Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari.
Ishlash obyektlarini ajratishda
neftlarning xossalari muhim ahamiyatga ega. Neftning qovushqoqligi jiddiy farq
qiluvchi qatlamlarni bir ishlash obyektiga qo‘shish maqsadga muvofiq emas,
chunki ularni burg‘i quduqlarini turli sxemada va zichlikda joylashtirilgan, hamda
yer ostidan neft olishni turli texnologiyalaridan foydalanib ishlash mumkin.
Parafin, oltingugurt suvchil, qimmatbaho uglevodorod komponentlari va sanoat
miqyosidagi boshqa foydali qazilmalar miqdorini keskin farq qilishi ham
qatlamlarni bir obyekt sifatida ishlashga jalb qilib bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi
mumkin. Bunga sabab qatlamlardagi neftni va boshqa foydali qazilmalarni olishda
turli texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin.
2.
Uglevodorolarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi.
Vertikal yo‘nalish
bo‘yicha bir-biriga nisbatan yaqin masofada yotgan va o‘xshash geologik-fizik
xossali turli qatlamlarni ayrim hollarda, qatlam uglevodorodlarini fazaviy holati va
qatlam rejimlari turli bo‘lganligi natijasida bir ishlash obyektiga qo‘shib,
bo‘lmaydi. Agar, bir qatlamda yirik gaz qalpog‘i bo‘lsa, boshqa qatlam tabiiy
tarang suv tazyiqli rejimda ishlashda bo‘lsa, ularni bir ishlash obyektiga
birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin, chunki ularni ishlash uchun
ishlatish quduqlarini turlicha joylashtirish sxemasi va soni, hamda neft va gaz
olishni turli texnologiyasi kerak bo‘lishi mumkin.
3.
Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti.
Bir ishlash
obyektiga qancha ko‘p qatlam va qatlamchalar birlashtirilsa, ayrim qatlam va
qatlamchalarda neft va siqib chiqaruvchi omil chegarasini (suv-neft va gaz-neft
tutash yuzalarini) nazorat qilish, texnik va texnologik amalga oshirish, shuncha
qiyinlashadi, qatlamchalarga taqsimlangan ta’sir etish va ulardan neft va gaz olish
jarayoni murakkablashadi. Konni ishlash jarayonini boshqarish sharoitlarini
yomonlashuvi esa, o‘z navbatida neft bera olishlikni kamayishiga olib keladi.
Ishlatish quduqlarini ishlatish texnikasi va texnologiyasi.
Obyektlarni
ajratishni ayrim variantlarini qo‘llashni yoki qo‘llamaslikni maqsadga
muvofiqligiga ko‘plab texnik va texnologik sabablar ta’sir etishi mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir ko‘rsatkichlarni ishlash obyektlarini
tanlashga ta’siri albatta texnologik va texnik-iqtisodiy tahlil etilishi va undan
keyingina ishlash obyektlarini ajratish haqidagi qaror qabul qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |