52
Bu mavzuni mustahkamlash jarayonida izohli diktant o‘tkazish mumkin.
O‘qituvchi
Qizilsuv,
Yettiterak,
Jarqishloq,
Chalaariq,
Burchmulla,
Tepaqo‘rg‘on, Yettisoy, Tangatopdi, Oqdaryo, Qaynarbuloq, Ko‘kdala, kabi
nomlarni o‘qib beradi. So‘ngra o‘quvchilar Jarqishloq, Tepaqo‘rg‘on ot
bilan otning; Qizilsuv, Chalaariq, Oqquduq, Ko‘kdala
sifat bilan otning;
Yettiterak Yettisoy son bilan otdan; Qoryog‘di ot bilan fe’ldan;
Qaynarbuloq fe’l va otdanligini izohlab, har bir guruhdagi nomlarni
daftarlariga alohida
shaklda yozib boradilar. Asos iy e’tibor qo‘shma ot
bilan boshlangan atamalarning qo‘shib yoki ajratib yozilishiga qaratiladi
.
Dars jarayonida atoqli ot(nom)larni o‘rganishda “Topqirlar bahsi”,
“Zinama-zina”, “Teskari test”, “Tezyurar”, “Eshitamiz-u topamiz”, “Xotira
mashqi”, “Videousul” kabi pedagogik texnologiya usullari va ta’limiy
metodlardan foydalanish mumkin.
Masalan, dars jarayonida yangi berilgan ma’lumotlar “Teskari test”
usulida mustahkamlanadi. Bu usul shartiga ko‘ra, o‘quvchilarga test savollari
taqdim etiladi. Ular to‘g‘ri javobni ‘‘+”, noto‘g‘ri javoblarni esa‘‘-“ ishorasi
bilan belgilaydilar.
Oddiy testdan farqi shundaki, to‘g‘ri javoblar uchta,
noto‘g‘ri javob esa bitta bo‘ladi:
Test savollari:
1.
Shaxs nomlarini ko‘rsating ?
a)
Ne’matulla ‘‘+”
b)
Saodat ‘‘+”
c)
Samarqand ‘‘-“
d)
Xudoyorxon ‘‘+”
2. Mamlakatimiz hududidagi joy nomlarini belgilang ?
a) Sirdaryo ‘‘+”
b) Xorazm ‘‘+”
c) Qibray ‘‘+”
d) Arabiston ‘‘-“
O‘qituvchi darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholaydi va ularning
53
javoblaridagi o‘ziga xos fikrlashlariga e’tibor qaratadi.
‘‘Tezyurar usuli”. Bu usulga ko‘ra har bir o‘quvchi atoqli otlarga doir bittadan
ma’lumot beradi. Shart shuki, bir marta aytilgan ma’lumot qayta aytilmasligi
kerak.
“Eshitamiz-u topamiz” usuli. Bu usul shartiga ko‘ra 5-6 ta o‘quvchi sinf doskasi
oldida shaxs yoki joy nomlariga doir ma’lumot aytadilar, qolgan o‘quvchilar esa
javobini topishadi.
Har bir o‘qituvchi onomastik materialdan adabiyot darslarida ham
foydalanishi mumkin. Chunonchi, biror bir shoir yoki yozuvchining asari haqida
o‘quvchilarga ma’lumot berayotgan vaqtda antroponim, toponim, gidronimlarga
ham e’tibor berishi lozim. Chunki, ko‘pgina o‘quvchilar asarda uchraydigan
nomlarning tarixi, etimologiyasini, ma’nosini bilmaydi. Asarda uchraydigan
nomlarni tushuntirib, o‘quvchilar yashab turgan joydagi nomlarning ayrimlariga
izoh berib o‘tilsa, dars saviyasi yanada oshadi va uning mazmuni boy bo‘ladi,
o‘quvchining o‘zi yashayotgan joyning nomlariga qiziqishi ortadi.
Bizga ma’lumki, har qanday badiiy adabiyot san’atning bir turi bo‘lib,
unda kishilar turmushi, hayot voqealari, tabiat,
geografik joylar, ularning
nomlari o‘z aksini topadi. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Masalan,
Z.M.Boburning “Boburnoma”, M.Shayxzodaning “Jaloladdin Manguberdi”,
Oybekning “Navoiy” asarlari bunga misol bo‘la oladi. Joylar va ularning
tarixini o‘rganish sohasida muhim manbalardan biri Boburning “Boburnoma”
asaridir. Shunisi e’tiborliki, Bobur o‘zining bu asarida ko‘plab joy nomlariga,
toponimlarga ta’rif berib o‘tgan, ularning ta’rifi, joylashgan geografik o‘rni,
chegaralarini bayon etgan, o‘sha joyning o‘simliklari va hayvonot dunyosi
haqida to‘liq ma’lumot bergan. Bunday misollarni ko‘plab
keltirishimiz
mumkin.
Demak, maktablarning ona tili va adabiyot darslarida atoqli otlarga doir
misollar o‘quvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada
oshirishga,
fikrlashlarini
kengaytirishga,
vatanga
hurmat
tuyg‘usini
shakllantirishga xizmat qiladi.
54
Bob bo’yicha quyidagicha xulosalarni keltirishimiz mumkin:
1. Umuman olganda, tilshunoslikda atoqli otlarning umumnazariy
muammolarini tadqiq etish sohasida yechimini kutayotgan muammolar juda
ko‘p. Bu esa kelgusida onomastikaga doir tadqiqotlarni
yanada kuchaytirishni
talab qiladi.
2. Oliy ta’lim tizimida onomastika sohasi o‘qitilishining asosiy vazifasi nom
qo‘yish san’ati bo‘lgan onomastikaning mamlakatda shakllanishi, rivojlanish
bosqichlari, onomastik birliklarni o‘rganish metodlari haqida talabalarga zarur
tushuncha va ma’lumotni berishdan iboratdir
3. Jamiyat hayotida nomsiz bir narsani ikkinchi bir narsadan farqlab
bo‘lmaydi. Nomlar insonlar uchun ayrim ko‘rsatish vazifasidir.
Obyektlarni
nomlash va nomlarni tahlil qilishga qaratilgan ilmiy- nazariy hamda ilmiy-
amaliy xarakterdagi ishlarni mustaqillik davri talablariga moslashtirish, zarur
o‘rinlarda ilmiy hamda ilmiy- ommaviy shakldagi tushuntirish ishlarini keng
ko‘lamda, ya’ni maktab va oliy o‘quv yurtlari auditoriyalarida, korxona,
tashkilot,
turli kompaniya, jamoat joylarida amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. To‘plangan onomastik materiallardan dars jarayonida foydalanish
borasida ona tili boy imkoniyatlarga ega. Fanni o‘rganish jarayonida ko‘pgina
antroponim, toponim, gidronim, etnonimlarga duch kelamiz.
4. O‘qituvchilar uzluksiz ta’limning har bir bosqichida atoqli otlar
mavzusining samarali o‘tishi uchun o‘zbek tilshunosligining mazkur
mavzusiga aloqador qator ilmiy-nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: