2.3 Fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy axborot
texnologiyalari yangiliklari haqida
Fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy axborot texnologiyalari yangiliklarini
inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari uchun 18 umumta’lim fanidan davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlari takomillashtirildi. Ushbu davlat ta’lim standartlari asosida bosqichma-
bosqich darslik va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish
ko‘zda tutilmoqda.
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirishda umume’tirof
etilgan xalqaro me’yorlardan keng foydalaniladi.
Ta’lim mazmuni umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular
asosida ta’limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik va davriylikni ta’minlaydi.
O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar uchun o‘quv-metodik materiallar, multimediali
axborot-ta’lim resurslari ishlab chiqilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga prinsipial yangi yondashuvning joriy etilishi orqali
o‘quvchilarda olgan bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olish, faol fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo‘lish, mustaqil ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalar rivojlantiriladi.
– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
farmoni bilan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor
yo‘nalishlari aniq belgilab berildi. Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida ta’lim
tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, belgilangan vazifalar haqida
ma’lumot bersangiz.
– Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor
yo‘nalishi – davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish, xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro
33
manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo‘yicha aniq, hayotiy
islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgan. Harakatlar
strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani
rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni
muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy
ettirish masalasi ham o‘rin olgan.
34
XULOSA
Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng
islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab
binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy
o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-
metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlash kabi qator masalalar amalga
oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirishda qator
fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya
fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi.
– Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga
oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi vazifalar ijrosi, ya’ni ota-onalar,
pedagoglar bilan muloqot, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va o‘z
vaqtida hal etish masalalari xalq ta’limi tizimida qanday amalga oshiriladi?
– Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash,
xususan, har bir fuqaroning axborot olishga bo‘lgan qonuniy huquqlarini
ta’minlash masalasiga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Xalq ta’limi vazirligi
faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, yurtdoshlarimizning sohaga oid
taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko‘rib chiqish, tizimda olib
borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 1006
qisqa raqamli “ishonch telefoni”dan tashqari, 2016-yilning 28-noyabridan xalq
ta’limi vazirining virtual qabulxonasi (www.vazir.uzedu.uz) ishga tushirildi.
Xalq ta’limi vazirligiga, shu jumladan, virtual qabulxonaga murojaatlar amaldagi
qonun talablari asosida qabul qilinib, o‘rnatilgan tartibda va qonun bilan
belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmoqda. Raqamlarni tahlil etadigan bo‘lsak,
2016-yilda Xalq ta’limi vazirligiga fuqarolardan 5,5 mingdan ortiq murojaat kelib
tushgan. Shuning 1 ming 218 tasi Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali
kelgan. 3 ming 764 murojaatga o‘rnatilgan tartibda javob qaytarildi, 1 ming 481
35
murojaat bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlari berildi. 380 murojaat
o‘rganilmoqda, 151 tasi asosli rad etildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari vazirlik rahbariyatining doimiy
nazoratiga olingan bo‘lib, ishlab chiqarish va hay’at yig‘ilishlarida murojaatlar
hamda ularda ko‘tarilayotgan muammolar muhokama qilib borilmoqda.
Murojaatlar mazmuni tahlil etilib, eng ko‘p ariza, shikoyat va takliflar kelib
tushayotgan masalalar – ish bilan ta’minlash, ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish
va joylashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati, ta’lim-tarbiya
mazmunini takomillashtirish, maktablarda dars taqsimoti bo‘yicha muammolarning
oldini olish choralari ko‘rilayotir. Murojaatlar geografiyasi tahlil qilinib,
murojaatlar nisbatan ko‘p kelib tushayotgan hududlarda “Sayyor qabul kunlari”,
“Ochiq eshiklar kuni” kabi tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |