Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.02.2023
Hajmi0,77 Mb.
#910295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
elov-b.b.-amirqulov-m.a.-ozbek-ingliz-tillari-parallel-korpusini-yaratish-tamoyillari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2022)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
108 
Korpusning sifatli bo‘lishi undagi ma’lumotlarning miqdoriga bog‘liq. 
Chunki hozirda ko‘plab dasturlar statistik ma’lumotlar asosida ishlagani bois, 
korpusning ham ulkan ma’lumotlar omboriga ega bo‘lishi uning foydalilik darajasini 
oshiradi. Har qanday parallel korpus ikki tildagi jumlalarni, gaplarni hamda so‘zlarni 
bir-biriga moslashtirish asosida quriladi. Jumla va gaplarni bir-biriga moslashtirish 
avtomatik ravishda kompyuter dasturlari orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, 
bunday dasturlarning bir nechtasidan bepul foydalanish mumkin va ushbu 
dasturlarni ochiq kodli holda internet tarmog‘idan topishimiz mumkin. LF Aligner, 
Twente-Aligner yuqoridagi dasturlar sirasiga kiradi va ular matnlarni gaplar 
kesimida o‘zaro moslashtiradi: 
2-rasm.
LF Aligner dasturi yordamida ingliz va vengr tilidagi matnlar tarkibidagi 
gaplarni o‘zaro moslashtirish. 
2-rasmda LF Aligner dasturi yordamida ingliz hamda vengr tilidagi 
matnlarning gaplarini bir-biriga moslashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon gaplarni 


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2022)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
109 
qo‘lda moslashtirishga nisbatan ancha ko‘p vaqtni tejaydi va natijada ish 
samaradorligini oshiradi. Yuqori sifatga erishish uchun esa ushbu gaplarning aynan 
o‘zaro mosligi mutaxassis tomonidan tekshirib chiqiladi. So‘zlar kesimida 
moslashishni amalga oshirish borasida esa hali ko‘plab tatqiqotlar amalga oshirilishi 
kerak
[6]
. Chunki bunday jarayonni amalga oshiruvchi dasturlarning aksariyati yopiq 
kodli yoki pullik bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilar ushbu dasturlar katta hajmdagi 
korpuslar uchun mos tushmasligini ta’kidlashgan. So‘zlarni o‘zaro moslash usulini 
2 xil yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: 

manba tilida berilgan ma’lum bir gapdagi so‘zlar o‘sha gapning tarjima 
tilidagi so‘zlarga moslashtiriladi. Bu shuni anglatadiki, gapdagi har bir 
so‘zga mos alohida so‘z bog‘lanadi.

har bir so‘zga mos so‘zlar tarjimasi umumiy bazadan moslanadi. Bu 
jarayon yuqoridagisidan ehtimoliy tarjimalar sonining ko‘p bo‘lishi 
bilan harakterlanadi.
Parallel korpuslarni yaratish bo‘yicha qilingan ko‘plab izlanishlar, yozilgan 
maqolalardan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu korpuslarni tuzishda faqatgina 
avtomatik jarayonlarni qo‘llagan holda kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Inson 
faktori korpus sifatini yaxshilashda salmoqli o‘rin tutganligi bois, bir necha 
bosqichlar uning tekshiruvidan o‘tadi. Ba’zi tillar juftligida ikki tildagi tarjima 
materiallarining yetarli miqdorda ekanligi parallel korpuslarnig yaratilishini 
osonlashtiradi hamda ulkan miqdordagi ushbu tarjimalar nafaqat korpusning sifatini 
oshiradi, balki mashina tarjimasi uchun ham ishinchli manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Biroq, o‘zbek-ingliz tili juftligidagi tarjimalarning soni cheklangan bo‘lib, ushbu 
tillar juftligidagi parallel tizimni yaratish ko‘plab matnlar va ularning muqobil 
tarjimasini talab qiladi. Ingliz tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek tiliga yoki o‘zbek 
tilidan ingliz tiliga qilingan tarjimalar soni so‘nggi yillarda oshib bormoqda. 
Xususan, Cho‘lponning “Kecha va Kunduz”, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” 



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish