bir-biri bilan bog‘liq muhandislik qarorlari
majmuasiga aytiladi. Konni ishlash tizimini tuzish yuqorida ko‘rsatilgan
muhandislik qarorlari majmuasini aniqlash va amalga oshirishni bildiradi.
Bunday tizimni tuzishni muhim tarkibiy qismi – ishlash obyektlarini ajratish.
Shuning uchun ushbu savolni mufassal ko‘rib chiqamiz. Oldindan aytish
mumkinki, birinchi qarashda hamma vaqt bir ishlash obyektiga iloji boricha ko‘p
qatlamlarni birlashtirish foydali ko‘rinadi, chunki bunday birlashtirishda konni
to‘liq ishlash uchun kam ishlatish quduqlari kerak bo‘ladi. Biroq, bir obyektga
haddan ziyod qatlamlarni birlashtirish neft bera olishlikda jiddiy yo‘qotishlarga va
yakuniy hisobda ishlashni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
yomonlashuviga olib
keladi.
Ishlash obyektlarini ajratishga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’sir etadi.
Neft
va
gaz
kollektorlari–
jinslarining
geologik-fizik
xossalari.
O‘tkazuvchanligi, umumiy va samarali qalinligi, hamda har xilligi bilan keskin
farq qiluvchi qatlamlarni ko‘p hollarda bir obyekt sifatida ishlash maqsadga
muvofiq emas, chunki ular mahsuldorligi, ishlash
jarayonidagi qatlam bosimi
bo‘yicha va natijada quduqlarni ishlatish usuli, neft zahiralarini olish sur’ati
mahsulot suvlanganligini o‘zgarishi bo‘yicha jiddiy farq qilishi mumkin.
Qatlamlarni maydonli har xilligida turli ishlatish quduqlari to‘ri samarali
bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday qatlamlarni bir ishlash obyektiga
qo‘shilish maqsadga muvofiq emas. Alohida kam o‘tkazuvchan va yuqori
o‘tkazuvchan qatlamchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, vertikal yo‘nalish bo‘yicha katta
har xil qatlamlarda gorizontni tik yo‘nalishida qoniqarli qamrab olish qiyin bo‘ladi.
Bunday hollarda faol ishlashda faqat yuqori o‘tkazuvchan
qatlamchalar ishtirok
etib, kam o‘tkazuvchan qatlamchalarga qatlamga haydalayotgan omil (suv, gaz)
ta’sir etmaydi. Bunday qatlamlarni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish
maqsadida ularni bir necha obyektlarga bo‘lishga harakat qilinadi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: