640
barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini
sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib
boriladi. So‘mning barqaror amal qilishi, uning
har qanday valyutaga erkin
almashtirilishi yetarli
valyuta zaxirasi
bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda
korxonalar va barcha subyektlarning, jahon bozoriga
raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish
alohida ahamiyatga ega.
Majburiy rezerv talablari
instrumentidan tijorat banklarining kredit
resurslari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul
taklifini tartibga solishning muhim vositasi sifatida foydalanildi.
2018 yilning o‘tgan davrida pul-kredit siyosati bozor instrumentlarini,
ya’ni foiz instrumentlarini ishlatish orqali moliyaviy resurslar qiymatiga ta’sir
ko‘rsatish tamoyili asosida ishlaydigan instrumentlarni
joriy qilish uchun
sharoit yaratish maqsadida tijorat banklarining majburiy rezerv talablariga
o‘zgartirishlar kiritildi.
Bunda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, banklarning uzoq muddatli
resurs bazasini kengaytirish, milliy valyutadagi
depozitlar jozibadorligini
oshirish va iqtisodiyotdagi dollarizatsiya darajasini pasaytirish tamoyillariga
asoslanildi.
Majburiy rezervlar normativlariga o‘zgartirish kiritish hamda deponentlash
tartibini takomillashtirish 2 bosqichda amalga oshirildi.
1
2018 yil 1 iyundan boshlab tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv
shakllantiriladigan majburiyatlari normativlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
- tijorat banklari tomonidan majburiy rezervni shakllantirish jalb qilingan
majburiyat va depozitlar valyutasidan kelib chiqib
mos ravishda milliy hamda
xorijiy valyutada amalga oshirilishi belgilandi;
- majburiy rezervga tortiladigan bazaga jismoniy shaxslar depozitlari
kiritildi;
1
Monеtar siyosatning 2019 yil va 2020–2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. O‘zbеkiston
Rеspublikasi Markaziy banki, 2018 yil.
641
- majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan 0,1 o‘rtachalash koeffitsienti
o‘rnatildi.
Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash
stavkasi instrumentidan
ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish
jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida foydalanildi.
Inflyatsiya
darajasi,
pul
massasining
va
boshqa
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash
stavkasi 2017 yilning 28 iyunidan yillik 9 foizdan 14 foizga oshirildi,
2018 yil 25
sentyabridan esa 16 foiz miqdorida belgilandi. Bugungi kunga kelib esa Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 16% darajasida o‘zgarishsiz qolmoqda.
Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bozorida
moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real
sektor korxonalarining investitsion
imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni
kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs
bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
2019 yilda
Do'stlaringiz bilan baham: