3-GEOGRAFIK GLOBUS
Geografik globus asosida amaliy masalalarni yechish
Globus Yer yuzasining kichraytirilib sharda tasvirlangan modelidir.
Yer ellipsoidi kichik masshtabda globusdan juda kam farq qilib, bu farq
amalda sezilmaydn.
Globuslar 4 xil — 1:30 mln., 1:40 mln., 1:50 mln. va 1:83 mln.
masshtabda tayyorlanadi. Ilmiy-tadqiqot
ishlari va boshqa maqsadlar
uchun esa bulardan yirikroq masshtablarda ham glo-buslar ishlab
chiqiladi. Masalan, O‘zbekiston Milliy universitetining geografiya
fakultetida 1:7 000 000 masshtabli rel’yefli globus mavjud (1-rasm).
Meridianlar globusda har 10°
yoki 15° dan o‘tkazilib,
ular-ning
qiymatlari
ekvator
chizig‘i-da,
parallellar esa har 10° dan o‘tkazilib,
ularning qiymatlari 0° li yoki 180° li
meridian chizi-g‘ida yozilgan bo‘ladi.
Globusni yasash uchun Yer yuzi 12 ta
meri-dianal bo‘lakda (30° li uzoq-
likda) tasvirlanadi va bu meri-dianal
bo‘laklar tayyor sharga yopishtiriladi.
1-rasm.
O‘zMUdagi rel’yefli
globus.
Geografiya darslarida globusning quyidagi
xususiyatlarini alohida
ta’kidlash joiz:
1. Yer kurrasi shar shaklida tasvirlanadi.
2. Yer yuzasidagi geografik elementlarning o‘zaro joy-lashish
holatlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar, uning yirik bo‘laklari (materiklar,
okeanlar, dengiz va ko‘llar, orollar va h.k.), ularni biri-biriga nisbatan
joylashishi haqida aniq tasavvur beriladi.
3. Globus yuzasining
hamma joyida masshtab bir xil, ya’ni
o‘zgarmas bo‘ladi.
4. Yer yuzasining barcha qismlarida joylashgan mamlakatlar va
boshqa geografik ob’yektlar maydoni va shakllari o‘zgartiril-masdan
tasvirlanadi.
5. Meridian va parallellar o‘zaro kesishganda to‘g‘ri burchak hosil
qiladi, natijada Yer yuzasidagi hamma burchaklar to‘g‘ri tasvirlanadi.
Bulardan tashqari, globus yordami bilan gradus to‘rini, nuqtalarning
geografik koordinatalarini, sharqiy va g‘arbiy, shimoliy va janubiy yarim
sharlarni, geografik kenglik va uzoqlik tushunchalarini, gorizont (ufq) va
gorizont chizig‘i, yuqoriga ko‘tarilgan sari gorizontning kengayishini,
turli kengliklarda Quyosh nurlarining har xil burchak ostida tushi-shini,
issiqlik
mintaqalarini, Yerning sutkalik aylanishi, kun va tunning
almashishini va shu kabi boshqa voqea
va hodisalarni tushuntirish
osondir.
Globus okeanlar, materiklar, orollar,
dengizlar, ko‘llar va
daryolarning kattaliklarini va ularning shakllarini taqqos-lashda bebaho
quroldir. Dunyo bo‘ylab sayohatlarni uyushtirishda,
davlatlarning
geografik o‘rnini aniqlashda, ularning maydon-larini taqqoslashda ham
globus tengi yo‘q ko‘rgazmali vositadir.
Globus yordamida Yer
yuzasidagi ikki nuqta orasidagi eng yaqin masofa